Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NAVRO'ZI AYYOM UMAR XAYYOM TALQINIDA
Farangiz Abdurahmonova
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
В данной статье рассматривается шедевр «малик уль- калома» среди риндов – поэма «Наврузнаме» Омара Хайяма и история её создания. Анализируются происхождение поэмы, причины её написания, сюжет и система образов с литературной точки зрения. Ключевые слова: Навруз, рубаи, сюжет, композиция, тахаллус, интерпретация Navroʻz – forscha ون- yangi, زور-kun demakdir, ya’ni “yangi kun” degan ma’noni bildirib fasllar kelinchagi hisoblanmish zumrad bahorda nishonlanadigan eng sevimli bayramlardan biridir. Agar bayramlarni oʻz koʻrki va nafosati, tantanasi boʻyicha bir safga tizadigan boʻlsak, bu safning bosh qatorida Navroʻz oʻz jilvasi bilan qolgan bayramlarni xiralashtirib qoʻyadi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Darhaqiqat, bu bayramning naqadar ulugʻ va qadrli ekanligini har yili bolajonlar, hatto kattalarning uni intiqlik bilan toʻrt koʻzi yoʻlda kutishidan bilsak ham boʻladi. Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 286 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ushbu bayram tavsifiga bagʻishlangan eng nodir asar fors-tojik adabiyotining dargʻalaridan biri Umar Xayyom ijodidagi “Navroʻznoma” asaridir. Avvalo, asar muallifining qalam oʻtkirligi va qobiliyat dengizining naqadar chuqurligi haqida mulohaza yuritsak. Gʻiyosiddin Umar ibn Ibrohim Xayyomiy ( Nishopuriy) – adibning toʻliq ismidan anglashiladiki, Umar – oʻz ismi, Ibrohim – shunday ulugʻ zotning padari buzrukvori, Nishopuriy – uning taxalluslaridan biri boʻlib, tugʻilgan joyiga nisbat berib atalgan, Gʻiyosiddin hamda Xayyom-chi? Gʻiyosiddin – arabcha dinga quvvat deganidir, ya’ni u yashagan oʻrta asrlarda oʻz ilm nuri hamda beqiyos aql-idroki bilan oddiy xalqni bahramand etgan mutafakkirlarga shunday nom berilgan. Demak, Umar Xayyom – nafaqat hozirgi asrda, balki oʻz davrida ham yuksak e’tibor va hurmatga sazovor, ilm dengizida qolganlarga qaraganda chuqurroq kirishga va koʻproq javohir olishga ulgurgan ulugʻ olimdir. Xayyom – chodir tikuvchi demakdir, Umar Xayyomning ota-bobolari chodir tikish bilan mashgʻul bo‘lib, oilasini tebratganlar. Umar Xayyom nafaqat olim balki juda serqirra ijod egasi, shoir hamda nosirdir. Umar Xayyom desa hatto ruboiylar “qiroli” Bobur oʻz taxtini boʻshatib beradigan darajada nafis va goʻzal ruboiylar bitgan. Misol uchun: Bir gʻarib koʻnglini qila olsang shod Yaxshidir yer yuzin qilgandan obod. Lutfing-la bir dilni qul qila olsang Afzaldir yuz qulni qilgandan ozod. 1 -kabi mashhur umrboqiy ruboiylar muallifi ham aynan Umar Xayyomdir. Eng qizigʻi u ruboiylarini shunchaki ilmiy asarlar yozib zerikkanidan asarlari hoshiyasiga qilqalam ila bitib ketavergan. Agar zerikishdan yozilgan ruboiylar shu qadar adabiyot osmonida toʻkin oydek charaqlagan boʻlsa, rostan hafsala bilan juda ham kirishib yozganida bu osmonning mehri olamoroyi boʻlib boshqa adiblarning shuhratiga soya solgan boʻlarmidi?! 1 Umar Xayyom. Ruboiyot. Jamol Kamol tarjimalari. www.ziyouz.com elektron kutubxonasi. 3-b Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 287 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Shunday iqtidor va iste’dod egasi Umar Xayyom Navroʻz ayyomiga bagʻishlab “Navroʻznoma” asarini yozgan, uning bu asarini yozishga bu asarning ulug‘ligi ham azim tarixga egaligi katta rol oʻynagan. Bir kuni u kishidan bir vafodor doʻsti Navroʻz qachondan boshlanganligi va qanday tarixga egaligi haqida mufassal gapirib berishini soʻrab qoladi. U esa shu kundan Navroʻz ayyomi haqida bir hamma sevib oʻqiydigan asra yozishi darkorligiga amin boʻladi va shunday qikib asar yozila boshlaydi. Shunday qilib, bu asrga Xayyomning doʻsti oʻzi bilmagan holda bilvosita sababchi boʻlib qoladi. Asar an’anaviy kompozitsion tuzilishga ega, ya’ni undan oldingi yozilgan asarlar ham hamddan – Allohga tavsifdan boshlanadi. Umar Xayyom bu an’anaga sodiq qolgan holda “Mehribon va rahmdil Alloh nomi ila “ deya asarini boshlab ta’rifini keltirishning aslo iloji boʻlmagan yagona zot haqida toʻxtalib oʻtadi. Asarda keltirilishicha, Navroʻzning bayram sifatida shakllanishi buyuk Fors podshosi Jamshidga borib taqalar ekan. Quyosh 365 kun-u kunning toʻrtdan bir qismida Hamal burjida yilning bitta nuqtasiga yetib keladi, ya’ni bir yilda bir marta mehr atrofini aylanib chiqadi. Jamshid podsho aynan oʻsha kunni Yerning bir marta Quyoshni toʻliq aylanib chiqish kunini yangi yil deb eʼlon qiladi hamda bu bayramga Navroʻz deya nom beradi. Shu kundan boshlab Navroʻz katta tantanalar ila nishonlana boshlaydi. Navroʻzning kelib chiqishi dalillar bilan aytib oʻtilganidan soʻng Navroʻzning qanday nishonlanishi hamda ajam podshohlarining odatlari haqida soʻz boradi. Ajam podshohlari shuni odat qilgan ediki, bayram dasturxoni har qachongidan koʻra toʻkinroq, barcha lazzatli taomlar shay holda boʻlishi kerak edi. Bundan tashqari, Navroʻz kuni barcha davlatda o‘tkazilgan obodonlik va qurilish, ilm-u urfon kabi sohalarda oʻtkazilgan islohotlar, oʻzgarishlar sarhisob qilinardi. Shuningdek, ular obodonlashtirishga koʻproq e’tibor qaratar edilar. Ayniqsa, adolatni oʻzlariga eng yaqin hamroh qilib olganlari ularning xalq manfaatlarini oʻylab ish qilga
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается шедевр «малик уль- калома» среди риндов – поэма «Наврузнаме» Омара Хайяма и история её создания.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается шедевр «малик уль- калома» среди риндов – поэма «Наврузнаме» Омара Хайяма и история её создания. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Nowruz, rubai, plot, composition, pen name, interpretation, talqin, taxallus, Navro’z, syujet, ruboiy, kompozitsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024