Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“MEDIA SAVODXONLIK” VA “AXBOROT MADANIYATI” – RAQAMLI KOMPETENSIYANING TARKIBIY QISMLARI SIFATIDA
To’rayev Muzaffar Farmonovich
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada raqamli kompetensiya tushunchasi, uning asosiy tarkibiy qismlari sifatida media savodxonlik va axborot madaniyatining tutgan o‘rni o‘rganilgan. Maqolada zamonaviy o‘quvchilarning raqamli muhitda mustaqil faoliyat yurita olish, axborotni tahlil qilish, tanqidiy fikrlash va ommaviy axborot vositalariga nisbatan ongli munosabatda bo‘lish kompetensiyalarini shakllantirish zarurligi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: raqamli kompetensiya, media savodxonlik, axborot madaniyati, o‘quvchi, raqamli texnologiyalar, tanqidiy fikrlash. Raqamli jamiyatda yashayotgan har bir shaxs, ayniqsa, o‘quvchilar, texnologiyalar vositasida uzatilayotgan axborotni tahlil qila olish, ularni tanqidiy fikrlash asosida baholash, ularni maqsadli ravishda izlab topish va xavfsiz foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari lozim. Shu nuqtai nazardan qaralganda, raqamli kompetensiyaning muhim tarkibiy qismlari sifatida media savodxonlik va axborot madaniyati alohida e’tiborga loyiqdir[2]. Ushbu maqola aynan shu ikki yo‘nalishning o‘zaro bog‘liqligi va ularning ta’limdagi ahamiyatini tahlil etishga qaratilgan. Zamonaviy ta’lim tizimida raqamli kompetensiyani shakllantirish nafaqat texnik ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni, balki axborotning ijtimoiy, ma’naviy va axloqiy jihatlarini anglashni ham talab qiladi. Shu bois, umumta’lim maktablarida media savodxonlikni bosqichma-bosqich shakllantirish tizimi zarur. Shuningdek, axborotni etik ishlatish, ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatda madaniyat va qonunchilik me’yorlariga amal qilishga doir pedagogik mashg‘ulotlar joriy etilishi lozim[3]. Raqamli kompetensiya - bu shaxsning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) ongli, xavfsiz, samarali va tanqidiy foydalanish Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 317 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT qobiliyatidir. U nafaqat texnik bilim va ko‘nikmalarni, balki axborotni izlash, baholash, yaratish, ulashish va undan mas’uliyat bilan foydalanish madaniyatini ham o‘z ichiga oladi. Sohaga oid adabiyotlarda “Raqamli kompetensiya” tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi. “Raqamli kompetensiya – bu axborotni raqamli texnologiyalar orqali izlash, baholash, yaratish va almashish, shuningdek, internet muhitida xavfsiz va mas’uliyatli harakat qilish qobiliyatidir”. Raqamli kompetensiyaning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 1. Axborot savodxonligi – kerakli axborotni topish, tahlil qilish va baholash qobiliyati. 2. Media savodxonlik – ommaviy axborot vositalarini tushunish va ulardan tanqidiy foydalanish. 3. Texnologik ko‘nikmalar – kompyuter, internet, mobil qurilmalar va dasturiy vositalardan foydalana olish. 4. Axborot xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash – raqamli muhitda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish. 5. Axborot etikasi – internetda axloqiy me’yorlarga amal qilish, plagiatdan saqlanish. 6. Raqamli muloqot – onlayn platformalarda samarali va madaniyatli aloqa o‘rnatish. Maktab o‘quvchilarining raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish bugungi kunda dolzarb va zaruriy ehtiyoj hisoblanadi. Quyida ushbu ehtiyojning asosiy sabablari keltirilgan: Bugungi raqamli dunyoda kundalik hayotda — muloqot, ta'lim olish, axborot olish va qaror qabul qilishda — texnologiyalardan foydalanish muhim sanaladi. O‘quvchilar zamonaviy raqamli muhitda o‘zini tutishni, axborotni ajratishni, uni baholashni bilishi kerak. Shu sababli, raqamli kompetensiya zamonaviy jamiyatda yashash va faoliyat yuritish uchun zarur. Raqamli kompetensiyalar o‘quvchilarga: mustaqil ta'lim olish, onlayn resurslardan foydalanish, interaktiv darslarda faol ishtirok etish imkonini beradi. Bu Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 318 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT esa ularning ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Demak, raqamli kompetensiya ta’lim sifatini oshirish uchun zarur[5]. Zamonaviy kasblarning deyarli barchasi raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq. O‘quvchilar bugundan boshlab AKT ko‘nikmalarini egallamasalar, ertangi mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘la olmaydilar. Shundan kelib chiqib, raqamli kompetensiya ishlab chiqarish va kasbga yo‘naltirish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga yordam beradi[4]. O‘quvchilarni raqamli xavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash, internetdagi firibgarliklar va kiberxavflardan ogoh etish muhimdir. Raqamli kompetensiyalar ularni mas'uliyatli internet foydalanuvchisi qilib tarbiyalaydi. Ushbu kompetensiya axborot xavfsizligini ta’minlash uchun juda muhim hisoblanadi. Bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on axborot, feyk yangiliklar, manipulyativ kontentlar soni ko‘paymoqda. O‘quvchilar mustaqil ravishda axborotni tahlil qilishni, uni tanqidiy baholashni o‘rganishlari kerak. Bundan kelib chiqadiki, o’quvchilarning media va axborot savodxonligini oshirish zarurati tug’ilmoqda. Yana bir muhim jihat shundan iboratki, ba’zi o‘quvchilar o’z oilasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniga ega emaslar. Maktabda raqamli kompeten
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada raqamli kompetensiya tushunchasi, uning asosiy tarkibiy qismlari sifatida media savodxonlik va axborot madaniyatining tutgan o‘rni o‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada raqamli kompetensiya tushunchasi, uning asosiy tarkibiy qismlari sifatida media savodxonlik va axborot madaniyatining tutgan o‘rni o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘quvchi, raqamli texnologiyalar, media savodxonlik, tanqidiy fikrlash., axborot madaniyati, raqamli kompetensiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024