К содержанию
РецензированоRU2025

DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARI TAHLILINING IQTISODIY MAZMUNI VA AHAMIYATI

Kalandarova Feruzaxon Karimdjan qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

В данной статье освещено экономическое содержание и значение анализа дебиторской и кредиторской задолженности, возникающей при ведении бухгалтерского учета хозяйствующих субъектов, и дана оценка их состояния, состава, сроков образования, причин возникновения, возникновения маловероятной задолженности по дебиторской и кредиторской задолженности. Annotation. This article highlights the economic content and significance of the analysis of accounts receivable and payables arising from the accounting of business entities, and provides an assessment of their condition, composition, timing of formation, causes, and unlikely occurrence of accounts receivable and payables. Kalit so‘zlar. Debitorlik majburiyat, kreditorlik majburiyat, balans, tahlil, aylanuvchanlik koeffitsienti, aylanish davri, muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari. Ключевые слова. Дебиторская задолженность, кредиторская задолженность, баланс, анализ, коэффициент оборачиваемости, период оборачиваемости, просроченная дебиторская и кредиторская задолженность. Keywords. Accounts receivable, accounts payable, balance sheet, analysis, coefficient of rotatin, rotation period, overdue accounts receivable and accounts payable. Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 9 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy operatsiyalarning ko‘lami va murakkabligi ortib bormoqda. Moliyaviy barqarorlik va investisiyaviy jozibadorlikni ta’minlashda debitor va kreditorlik qarzlarini samarali boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga muvofiq yuritish va auditorlik faoliyatini takomillashtirish har bir xo’jalik yurituvchi subyektlarining moliyaviy hisobotlarini ishonchli va shaffof qilishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Debitor va kreditorlik qarzlari noto‘g‘ri boshqarilganda, moliyaviy barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatib, likvidlik muammolariga olib keladi. Korxonalarda debitor qarzlarining o‘sishi ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni mablag‘ bilan ta’minlashda uzilishlar keltirib chiqarishi mumkin, kreditorlik qarzlarining nazoratsiz oshishi esa qarzdorlik darajasining ortishiga va moliyaviy qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. Shu sababli, debitor va kreditorlik qarzlarini samarali boshqarish aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy mustahkamligi va ishonchli faoliyati uchun muhimdir. Shu sababli ham, debitorlik va kreditorlik qarzlarining tarkibiy tuzilishini va ularning vujudga kelish muddatlarini o’rganib, tahlil qilib chiqish muhim hisoblanadi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlar (qarzlar)ini tahlil etish orqali iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarida, sektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish hamda barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda bank va moliya muassasalari tomonidan to‘lov intizomi va hisob-kitoblarning o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlash, soliqlar va majburiy to‘lovlarning to‘liq to‘lanishi masalalari bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari normalariga qat’iy rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni yo‘lga qo‘yish imkoni tug‘iladi. Firma va kompaniyalar oʻz faoliyatlarida turli xil tashkilotlar bilan hisob- kitob aloqalarini amalga oshiradilar. Bu aloqalarda pulli toʻlovlarni shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda bajarmay qolish voqealari koʻplab uchrabturadi, natijada debitorlik va kreditorlik qarzlari yuzaga keladi. Bunda korxona tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, olinishi lozim boʻlgan majburiyatlar esa debitorlik majburiyatlar hisoblanadi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari quyidagicha sharh berish mumkin. Qarshi tomonga toʻlanishimlozim Выпуск журнала №-27 Часть–4_Июнь –2025 10 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT boʻlgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, qarshi tomondanolinishi lozim boʻlgan majburiyatlar debitorlik majburiyatlari deyiladi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari hisob-kitoblarning doimiy yoʻldoshi hisoblanadi. Lekin ularning toʻlov muddatining oshib ketishikorxonalar moliyaviy ahvoliga katta ta’sir oʻtkazadi. Shu maqsadda korxonalar faoliyatini yuritishda debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini toʻgʻri boshqarish masalasiga alohida ahamiyat beriladi. Tahlil etishda korxonalarning muayyan davrga boʻlgan oʻzaro debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining holatiga, tarkibiga, tashkil topish muddatlariga, yuzaga chiqish sababalariga, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari boʻyicha dargumon qarzlarning yuzaga chiqishiga baho beriladi. Tahlil uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar korxona balansi (1-shakl) hamda korxona va tashkilotlar tomonidan tuziladigan debitorlik va kreditorlik majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumot-nomadan (2a-shakl) olinadi. Shuningdek buxgalteriya hisobining analitik schyotlari maʼlumotlaridan foydalaniladi. Tahlil etishning asosiy maqsadi debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining aylanish davrini tezlashtirish asosida korxona moliyaviy holatini yaxshilash yuzasidan holatni baholash va chora- tadbirlar belgilashdan iborat. Firma va kompaniyalar

Доказательный фрагмент

«В данной статье освещено экономическое содержание и значение анализа дебиторской и кредиторской задолженности, возникающей при ведении бухгалтерского учета хозяйствующих субъектов, и дана оценка их состояния, состава,…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье освещено экономическое содержание и значение анализа дебиторской и кредиторской задолженности, возникающей при ведении бухгалтерского учета хозяйствующих субъектов, и дана оценка их состояния, состава,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Accounts receivable, accounts payable, balance sheet, analysis, muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari., aylanuvchanlik koeffitsienti, balans, aylanish davri, kreditorlik majburiyat, Debitorlik majburiyat, tahlil
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники