К содержанию
РецензированоUZ2025

SA’DIY SHEROZIY ‘‘GULISTON’’ ASARI OGAHIY VA SAYFI SAROYI TARJIMALARIDA TIL VA USLUB MASALASI

Karimova Nigina Xurshid qizi · Kalit so‘zlar:Sa’diy Sheroziy, ‘‘Guliston’’ · Sayfi Saroyi, tarjima

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

This article presents a comparative analysis of the linguistic and stylistic features of the Uzbek translations of the "Gulistan" by one of the greatest representatives of Persian-Tajik literature, Saadi Shirazi, carried out by Ogahiy and Sayfi Sarayi. The study examines the translators’ roles within their historical and cultural contexts, their translation strategies, approaches to artistic expression, and the specific use of lexical and grammatical devices. Keywords:Saadi Shirazi, Gulistan, Ogahiy, Sayfi Sarayi, translation, language, style, artistic expression, comparative analysis. Аннотация.В данной статье проводится сравнительный анализ языковых и стилистических особенностей узбекских переводов произведения "Гулистан" одного из крупнейших представителей персо-таджикской литературы Саади Ширази, выполненных Огахи и Сайфи Сараи. Исследуются место переводчиков в историко-культурном контексте, их переводческие подходы, отношение к художественной выразительности, а также особенности использования лексических и грамматических средств. Выпуск журнала №-27 Часть–5_Июнь –2025 51 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ключевые слова: Саади Ширази, Гулистан, Огахи, Сайфи Сараи, перевод, язык, стиль, художественная выразительность, сравнительный анализ. Kirish.Sa’diy Sheroziyning ‘‘Guliston’’ asari Sharq adabiyoti tarixida o‘ziga xos o‘rin egallagan,axloqiy-falsafiy hikmatlar bilan to‘la,badiiy jihatdan mukammal asardir.Ushbu asar o‘zbek mumtoz adabiyotiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan.Xususan,Ogahiy va Sayfi Saroyi kabi yirik tarjimonlar ushbu asarni o‘zbek tiliga tarjima qilganlar.Har ikki tarjima o‘z zamonasi,ijtimoiy-madaniy muhit,shuningdek,tarjimonning estetik didi va til imkoniyatlariga bog‘liq holda shakllangan.Sayfi Saroyi ‘‘Guliston’’ tarjimasi bilan o‘z ismini turkiy adabiyotga oltin harflar bilan yozgan tarjimon va shoirdir.Asarlarini turk tilining qipchoq lahjasida yozgan.Sayfi Saroyining ‘‘Guliston bit-turkiy’’turk lahjalarida so‘zlashuvchi xalqlar uchun o‘z davrida o‘rnak asar hisoblangan.Hatto maktablarda darslik sifatida o‘qitilgan.Tarjimalarning tili xususiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak,turkiy tillarni davrlashtirish nuqtai nazaridan kelib chiqib, ‘‘Guliston bit-turkiy’’ eski turk davrida yozilgan asar hisoblanadi.Bu davr tilining o‘ziga xos bir necha xususiyatlari bor:tovushlarning talaffuzida, so‘zlarning qo‘llanilishi,gap bo‘laklarining o‘rni va boshqalar.Sayfi Saroyi tarjimasidagi asar tili,Ogahiy tarjimasidagi asar tili va bugungi kundagi tilimizning ham ba’zi so‘z va qo‘shimchalarida ba’zi o‘zgarishlarga duch kelamiz.Ogahiy tarjimasida ba’zi jihatlari bilan Sayfi Saroyi tarjimasiga o‘xshash. Ikkala tarjimaning ba’zi joydagi hikoyatlari deyarli bir xil. Masalan: Ulug'lardan bir kimersa bir parso erga so‘rdi: ‘‘Falon obid haqqina ne aytursan? Ko‘b ta'nali so‘zlar aning uchun derlar’’. Aytti: ‘‘Zohirinda ayb ko‘rmon, botininda g‘ayb bilmon’’. ‘‘Guliston bit-turkiy’’da keltirilgan hikoyatdagi ‘‘kimersa’’ (kimdir olmoshi o'rnida), ‘‘so‘rdi’’ (so'radi fe'li o‘rnida), "er" (kishi oti o‘rnida), ‘‘aning’’ (uning olmoshi o‘rnida), kabi so‘zlar, haqqina so‘zidagi -na qo'shimchasi (jo‘nalish kelishigi -ga o‘rnida qo‘llangan), aytti so‘zidagi -ti (o‘tgan zamon qo‘shimchasi-di o‘rida), ko‘rmon va bilmon so‘zlaridagi mon qo‘shimchalari (bo‘lishsizlik -ma, zamon-di va shaxs-son-m) aynan eski turk davri tiliga xos.Bulardan tashqari ‘‘Guliston bit- turkiy’’da ‘‘emas’’ to‘liqsiz fe‘li o‘niga qadimgi va eski turk davrida qo‘llanilgan va Выпуск журнала №-27 Часть–5_Июнь –2025 52 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bugungi kunda ham turk tilida mavjud bo‘lgan ‘‘deg‘il’’ so‘zi qo‘llangan. Ogahiy tarjimasida esa bu so‘z bugungi kunimizdagi til uslubida, ya’ni ‘‘emas’’ shaklida qo‘llangan. Yana bir misol: eng yangi davr va yangi turk davrida (Ogahiy davrida) qo‘llangan ‘‘ozuqalanmoq’’ so‘zi o‘rida ‘‘Guliston bit-turkiy’’da eski turk davriga xos bo‘lgan ‘‘beslenmek’’ so‘ziga ham ko‘zimiz tushadi. Shu kabi yana bir qancha eski turk davriga xos bo‘lgan so‘zlarni uchratishimiz mumkin.Xuddi shu hikoyat Ogahiy tarjimasida quyidagicha berilgan: Ulug‘larning biri bir porso kishiga dedi: ‘‘Falon obidning haqida na so‘z aytursankim, o‘zgalar aning izidin ta’na qilib, ko‘b so‘z ayturlar’’. Porso dedi: ‘‘Zohirida hech ayb ko‘rmasmen va botinida na aybi borin bilmasmen’’. Bu yerda ‘‘na’’ so‘zi ikki bor qo‘llangan va ‘‘qanday’’ so‘roq olmoshi o‘rnida qo‘llangan. ‘‘Aytursankim’’, ‘‘ko'rmasmen’’, ‘‘bilmasmen’’ kabi o‘sha davrga xos bo'lgan fe’llar, ‘‘aning’’ kishilik olmoshi ham qatnashgan. Ogahiyning tarjimasi keyingi asrlarga oid bo'lgani uchun Sayfi Saroyinikiga nisbatan bugungi adabiy tilimizga yaqinroq.‘‘Guliston’’ning nasr va nazmi Sayfi Saroyi va Ogahiy tarjimalarida, asosan, nazmda bir qancha farqlar kuzatiladi. Yana bir hikoyatda shunday deyilgan: bir vazirning bir bilimsiz, axloqsiz o‘g‘li bo‘lib, uni bir donishmandga tarbiyalanishga va ilm oʻrganishga beradilar. Bu donishmand ko‘p muddat bilim va tarbiya beradi,ammo foydasi bo'lmay

Доказательный фрагмент

«This article presents a comparative analysis of the linguistic and stylistic features of the Uzbek translations of the "Gulistan" by one of the greatest representatives of Persian-Tajik literature, Saadi Shirazi, carr…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents a comparative analysis of the linguistic and stylistic features of the Uzbek translations of the "Gulistan" by one of the greatest representatives of Persian-Tajik literature, Saadi Shirazi, carr… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Saadi Shirazi, Gulistan, Ogahiy, Sayfi Sarayi, translation, uslub, Sayfi Saroyi, badiiylik, ‘‘Guliston’’, qiyosiy tahlil., Sa’diy Sheroziy, tarjima
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники