Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SAMARQAND VILOYATIDA YER MAYDONLARI, DEHQONCHILIK VA MUAMMOLAR (XIX ASR OXIRI-XX ASR BOSHLARI)
Allayarov Otabek Xaliyorovich · ISFT Samarqand filiali assistenti · Типо-литография Г.И. Демурова . -бет.
Современное образование и развитие · 1909
Аннотация
Ushbu maqolada 1897-yilda tashkil topgan Turkistonda yer va davlat mulki boshqarmasining Samarqand viloyatidagi faoliyati, viloyat hududidagi yer maydonlari, dehqonchilik jarayonlari, sugʻorish tizimi haqida soʻz boradi. Shu bilan birga mavjud muammolar faktlar asosida yoritib berilgan. Kalit soʻzlar: Turkistonda yer va davlat mulki boshqarmasi, desyatina, yer, sugʻorish tizimi, Mirzachoʻl, sholi, dehqonchilik, daryo. Samarqand viloyati Turkiston general gubernatorligi tasarrufidagi muhim ahamiyatga ega boʻlgan viloyatlardan biri hisoblanadi. Viloyat hukumatning 1887-yil 1-yanvarda Turkiston oʻlkasi boshqaruvi toʻgʻrisidagi maxsus Nizomi (Fuqarolik qonunchiligi kodeksining II jildi, 1892-yil nashri) asosida tashkil topgan1. Ma’muriy tuzilishiga koʻra Samarqand viloyati toʻrtta uezddan iborat: Samarqand, Kattaqoʻrgʻon, Xoʻjand va Jizzax2. Tashkil etilgandan soʻng bu hududda mustamlakachilikning asosiy maqsadi hisoblangan yerga egalik qilish siyosati yanada faol, tizimli ishlay boshladi. Yer resurslari boʻyicha nazoratni 1897-yil tuzilgan Turkiston yer va davlat mulki boshqarmasi tashkil qiladi. U sugʻorish tizimi, oʻrmon xoʻjaligi, sinovlar, tabiiy boyliklarni qidirish bilan shugʻullanadi. Shu bilan birga bu boshqarma qishloq xoʻjaligi oʻquv yurtlari-gidrotexnika va gidrometriya bilim yurtlari, bogʻchilik, 1 Справочная книжка Самаркандской области. 1909-г. Выпускъ IX. Самарканд. Типо-литография Г.И. Демурова 1909. 1-бет. 2 Положение объ упралении Туркестанскаго края. Ташкент 1903. Типо- литография В.И. Ильпина 1903. 1-бет. Выпуск журнала №-27 Часть–5_Июнь –2025 121 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT uzumchilik maktablari ishini ham tashkil qiladi3. Ushbu tashkilotning shakllanishi mintaqadagi barcha tabiiy manbalarni nazorat qilish imkoniyatini yaratdi. Boshqarma 20 yillik faoliyati davomida Samarqand viloyatida ham vazifa vakolati doirasida keng siyosat olib bordi. Ammo tashkilot ish jarayonida koʻpgina kamchiliklarga yoʻl qoʻydi. Jumladan, bu holatni yangi yerlarni oʻzlashtirish masalasida koʻrish mumkin. 1912-yilda Samarqand viloyatining boʻsh yerlaridan xabardor boʻlish uchun 1913-1915-yillarga moʻljallangan ish dasturi rejalashtirilgan. Shu vaqt ichida viloyatning markaziy qismida joylashgan barcha boʻsh yer maydonlari hisobga olinadi, degan taxmin bor edi. Ushbu taxminlarga koʻra, oʻrganilishi kerak boʻlgan umumiy maydon 1 100 000 desyatina boʻlib, ulardan xuddi shu taxminlarga koʻra, 1915-yilda 300 000 desyatingacha tekshirilishi kerak edi. Biroq keyin ma’lum boʻldiki, bu behisob hududga qoʻshimcha ravishda, ilgari koʻchmanchi mintaqada joylashgan deb hisoblangan yana 386 ta oʻlchamli yer maydonini oʻrganish kerak edi4. 1908-1909-yillarda oʻlka hududini, shu bilan birga Turkistonda yer va davlat mulki boshqarmasi faoliyatini taftish qilgan K.K. Palenning ma’lumotlari ham muhim hamaiyatga ega. Samarqand viloyatining umumiy maydoni desyatinada 8 289 128, shundan shahar qismi 15 997 desyatina, mahalliy aholiga tegishli yerlar 2 221 113 desyatina, xususiy mulk yerlari 1 415 desyatina, rus koʻchmanchilariga 22 907, davlat yerlari hisoblangan obrok yerlar 59 936, oʻrmon yerlari 3 914 086, umumiy hisobda 6 235 454, qolgan 2 053 674 desyatina yerlar esa koʻchmanchilar muddatsiz, doimiy ravishda foydalaniladigan yerlar hisoblanadi5. Viloyatda mavjud yerlar turli xil ekin maydonlari uchun taqsim qilingan. I.I. Geyer bergan ma’lumotlarga koʻra dehqonchilik maydonlarining ekin turlariga koʻra taqsimoti viloyat uezdlarida quyidagicha boʻlgan: 3 Ўз.МА: 7-фонд, 1-рўйхат, 2428- иш, 7-бет 4 Ўз.МА: 7-фонд, 1-рўйхат, 8909-иш, 7-бет. 5 Пален К.К. “Материалы к характеристике народного хозяйства Туркестана”. 1911. 93-бет. Выпуск журнала №-27 Часть–5_Июнь –2025 122 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Samarqand uezdida paxta uchun ajratilgan maydon 5 500 desyatina, bugʻdoy uchun 95 000 desyatina, arpa uchun 46 000 desyatina, guruch uchun 29 000 desyatina; Jizzax uezdida paxta uchun ajratilgan maydon 800 desyatina, bugʻdoy uchun 71 000 desyatina, arpa uchun 17 000 desyatina; Xoʻjand uezdida paxta uchun ajratilgan maydon 4 000 desyatina, bugʻdoy uchun 27 000 desyatina, arpa uchun 6 000 desyatina, sholi uchun 1 400 desyatina; Kattaqoʻrgʻon uezdida paxta uchun ajratilgan maydon 8 000 desyatina, bugʻdoy uchun 22 000 desyatina, arpa uchun 6 000 desyatina, guruch uchun 1 200 desyatina hisoblanadi. Viloyat miqyosida esa bu koʻrsatgich jami paxta uchun ajratilgan maydon 18 300 desyatina, bugʻdoy uchun 215 000 desyatina, arpa uchun 75 000 desyatina, guruch uchun 32 000 desyatinani tashkil etadi6. Turkiston general-gubernatorligi viloyatlarida ekin turlari va maydonlarining hajmi jihatidan oʻziga xos reyting vujudga kelgan. Ekin maydoni boʻyicha birinchi oʻrinda bugʻdoy turadi, u barcha yerlarning yarmidan koʻprogʻini (2.712.260 desyatinadan 1.404.788 desyatinagacha) tashkil etadi. Bugʻdoy yetishtirish boʻyicha birinchi oʻrinda Sirdaryo viloyati, ikkinchi oʻrinda Samarqand, uchinchi oʻrinda Fargʻona viloyati turibdi. Paxta ikkinchi oʻrinni
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada 1897-yilda tashkil topgan Turkistonda yer va davlat mulki boshqarmasining Samarqand viloyatidagi faoliyati, viloyat hududidagi yer maydonlari, dehqonchilik jarayonlari, sugʻorish tizimi haqida soʻz boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada 1897-yilda tashkil topgan Turkistonda yer va davlat mulki boshqarmasining Samarqand viloyatidagi faoliyati, viloyat hududidagi yer maydonlari, dehqonchilik jarayonlari, sugʻorish tizimi haqida soʻz boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- daryo., dehqonchilik, Turkistonda yer va davlat mulki boshqarmasi, sholi, desyatina, yer, sugʻorish tizimi, Mirzachoʻl
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025