Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MASAL JANRI HAQIDA VA UNING TARIXIY GENEZISI
O’rozova Muborak
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
В данной статье особое внимание уделяется жанру басни, рассматриваются этапы его появления, развития и исторического формирования в литературе. Основные черты басни и её художественные особенности раскрываются через анализ выдающихся авторов, чьё бесценное творчество и бессмертные басни способствовали сохранению этого жанра на протяжении веков. КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА:жанр басни, генезис, дидактика, художественная форма, мораль, наставление, отец баснописания, русская басня, баснописание в классической литературе. Выпуск журнала №-27 Часть–5_Июнь –2025 129 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Adabiyot insoniyat tafakkuri va tajribasining badiiy aksidir. Uning shakl va janrlari inson ongining turli bosqichlarida yuzaga kelib, jamiyat ehtiyojiga qarab taraqqiy etgan. Shunday janrlardan biri — masaldir. Masal — bu insoniyatning jonivorlar haqidagi ilk ibtidoiy ertaklari bilan ulardan ancha keyin paydo boʻlgan maqol, matal va zamonaviy latifalar orasidagi muhim bir majoziy bekatdir. Uning yoshi ming yillar bilan oʻlchanadi.1 Masaldan,asosan, kishilar oʻz mustaqil fikrini ochiq-oydin ifoda etolmaganliklari natijasida foydalanishgan. Masalda turmush va undagi voqealar, insonlar hayoti kinoyaviy obrazlar orqali tasvir etiladi. Unda ko'pincha hayvonlar, qushlar, ba‘zan esa narsa-predmetlat obrazi yaratiladi. Ayni paytgacha oʻsha hayvon va qushlar xarakter-xususiyatlari, qiliq-odatlari haqida ma‘lum bir tasavvur shakllanib boʻlgan. Masalan, yo'lbars - pahlavon, boʻri - laqma, yirtqich, ayiq - qoʻpol, galvars, tulki - ayyor, mugʻombir, qoʻy - sodda, yuvosh, echki - dono, mehnatkash, mehribon, quyon - qoʻrqoq, it - sadoqatli doʻst, hoʻkiz - menatkash va hokazo.2 Masal xalq og'zaki ijodida ham she'riy, ham nasriy yoʻlda yozilgan, asosini majoziy va ramziy obrazlarning faol harakati tashkil etgan , ta'limiy mazmundagi satirik va yumoristik tanqid ruhida bayon qilingan kichik hikoyadir. Bu janrning xalq poetik ijodiga yaqinligi, uni avvalo donishmand xalq yaratganligi, soʻng esa yozuvchilar, shu jumladan, Ezop oʻz ijodida takomillashtirgani xususida soʻz boradi. Masal janri II asrlarda Babriy, Rimda Fyodr (eramizning I asri)tomonidan rivojlantirildi. Masal janri taraqqiyotiga fransuz masalchisi Lafonten (XVIII asr), rus masalchisi Krilov, Daniya masalchisi Golberg (XVIII asr), nemis masalchisi Lessing(XIX asr) katta hissa qo'shdilar.3 Eng avvalo, masal janri xalq og'zaki ijodi mahsuli boʻlgan, keyinchalik adabiyotga janr sifatida eramizning I va II asrlarida Babriy va Fyodr tomonidan kiritilgan boʻlsa-da, masalchilik otasi - bu Ezopdir. U tomonidan yaratilgan masallar og'izdan ogʻizga oʻtib, mazlum xalq tilida dostonga aylangan. Ma‘lumotlarga koʻra, Ezop miloddan avvalgi VI asrda yashagan, 1 Igor Klex. Masalning xazina dunyosi. Toshkent. Jahon adabiyoti. 2020.101-b 2 O. Nodirov va boshqalar. Oʻzbek klassik she‘riyati janrlari. Toshkent. "Oʻqituvchi". 1979.148-b 3 Dilrabo Jumanova. Masal mumtoz adabiyotining qadimiy janri sifatida. Maqola.2021 Выпуск журнала №-27 Часть–5_Июнь –2025 130 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT dastlab qul boʻlgan, dono fikrlash qobiliyatiga ega bo'lganligi sababli oʻzini oʻzi qullikdan xolos etgan."Kiyik bilan tokzor", "Eshak bilan baqalar", " Ustiga tuz ortilgan eshak", "Yovvoyi echkilar bilan choʻpon", " Boʻri bilan laylak", "Burgut, zogʻcha va choʻpon" kabi 500 ga yaqin masallar muallifi sanalgan Ezop masallaridagi asosiy gʻoya jamiyat tubidagi xo'rlangan, ezilganlarning noroziliklarini ifodalash boʻlgan. Shu sababli ham Ezop masallari hali hanuzgacha o'z mavqeini, ahamiyatini yoʻqotmagan, yoʻqotmaydi ham. Ezopdan keyin Gʻarb adabiyotida masalni shakllantirgan bu rus yozuvchisi Krilovdir. U masallarni she'riy usulda yaratganligi bilan diqqatga sazovordir.Krilov adabiyotda yozuvchi sifatida emas, balki o'tkir satirik masallar ijodkori sifatida nom qoldirgan. Uning masallari syujeti ixcham, satirasi kuchli , tili o'tkir, obrazlari ishonarli va qissadan chiqarilgan xulosaning aniq va ravshanligi bilan ajralib turadi. Krilov masallari mavzu jihatidan bir qancha guruhlarga boʻlinadi: novella(" Dehqon va tulki", "Eshak", "Tovuq va qargʻa"), satirik pamflet ( "Baliqlar raqsi", "Choʻrtan baliq "), maishiy tematika("Ikki mushuk", "Savdogar"), satirik epigramma("Tuhmatchi va ilon", "Dub daraxti va choʻchqa") kabi. Hind adabiyotida ham masalchilik janri diqqatga sazovordir. Masalni insonlarning xarakterini hayvonlarga ko'chirib, ularni oqlash yo qoralash, dedik, hindlarda ham aynan shu uslubda yaratilgan, boshdan oyoq masal janrida yuzaga chiqqan "Kalila va Dimna" asarini misol qilishimiz mumkin. Ushbu asar tarkibiga kiruvchi "She'r va hoʻkiz", "Chinkabutar, qarg'a, sichqon, toshbaqa va ohu", " Maymun va toshbaqa", "Boyqush va qargʻa", "Muahuk va kalamush" kabi naqllarni biz ayan masalaga kiritishimiz haqli boʻladi. Negaki , bu naqllarning obrazlari haqiqatdan hayvonlardan tashkil topgan, majoziy ruhda bitilgan hamda achchiq kinoya bilan sugʻorilgandir. Sharq adabiyotida masal janri XIV asrga kelib dunyo yuzini koʻrdi
Доказательный фрагмент
«В данной статье особое внимание уделяется жанру басни, рассматриваются этапы его появления, развития и исторического формирования в литературе.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье особое внимание уделяется жанру басни, рассматриваются этапы его появления, развития и исторического формирования в литературе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fable genre, genesis, didactics, literary form, moral, advice, xulosa, rus masalchiligi, genezis, mumtoz adabiyotda masalchilik., badiiy shakl, masal janri, pand-nasihat, masalchilik otasi, didaktika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024