К содержанию
РецензированоUZ2025

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QONUN MANBALARI

Ko’chkinova Adolat Gulmurod qizi · Annotatsiya:Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida huquqiy

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida huquqiy tizimning asosiy elementlaridan biri boʻlgan qonun manbalari tahlil qilinadi. Qonun manbai tushunchasi, uning huquqiy tartibga solishdagi oʻrni va ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarning turlari, ularning ierarxiyasi, xalqaro huquqning milliy huquq tizimidagi oʻrni hamda Konstitutsiyaning ustuvorligi xususida ilmiy yondashuv asosida izohlar beriladi. Maqola Oʻzbekistonda amaldagi huquqiy manbalarni chuqur oʻrganishga, ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini ochib berishga qaratilgan. Kalit so‘zlar:Qonun manbai, normativ-huquqiy hujjat, Konstitutsiya, Oʻzbekiston Respublikasi, xalqaro huquq, ierarxiya, qonunchilik tizimi, huquqiy asos, qonun ijodkorligi. Huquqiy davlat barpo etishda qonun manbalarining aniqligi, tartibga solinganligi va tizimlashtirilganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, oʻzining mustaqil huquqiy tizimini shakllantirdi. Ushbu tizimda qonun manbalari – huquq normalarini belgilovchi asosiy vosita sifatida oʻz oʻrniga ega. Qonun manbai tushunchasi Qonun manbai – bu huquq normalarini oʻzida mujassam etgan, yuritilish uchun majburiy kuchga ega boʻlgan hujjat yoki vosita. Huquqiy manbalar insonlar orasidagi munosabatlarni tartibga solishda, ularning huquq va majburiyatlarini belgilashda muhim rol oʻynaydi. Qonun (huquqda) – inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi. Qonun davlat oliy vakillik Выпуск журнала №-27 Часть–5_Июнь –2025 363 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT organlarining eng yuqori kuchga ega boʻlgan hujjatidir. Qonun davlat huquq tizimining asosini tashkil qiladi, davlatning boshqa hamma organlarining normativ aktlariga nisbatan eng katta yuridik kuchga ega boʻladi. Qonun uchun uni qabul qilishning alohida tartibi, bir necha bosqichdan iborat maxsus qonun chiqarish jarayoni xosdir. Bu bosqichlar qonunchilik tashabbusi, qonun loyihasining muhokama qilinishi, Qonunning qabul qilinishi va uning eʼlon qilinishidan iborat. Qonunlar oʻzida mujassamlashgan normalarning mohiyati boʻyicha konstitutsiyaviy toʻgʻridan-toʻgʻri konstitutsiya talablari asosida qabul qilinadigan (organik) va oddiy Qonunlarga boʻlinadi. Oddiy Qonunlar, oʻz navbatida, kodifikatsiya qilingan va joriy Qonunlarga boʻlinadi. Federativ davlatlarda Qonunlar, shuningdek, federal va federatsiya subʼyektlari Qonunlariga ajratiladi. Qonunlarning alohida toifasini favqulodda Qonunlar tashkil etadi. Normativlik Qonunning muhim belgisi va xususiyati hisoblanadi. Huquqiy hujjatlarning boshqa shakllari ham normativ boʻlishi mumkin, lekin ular Qonunchilik qatʼiy kuchga ega boʻlmay, qisqa muddat amal qiladigan yoki huquqni muhofaza etuvchi boʻlishi mumkin. Qonunning normativligi uning bir xildagi qoidani barcha uchun norma, meʼyor, mezon darajasiga koʻtarilishidadir. Qonunda mustahkamlangan qoida hamma oʻxshash hollarda bir xildagi talab sifatida takror- takror amal qiladi. Qonunning normativligi unda ifodalangan davlat irodasining qatʼiyligi, ustunligi va oliyligi bilan chambarchas bogʻliqligidadir. Aynan shu irodaning imperativ (boʻysundiruv-chi) mazmuni Qonun vositasi bilan umumiy yurish-turish va xulq-atvor mezonlarini belgilaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari quyidagi guruhlarga boʻlinadi: 1) asosiy qonun – Konstitutsiya; 2) Konstitutsiyaviy qonun; 3) Qonun (kodekslar va joriy Qonunlar); 4) Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlari Qonunlar va boshqa normativ hujjatlar orasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosiy oʻrinni egallaydi. Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil Выпуск журнала №-27 Часть–5_Июнь –2025 364 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT etilishini va boshqaruv mexanizmini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy asoslari, siyosiy tizimini.insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya jamiyat huquqiy tizimining, butun qonunchilikning oʻzagini, yuridik zaminini tashkil etadi. Joriy Qonunlarning barchasi konstitutsiya qoidalari va prinsiplari asosida hamda ularning ijrosi manfaati yoʻlida chiqariladi. Qonunlar quyidagi hollarda kuchga kiradi: rasman eʼlon qilingandan 10 kun oʻtgach; Qonunda yoki uni amalga kiritish toʻgʻrisida maxsus hujjatda koʻrsatilgan vaqtdan boshlab. Qonun oʻzida koʻrsatilgan muddat tugagan boʻlsa yoki bekor qilinishi natijasida (ijtimoiy munosabatlarning shu sohasini tartibga soluvchi yangi Qonun qabul qilinishi munosabati bilan) oʻz kuchini yoʻqotadi. Qonun zamonda amal qiladi. Buning maʼnosi shuki, ayrim Qonunlar orqaga qaytish kuchiga ega. Yaʼni, Qonun eʼlon qilinmasdan oldin boʻlgan ishlarga shu Qonun tatbiq etiladi. Jumladan, Oʻzbekistonda jinoyat va maʼmuriy javobgarlikni yengillashtiruvchi Qonunlar orqaga qaytish kuchiga ega. Qonun makonda ham amal qiladi. Buning maʼnosi Qonunlar mamlakatning barcha hududlarida amal qilishini bidsiradi. Davlat h

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida huquqiy tizimning asosiy elementlaridan biri boʻlgan qonun manbalari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida huquqiy tizimning asosiy elementlaridan biri boʻlgan qonun manbalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquqiy asos, Konstitutsiya, Oʻzbekiston Respublikasi, qonun ijodkorligi., qonunchilik tizimi, xalqaro huquq, Qonun manbai, ierarxiya, normativ-huquqiy hujjat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники