К содержанию
РецензированоUZ2026

“QUYOSH SISTEMASIDAGI HALQALI SAYYORALAR’’

Kalit so’zlar: Halqali sayyoralar · Neptun, ,sayyora

Современное образование и развитие · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Quyosh sistemasidagi halqali sayyoralar — Yupiter, Saturn, Uran va Neptun haqida ilmiy ma’lumotlar yoritilgan. Asosan gaz giganti bo‘lgan ushbu sayyoralarning halqa tizimlari tuzilishi, tarkibi va kelib chiqishi jihatidan o‘zaro solishtiriladi. Maqolada Saturnning keng va aniq ko‘rinadigan halqalari, Yupiter, Uran va Neptunning esa nisbatan noaniq va yupqa halqa tizimlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, bu halqalar qanday moddalardan tarkib topgani, ularning dinamikasi va sayyoralarning tabiiy yo‘ldoshlari bilan o‘zaro aloqalari o‘rganiladi. Kalit so’zlar: Halqali sayyoralar, Saturun,Yupiter, Uran, Neptun, ,sayyora ta’rifi, astronomik tadqiqotlar,umumtalim maktablari,metodika,pedagogik texnalogiya,mediata’lim, raqamli texnalogiyalar. Sayyora (arab. sayyor — doimo harakatlanuvchi, harakatchan) — keskin termoyadroviy reaksiyalardan xoli boʻlgan yulduz atrofida aylanuvchi, mehvarida oʻzidan katta jism mavjud boʻlmagan va mehvarining ekssentrisiteti 0 ga yaqin boʻlgan osmon jismi. Quyosh tizimidagi sayyoralar massasi va hajmi Quyoshnikidan bir necha oʻn-yuz marta kam. Antik davrda, hatto undan avval yettita „sayyora“: Quyosh, Oy, Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn „qoʻzgʻalmas“ yulduzlar orasidan ajratilib koʻrsatilgan edi. Bu yoritkichlarning hammasi Yer atrofida aylanadi, deb hisoblanardi. 16-asr boshidagina polyak astronomi, geliotsentrik tizim muallifi Nikolay Kopernik Yer atrofida faqat Oy aylanishini, qolgan sayyoralar esa Yer kabi Quyosh tizimi markazi boʻlgan Quyosh atrofida aylanishini koʻrsatdi. Quyosh tizimi — Quyosh va uning atrofida aylanuvchi osmon jismlari majmuasidir. Quyosh tizimida sakkizta asosiy sayyora mavjud bo‘lib, ularning to‘rttasi — Yupiter, Saturn, Uran va Neptun — gaz gigantlari hisoblanadi. Выпуск журнала №-27 Часть–5_Июнь –2025 369 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Bu sayyoralar o‘ziga xos halqalar tizimiga ega bo‘lib, ushbu kurs ishida ana shu halqali sayyoralar haqida batafsil to‘xtalib o‘tiladi. 1-rasm.Quyosh sistemasi Halqali sayyoralar haqida umumiy tushuncha Halqali sayyoralar — bu atrofida ko‘zga ko‘rinarli yoki ilmiy vositalar yordamida aniqlanadigan halqa yoki zarrachalar tizimi mavjud bo‘lgan sayyoralardir. Bunday halqalar asosan muz, tosh va chang zarralaridan tashkil topgan bo‘ladi. Quyosh tizimida to‘rtta sayyoraning halqalari mavjud: Saturn, Yupiter, Uran va Neptun. har birining halqa tuzilishi, hajmi va tarkibi har xil bo‘lib, bu ularni o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi.Halqali sayyoralarni birinchi marta Galileo tomonidan kuzatilgan. Ilmiy rivojlanish jarayonida bu soha yanada chuqur o’rganila boshlandi. 2-rasm.Halqali sayyoralar Saturn — eng mashhur halqali sayyora Saturn Quyosh tizimidagi oltinchi sayyora bo‘lib, u eng mashhur va ko‘zga ko‘rinarli Выпуск журнала №-27 Часть–5_Июнь –2025 370 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT halqalar tizimiga ega. Ushbu halqalar asosan muz va mayda tosh zarralaridan iborat bo‘lib, ularning qalinligi nisbatan kichik — taxminan bir necha kilometrni tashkil etadi. Saturn halqalari bir nechta asosiy qismlarga bo‘lingan: A, B va C halqalari. Ularni kosmik apparatlar, xususan Cassini va Voyager missiyalari orqali chuqur o‘rganilgan. 3-rasm.Saturn Yupiterning halqalariYupiter halqalari ilk bor 1979-yilda Voyager 1 apparati tomonidan kashf etilgan. Ushbu halqalar ko‘zga ko‘rinmaydigan darajada yupqa bo‘lib, asosan chang zarralaridan iborat. Yupiterning halqalari tor va qoramtir ko‘rinishga ega bo‘lib, ularning kelib chiqishi Jupiterni o‘rab turgan oylarning to‘qnashuvi yoki erozion jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 4-rasm.Yupiter Uran — noyob halqali sayyoraUran 1977-yilda halqalarga ega ekanligi aniqlangan sayyoralardan biri hisoblanadi. Uning halqalari qora va zich moddalardan tashkil topgan bo‘lib, optik jihatdan ko‘rish qiyin. Uran halqalari son jihatdan ko‘p Выпуск журнала №-27 Часть–5_Июнь –2025 371 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bo‘lsa-da, ular o‘zining tor va noaniq tuzilishi bilan farq qiladi. Uran halqalari ham ko‘plab kichik osmon jismlari va chang zarralari yig‘indisidir. 5-rasm.Uran Neptunning halqalariNeptun halqalari 1989-yilda Voyager 2 apparati tomonidan o‘rganilgan. Ushbu halqalar juda zaif va notekis tuzilgan bo‘lib, ular to‘liq halqa shaklida emas, balki segmentlarga ajralgan. Neptunning halqalari qoramtir rangda bo‘lib, asosan chang va muzdan tashkil topgan. Ular ham Neptun atrofidagi tabiiy yo‘ldoshlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 6-rasm.Neptun Xulosa Quyosh sistemasidagi halqali sayyoralar — Yupiter, Saturn, Uran va Neptun — o‘z atrofida joylashgan halqa tizimlari orqali boshqa sayyoralardan ajralib turadi. Bu halqalar turli o‘lchamdagi muz bo‘laklari, chang zarralari va toshlardan tashkil Выпуск журнала №-27 Часть–5_Июнь –2025 372 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT topgan bo‘lib, ularning shakllanishi va saqlanib qolish mexanizmlari hozirgacha ilmiy izlanishlar mavzusi bo‘lib qolmoqda. Eng aniq va rivojlangan halqa tizimi Saturnga tegishli bo‘lsa-da, Yupiter, Uran va Nept

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Quyosh sistemasidagi halqali sayyoralar — Yupiter, Saturn, Uran va Neptun haqida ilmiy ma’lumotlar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Quyosh sistemasidagi halqali sayyoralar — Yupiter, Saturn, Uran va Neptun haqida ilmiy ma’lumotlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
raqamli texnalogiyalar., mediata’lim, Uran, umumtalim maktablari, Saturun, metodika, pedagogik texnalogiya, Yupiter, Halqali sayyoralar, Neptun, sayyora ta’rifi, astronomik tadqiqotlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти