К содержанию
РецензированоUZ2025

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR OBRAZINING JAHON ADABIYOTSHUNOSLIGIDAGI ROLI

ADABIYOTSHUNOSLIGIDAGI ROLI

Современное образование и развитие · 2019 · 2025

Аннотация

Shoh va shoir Z.M.Bobur jahon tamadduniga hissa qo`shgan ulug` siymolar qatorida turadi. Shu bois bu tarixiy shaxs haqida dunyo miqyosida u yashagan davrdan hozirga qadar qator tarixiy va badiiy asarlar yaratildi va yaratilmoqda. Bu tarixiy va badiiy manbalarda ulug` mutafakkir haqidagi muhim haqiqatlar, uning nihoyatda murakkab, biroq mazmunli hayoti o`z ifodasini topgan. Mazkur manbalarni muqoyasaviy o`rganish bugungi adabiyotshunoslik va tarixshunoslik ilmi oldidagi dolzarb vazifalardan biridir. Shu nuqtai nazardan ushbu maqolada avstriyalik yozuvchi Fris Vyurtlening “Andijon shahzodasi” qissasi hamda amerikalik sharqshunos Harold Lambning “Bobur – yo`lbars” biografik romanida yaratilgan Bobur obrazi Z. M. Boburning “Boburnoma” memuar va Muhammad Haydar Mirzoning “Tarixi Rashidiy” tarixiy asarlari bilan qiyosan tekshirilgan. Bunda adabiyotshunoslikdagi biografik metod asos qilib olingan. Kalit so`zlar: biografik yondashuv, tarixiy shaxs, tarixiy asar, badiiy asar, obraz, tarixiy haqiqat, badiiy to`qima, “Boburnoma”, “Tarixi Rashidiy”. O`zbek davlatchiligi tarixi, mumtoz adabiyotimizning bosib o`tgan yo`li, buyuk mutaffakkir-u allomalarimiz qoldirgan bebaho ma`naviy xazina nafaqat mamlakatimiz, qolaversa, dunyoning turli hududlarida tadqiqot olib borayotgan tarixchi, adabiyotshunos olimlarni o`ziga jalb qilib kelmoqda. Xususan, buyuk davlat arbobi, ulkan imperiya va sulola asoschisi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi bo`yicha nafaqat yurtimiz yoki Bobur saltanat tuzgan hududlarda, balki Yevropa va Amerikaning ilmiy-tadqiqot markazlaridan ham Выпуск журнала №-27 Часть–5_Июнь –2025 458 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT mutaxassislar tomonidan o`rganib kelinmoqda. Shoh va shoir haqida ko`plab tarixiy va badiiy asarlar bitilgan va hozirda ham yaratilyapti. Markaziy Osiyo davlatlari, Eron, Hindiston, Yaponiya, Rossiya, AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa juda ko`p mamlakatlarda “Boburnoma” memuari dunyo tillariga tarjima qilindi, kitobxonlarda buyuk bobokalonimiz she`riyatidan xorijiy tillarda ham tanishish imkoniyati paydo bo`ldi. Zahiriddin Muhammad to`g`risida ma`lumot beruvchi tarixiy manbalar asosida ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etib kelinmoqda. Aslida bunday ilmiy izlanishlar Sharq mamlakatlarida ancha oldin, G`arbda esa o`tgan asrning birinchi yarmida boshlangan edi. Bu tadqiqotchilarning darg`alari – boburshunoslik ilmining nemis tilidagi maktabini boshlab bergan avstriyalik sharqshunos olim va yozuvchi Fris Vyurtle bo`lsa, olis Amerikada bu yo`nalishda ilk ilmiy izlanishlar Harold Lambga tegishlidir. Fris Vyurtle (Woertle Fric) – Аvstriyada yashab, ijod qilgan nemis olimi va yozuvchisi bo`lib, u haqida bizgacha juda kam ma`lumot yetib kelgan. Asosan, XX asrning birinchi yarmida ijod qilgan ushbu ijodkordan bizgacha nemis tilida “BABUR, DER TIGER” (“Bobur – yo`lbars”) asari yetib kelgan. Ushbu sarguzasht- qissa 1947-yilda Avstriya poytaxti Vena shahrida chop etilgan. Kitob istiqlol yillarida “Bobur” Xalqaro fondining sa`y-harakatlari bilan topilib, nemis tilidan olima va tarjimon Yanglish Egamova tomonidan o`girilgan va o`zbek tiliga “Andijon shahzodasi” nomi bilan (2011) nashr etilgan. Qissani o`qib chiqish jarayonida shunga amin bo`lish mumkinki, muallif o`z asarini boshlashdan oldin Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo`li hamda “Boburnoma” asarini qunt bilan o`rganib chiqqan, u yashagan davr, ijtimoiy-geografik muhit va Movarounnahrning iqtisodiy-siyosiy holati to`g`risida muhim ma`lumotlarga ega bo`lgan. Xususan, muallif qissaning kirish qismida quyidagi ma`lumotlarni keltiradi: “Ushbu asarning qahramoni XVI asrda yashagan va hukmronlik qilgan yosh Zahiriddin Muhammad Boburdir. U 11 yoshida Farg`ona hukmdori bo`ldi. Hindistonda uzoq hukmronlik qilgan sulolaga u asos solgan. Bobur o`z boshidan kechirgan voqea-hodisalar haqida o`z ona tili, turkiy- chig`atoyda bir kitob yozgan. Kitob “Boburnoma” deb ataladi hamda qo`lingizdagi qissa ushbu asar asosida yaratilgan” Выпуск журнала №-27 Часть–5_Июнь –2025 459 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Fris Vyurtlening Bobur haqidagi sarguzasht qissasi G`arbda ushbu mavzuda yozilgan boshqa asarlardan tubdan farq qiladi. Asar, qissa imkoniyatlaridan kelib chiqib, Boburning butun hayot-ijod yo`lini emas, balki faqat endi taxtga chiqqanidan boshlab, dastlabki hukmronlik (1494– 1496) yillarini qamrab olgan. Qolaversa, kitob barcha yoshdagi kitobxonlar uchun, ayrim tadqiqotchilar ta`kidlaganidek asosan “F.Vyurtle o`z asarini bolalarbop, ya’ni bolalar adabiyotiga xos tarzda yaratgan” [2]. Qissada navqiron yoshdagi Bobur siymosi badiiy gavdalantirilgan. Muallif o`rta asrlar Sharq hukmdoriga biroz Yevropa ritsarlariga xos xarakterni beradi. Jumladan, qissani o`qish jarayonida yosh Bobur o`zidan katta-kichikka, ustozlariga ham “sen” deb murojaat qiladigan, dag`al, qo`pol; nutqida g`arbcha betakalluf so`zlarni tez-tez qo`llovchi qo`rs inson sifatida tavsiflangan. Shu bilan birga yozuvchi yosh Zahiriddinni ilmga qiziqishi past, bir

Доказательный фрагмент

«Shoh va shoir Z.M.Bobur jahon tamadduniga hissa qo`shgan ulug` siymolar qatorida turadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Shoh va shoir Z.M.Bobur jahon tamadduniga hissa qo`shgan ulug` siymolar qatorida turadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarixiy asar, badiiy asar, “Boburnoma”, badiiy to`qima, tarixiy haqiqat, tarixiy shaxs, “Tarixi Rashidiy”., biografik yondashuv, obraz
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники