К содержанию
РецензированоUZ2025

GEPATIT “A” KASALLIGINI YUQISH YO’LLARI, BELGILARI VA OLDINI OLISH CHORALARI

OLDINI OLISH CHORALARI · Giyazova Diloromxon · Hepatitis A Transmission

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada gepatit A kasalligini yuqish yo’llari, belgilari va oldini olish choralari haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar berilgan. Kalit so'zlar: fekal-oral, vaskulit, artrit, sariqlik, gemolitik anemiya, ko’ngil aynishi, qusish, bosh og’rig’i Hepatitis A Transmission, Symptoms, and Prevention Annotation: This article discusses the transmission, symptoms, and prevention of hepatitis A, and provides important recommendations by the author. Keywords: fecal-oral, vasculitis, arthritis, jaundice, hemolytic anemia, nausea, vomiting, headache Sariq kasalligi deb nom olgan virusli gepatit kasalligi yuqumli bo‘lib, ularning bir necha turlari mavjud. Virusli gepatitning A va E turlari odamga og‘iz orqali yuqadi va ko‘proq bolalarda uchraydi. Gepatit A – gepatovirus A virusi (GAV) tomonidan keltirib chiqariladigan keng tarqalgan yuqumli kasalliklardan biri hisoblanadi. GAV fekal-oral usulda yuqadi. Inkubatsiyon muddati oʻrtacha 30 kunni tashkil etadi. Gepatit A aksariyat holatda asimptomatik boʻladi. Boshqa hollarda isitma, koʻngil aynishi, qusish, ich ketishi, sariqlik va qorinda ogʻriq bilan namoyon boʻlishi mumkin. Jigarga aloqador boʻlmagan belgilari juda kam uchraydi hamda vaskulit, artrit, aplastik anemiya, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, pankreatit va Giyan – Barre sindromi qoʻshilib kelishi mumkin. Aksariyat bemorlarda 2-6 oy ichida oʻz-oʻzidan tuzalib ketadi. Shu xususiyati bilan gepatit B va Cdan ajraalib turadi. Chunki, bu viruslar Выпуск журнала №-27 Часть–6_Июнь –2025 149 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT surunkali kasalliklarga sabab boʻladi. 1% dan kamroq bemorlarda fulminant jigar yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin va bu jigar transplantasiyasini talab qiladi. Fulminant jigar kasalligi rivojlanishi uchun xavf omillariga bir vaqtning oʻzida gepatit C bilan kasallanganlik hamda homiladorlik kiradi. Klinik jihatdan boshqa virusli gepatitlardan farq qilmaydi. Laboratoriya tekshiruvlarida plazma aminotransferaza fermentlari (ALT ASTga qaraganda ancha baland), bilirubin va ishqoriy fosfataza miqdorining ancha oshishi kuzatiladi. Tashxis qonda GAV immunoglobulin Mni aniqlash orqali tasdiqlanadi. Davolash simptomatik boʻlib, asosan dam olish, koʻp suyuqlik ichish, koʻngil aynishi va ich ketishini bartaraf etishdan iborat boʻladi. Kasallikka ko‘p hollarda: • qo‘llarni sovunlab yuvmasdan ovqatlanish; • meva-sabzavotlarni yuvmasdan iste’mol qilish; • suvni qaynatmay ichish; • ruxsat etilmagan ochiq suv havzalari, ayniqsa turib qolgan suvlarda cho‘milish; • iste’molga tayyor oziq-ovqat mahsulotlarga pashshalarning o‘tirishi sabab bo‘ladi. Kasallikning yuqish xavfi Выпуск журнала №-27 Часть–6_Июнь –2025 150 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Gepatitning yuqish xavfi kasallikning yashirin, boshlang‘ich davrlari va sariqlik belgilarisiz kechadigan turlarida yuqori bo‘ladi. Bunda bemor o‘zi bilmagan holda oila a’zolari va yaqinlariga kasallikni yuqtirishi mumkin. Bemor foydalangan idishlar, choyshab, yostiq jildi, kiyim-kechak, o‘yinchoq, so‘rg‘ich, hojatxona anjomlari va bemordan qolgan ovqat qoldiqlari virus bilan zararlangan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun idishlarni maxsus yuvish vositalari yordamida yuvishga odatlaning. Pol, eshik tutqichlari va ishlatilishiga qarab boshqa buyumlarni, muntazam zararsizlantiruvchi vositalar bilan artib turing. Kasallik belgilari quyidagilar bilan namoyon bo‘ladi: • darmon qurishi, uyquchanlik; • ishtahaning yo‘qolishi, ko‘ngilning aynib turishi (ayniqsa yog‘ hidlariga nisbatan), • ba’zida ovqatlangandan keyin qusish; • haroratning ko‘tarilishi; • ba’zan burunning bitishi, oqishi, bosh og‘rishi (grippga o‘xshash); • ko‘z oqi va pastki qovoq shilliq pardasi, tirnoq va terining sarg‘ayishi; • peshobning qizarishi (me’yorda peshob sarg‘ish bo‘ladi); • najasning oqarishi (rangsizlanishi) Yuqoridagi belgilarning birontasi kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat eting. Virusli gepatit asoratlari bilan xavflidir. Kasallikning belgilariga befarqlik bilan qarash, uning uzoq davom etishiga sabab bo‘lishi mumkin.Vaqtida zarur choralarning ko‘rilmasligi esa jigar yetishmovchiligi, jigar sirrozi kabi og‘ir asoratlarni yuzaga keltirishi bilan xavflidir. Salomatlikning oltin qoidasiga rioya etish kasallikni oldini olish demakdir. Выпуск журнала №-27 Часть–6_Июнь –2025 151 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT • Muntazam jismoniy tarbiya bilan shug‘ullaning. • Kuniga kamida 7-8 soat uxlang. • O‘z vaqtida ovqatlaning. • Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qiling. Bu tanangizni chiniqtirib, baquvvatlashtiradi, kasallikka qarshi kurashuvchanligini oshiradi. Esda tuting! • Ovqatlanishdan oldin va hojatdan so‘ng qo‘llarni sovunlab yuving. • Meva va sabzavotlarni toza suvda yuvib, iste’mol qiling. • Suvni qaynatib ichishga odatlaning. • Bolalarda qo‘l, o‘yinchoq va boshqa turli narsalarni og‘izga solish, tirnoqlarni tishlash kabi odatlarni shakllanishiga yo‘l qo‘ymang. • Pashshalarni ko‘payishiga yo‘l qo‘ymang. • Bolalarni turib qolgan ochiq suv havzalarida cho‘milishiga y

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada gepatit A kasalligini yuqish yo’llari, belgilari va oldini olish choralari haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada gepatit A kasalligini yuqish yo’llari, belgilari va oldini olish choralari haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fecal-oral, vasculitis, arthritis, jaundice, hemolytic anemia, artrit, gemolitik anemiya, ko’ngil aynishi, sariqlik, qusish, bosh og’rig’i, fekal-oral, vaskulit
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники