К содержанию
РецензированоUZ2025

BOLALARDA QANDLI DIABET KASALLIGI SABABLARI, KLINIK BELGILARI VA ASORATLARI

Marasulova Muharramxon

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada bolalarda qandli diabet kasalligi sabablari, klinik belgilari va asoratlarihaqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar berilgan. Kalit so’zlar: endokrin bezlar, albuminuriya, glyukozuriya, silindruriya, insulin, gipotoniya, insulinoterapiya, parhez, gipoglikemiya, taxikardiya, giperglikemiya, paratireoid bez, gomeostaz, polietiologik, polidepsiya, polifagiya, neyrodermiya, paradontoz, retinit, enurez, poliuriya Annotation: This article discusses the causes, clinical signs and complications of diabetes in children, and the author gives important recommendations. Keywords: endocrine glands, albuminuria, glucosuria, cylindruria, insulin, hypotension, insulin therapy, diet, hypoglycemia, tachycardia, hyperglycemia, parathyroid gland, homeostasis, polyetiological, polydipsia, polyphagia, neurodermatitis, periodontosis, retinitis, enuresis, polyuria Qandli diabet – me’da osti bezining Langergans orolchalarida hosil bo‘ladigan insulin gormoni yetishmovchiligi natijasida organizmda uglevodlar almashinuvi jarayonining buzilishi bilan harakterlanadi. Kasallik bilan maktabgacha tarbiya, balog‘at yoshidagi bolalar ko‘p og‘riydi. Qandli diabet polietiologik kasallik bo‘lib, bu kasallikda nasliy moyillikning ahamiyati katta. Kasallikning asosiy sababi – me’da osti bezi gormoni insulin yetishmasligidir. Bolalarda qandli diabet aksari infeksion kasalliklar (tepki, suvchechak, qizamiq, gripp, skarlatina, angina) dan keyin Выпуск журнала №-27 Часть–6_Июнь –2025 154 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT boshlanadi. Ruhiy travma, jismoniy travma, uglevodlar va yog‘larga boy ovqatarga ruju qo‘yish, ya’ni noto‘g‘ri ovqatlanish ham asosiy sabablardan bo‘lib hisoblanadi. Klinik manzarasi – kasallik asta-sekin rivojlanishi yoki to‘satdan boshlanishi mumkin. Kasallikning birinchi belgilari ko‘p chanqash va ko‘p miqdorda suv ichish (polidepsiya), og‘iz va lablar qurishi, tez-tez, ko‘p-ko‘p siyish (poliuriya), siydik tutolmaslik (enurez), ishtaha kuchayishi, tez-tez va ko‘p miqdorda Ovqat yeyish (polifagiya) va shunga qaramay ozib ketishdir. Keyinchalik bola ishtahasi zo‘r bo‘lishiga qaramay, quvvatsizlanib, boshi og‘riydi, tez charchaydigan bo‘lib qoladi. Bemor terisi quruqlashib, badan kichishuvi (neyrodermit), furunkulyoz kabi Qo‘shimcha kasalliklar paydo bo‘lib, kaft va tovon terilari ko‘chib tushadi. Bolaning hazm organlarida quyidagi o‘zgarishlar kuzatiladi: tili quruq, zo‘rayib boruvchi tishlar kariyesi, stomatit, paradontoz (milklar zararlanishi), tishlar tukilishi va boshqalar. Jigari kattalashadi va og‘riqli bo‘ladi. Bolalarda yurak qon-tomir tizimi tomonidan: puls labil bo‘ladi, arterial bosim pasayadi, auskultasiyada yurak tonlari bo‘g‘iqroq eshtilishi kabi belgilar kuzatiladi. Bolalarda ko‘ruv organlarida o‘zgarishlar bo‘lib, diabetik katarakta va diabetik retinit (tur parda yallig‘lanishi) avj olib boadi. Qonning umumiy tahlilida ko‘zga ko‘rinarli o‘zgarishlar bo‘lmasligi mumkin. Siydik tahlilida albuminuriya (siydik bilan oqsil ajralishi), silindruriya(siydik bilan silindrlar ajralishi), glukozuriya (siydik bilan ko‘p miqdorda qand ajralishi) aniqlanadi. Qondagi qand miqdori, keton tanachalari miqdori ortadi. Выпуск журнала №-27 Часть–6_Июнь –2025 155 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Asoratlari – noto‘g‘ri davo qilinganida, qandli diabetning o‘tishi og‘irlashib, bir qancha asoratlar rivojlanadi: bo‘y o‘sishining sekinlashuvi, jinsiy jihatdan yaxshi yetilmaslik, Buyrak funksiyasining buzilishi, katarakta (ko‘rlik), jigar sirrozi, gipoglikemik koma, mikroangiopatiya kabilar. Eng og‘ir asorati diabetik ya’ni giperglikemik komadir. Tashhisoti – qandli diabet deb tashhis qo‘yishda bemordagi klinik belgilar (polidepsiya, polifagiya, poliuriya), qon va siydikdagi o‘zgarishlarga asoslanadi. Sog‘lom bola qonidaga qand miqdori normada 3,3-5,5 mmol/l bo‘ladi. Kasal bolalarda esa bu ko‘rsatkich nahorda (och qoringa) tekshirilganda 11,5-18,5 mmol/l gacha, ba’zan undan ham ko‘proq bo‘ladi. Qandli diabetning yashirin formasida bemorda asosiy klinik belgilar ko‘rinmaydi, qondagi qand miqdori nahorga normada bo‘ladi, siydik bilan qand ajralmaydi. Bu bolalarga qand berib, qondagi qand miqdori aniqlansa, ya’ni qand miqdorini ko‘rsatadigan egri chizikka qarab, aniqlasa bo‘ladi. Yashirin diabet uchun egri chizikning yuqorilab ketishi, sekinlik bilan pastga tushishi harakterlidir. Sog‘lom bolada odatda siydik bilan qand ajralib chiqmaydi. Qandli diabet bilan og‘rigan bolalar siydigida 8,3-11,1 mmol/l va undan ortiq qand miqdori bo‘ladi. Buni aniqlash uchun sutkalik siydik miqdori va sutkalik glukozuriya aniqlanadi. Davosi – qandli diabetni davolashning asosiy prinsipi fiziologik normaga to‘g‘ri keladigan, bekamu-kust ovqatar bilan ovqatlanib borish, insulinoterapiya qilish va gigiyena rejimiga amal qilishdir. Sog‘lom bolalar uchun belgilangan Ovqatda oqsil, yog‘, uglevodlar nisbati 1:1:4 bo‘lsa, qandli diabet bilan og‘rigan bolalar uchun bu nisbat 1:0,75:3,5 bo‘lishi kerak. Parhez to‘tishda sifatli, vitaminlarga boy

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bolalarda qandli diabet kasalligi sabablari, klinik belgilari va asoratlarihaqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bolalarda qandli diabet kasalligi sabablari, klinik belgilari va asoratlarihaqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
endocrine glands, albuminuria, glucosuria, cylindruria, insulin, parhez, neyrodermiya, gomeostaz, albuminuriya, paratireoid bez, taxikardiya, endokrin bezlar, insulinoterapiya, glyukozuriya, polifagiya, enurez, paradontoz, gipoglikemiya, gipotoniya, giperglikemiya, retinit, polietiologik, poliuriya, silindruriya, polidepsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти