К содержанию
РецензированоUZ2025

INGLIZ TILINI O‘QISH ORQALI O’RGANISH: SAMARADORLIK VA METODLAR

VA METODLAR · Samatova Gulchehra Mirxaidovna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qish orqali o‘rganishning afzalliklari va samaradorligi yoritilgan. Tadqiqotda o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirish, grammatikani tabiiy ravishda o‘zlashtirish hamda madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirishdagi o‘qishning o‘rni ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada samarali o‘qish strategiyalari va ularni dars jarayonida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: ingliz tili, o‘qish malakasi, til o‘rganish, leksik rivojlanish, kontekstual o‘zlashtirish. Bugungi kunda ingliz tili xalqaro aloqa, fan, texnologiya va ta’limning muhim vositasiga aylangan. Ushbu tilda erkin muloqot qila olish, ko‘plab sohalarda muvaffaqiyat kalitidir. Ingliz tilini o‘rganishda turli yondashuvlar mavjud bo‘lsa-da, o‘qish (reading) eng samarali usullardan biri sifatida ajralib turadi. O‘qish til o‘rganayotgan kishiga boy leksik fonda muloqot qilish, grammatikani tabiiy holatda o‘zlashtirish va o‘qilgan matn asosida mustaqil fikr yuritish imkonini beradi. Axborot texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bir paytda, xorijiy tillarni egallash jamiyatning har bir a’zosidan zamonaviy ko‘nikmalarni talab qilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xorijiy tillarni chuqur o‘rganish va ularni amaliyotga joriy etish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Chet tillarini o‘rganish, odatda, to‘rtta asosiy til ko‘nikmasi — tinglab tushunish, o‘qish, yozish va og‘zaki nutq (gapirish)ni o‘z ichiga oladi. Ushbu Выпуск журнала №-28 Часть–1_Июнь –2025 49 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT aspektlarning har biri alohida yondashuv, metodika va mashqlar majmuasini talab qiladi. Aynan shu nuqtai nazardan olib qaraganda, ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) joriy qilish o‘quvchilarning til o‘rganishdagi faolligini oshiradi, o‘zlashtirish samaradorligini kuchaytiradi va ularni mustaqil ravishda ishlashga undaydi. Innovatsion texnologiyalar — xususan, interaktiv doskalar, mobil ilovalar, multimedia vositalari, onlayn platformalar (duolingo, quizlet, memrise va boshqalar) orqali til o‘rganish yanada qulay va qiziqarli tus olmoqda. O‘quvchilarning bilimini mustahkamlash, ko‘nikmalarini baholash uchun esa IELTS, TOEFL kabi xalqaro test tizimlari joriy etilmoqda. Bu testlar o‘quvchilarning har bir til kompetensiyasini aniq mezonlar asosida baholaydi. Shuningdek, chet tili o‘rganish jarayonida noan’anaviy metodlar — gamifikatsiya (o‘yin shaklidagi ta’lim), interfaol mashqlar, jamoaviy muhokama va roliklar asosida muloqotli muhit yaratish kabi usullar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Bu esa o‘quvchilarni darsga jalb etish, ularni fikrlashga, mustaqil izlanishga undash imkonini yaratadi. Ya’ni, chet tillarini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni interaktiv va samarali qilish bilan birga, chet tilini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llash malakasini ham shakllantiradi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarning til kompetensiyalarini xalqaro darajaga olib chiqishda muhim omil hisoblanadi. O‘qishning til o‘rganishdagi afzalliklari quydagilardan iborat:  So‘z boyligini kengaytirish  O‘qish orqali yangi so‘zlar kontekstda o‘zlashtiriladi, bu esa ularni eslab qolish va to‘g‘ri ishlatish imkonini oshiradi.  Grammatikani tabiiy o‘rganish  Matnlarni ko‘p o‘qigan o‘quvchi grammatik qoidalarni amaliy tarzda o‘zlashtiradi, chunki u turli grammatik konstruktsiyalarni real kontekstda uchratadi. Shuningdek, ingliz tilini o‘rganishda o‘qish (reading) ko‘nikmasi maktab o‘quvchilari uchun eng muhim til kompetensiyalaridan biri sanaladi. Chunki o‘qish Выпуск журнала №-28 Часть–1_Июнь –2025 50 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT orqali o‘quvchilar nafaqat tilning grammatikasi va so‘z boyligini o‘zlashtiradilar, balki atrof-muhit, jamiyat va umumiy madaniyat haqidagi bilimlarini ham kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, o‘qish bu oddiy faoliyat emas, balki axborotni anglash, qayta ishlash va tahlil qilish kabi murakkab kognitiv jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bu esa o‘quvchidan faollik, aqliy harakat va chuqur diqqatni talab qiladi. O‘qish paytida o‘quvchi to‘g‘ri strategiyalarni qo‘llasa, u matn mazmunini chuqurroq anglaydi va matn bilan muloqotda bo‘ladi. Bu esa til o‘rganish jarayonini samarali qiladi. Shu bois, o‘qish texnikasini shakllantirish bo‘yicha bosqichma- bosqich yondashuv talab etiladi. Ko‘p yillar davomida o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan turli usullar darsliklar va metodik qo‘llanmalarda qo‘llanilgan bo‘lsa-da, ko‘pincha bu jarayon yuzaki yondashuvlar bilan cheklangan. O‘qib tushunishga passiv ko‘nikma sifatida qaralgan: o‘quvchi matnni o‘qib chiqadi va tayyor savollarga javob beradi. Natijada o‘qish jarayoni aslida ijtimoiy-tarbiyaviy va semantik mohiyatga ega ekani inobatga olinmagan. Bu esa o‘quvchilarning mustaqil ravishda matn mazmunini anglashiga to‘sqinlik qilgan. O‘quvchilarning o‘qish malaka

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qish orqali o‘rganishning afzalliklari va samaradorligi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qish orqali o‘rganishning afzalliklari va samaradorligi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
til o‘rganish, kontekstual o‘zlashtirish., o‘qish malakasi, leksik rivojlanish, ingliz tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти