К содержанию
РецензированоUZ2025

ENDOSKOPIK TEKSHIRUVLAR VA ULARDA TIBBIYOT HAMSHIRASINING VAZIFALARI

HAMSHIRASINING VAZIFALARI · Abdulhamidova Xumora

Современное образование и развитие · 15-20 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada “Endoskopik tekshiruvlar va ularda tibbiyot hamshirasining vazifalari” haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar berilgan. Kalit so'zlar: bronxoskopiya, gastroduodenoskopiya, laparoskopiya, ezofagoskopiya, kolonoskopiya, sistoskopiya, rektoromanoskopiya ENDOSCOPIC EXAMINATIONS AND THE TASKS OF A NURSE IN THEM. Annotation: This article discusses “Endoscopic examinations and the tasks of a nurse in them” and provides important recommendations by the author. Keywords: bronchoscopy, gastroduodenoscopy, laparoscopy, esophagoscopy, colonoscopy, cystoscopy, rectoromanoscopy Tekshirishning endoskopik usullari muhim ahamiyatga ega. Ular faqat tashxisiy jihatdan emas, balki davo usuli sifatida ham qo’llanadi va ulardan bronx, qizilo’ngach, me’da va o’n ikki barmoq ichak, siydik chiqarish a’zolari kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Shisha tolali optika va yoritgich endoskop kashf etilishi bilan endoskopik tekshiruvlar ko’pchilik xastaliklarga tashxis qo’yishning asosiy usullaridan biri bo’lib qoldi. Endoskopik tekshiruvlar malakali shifokorlar tomonidan o’tkaziladi. Apparaturalarni maxsus o’rgatilgan tibbiyot hamshiralari kuzatib turadilar. Hamshira bemorni tekshiruvga tayyorlashdan tashqari, birmuncha Выпуск журнала №-28 Часть–1_Июнь –2025 63 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT murakkab bo’lgan apparaturani ishlata olishi va muolaja vaqtida uni tez muvofiqlashtirishni uddalashi kerak. Bronxlarni endoskopik tekshiruvga va gastroduodenoskopiyaga tayyorlash. Traxeya va bronxlarning ichki yuzasini maxsus asbob - bronxoskop yordamida tekshirish - bronxoskopiya deb ataladi. Diagnostik bronxoskopiya - traxeya va bronxlardagi xavfli o’smalar, yiringli kasalliklar, o’pka sili, yot jismlar va rentgenda aniqlashning iloji bo’lmagan moddalarni topish maqsadida qo’llanadi. Davolash maqsadida esa bronxoskopiyadan traxeya va bronxlardagi yot jismlarni, bronxlar ajratmalarini olib tashlash va dori vositalarini mahalliy qo’llashda foydalaniladi. Bronxoskop yoritish va optik tizimga ega metall naychalardan iborat. Asbobga qo’shimcha anesteziyalovchi eritmani kiritish moslamasi, bronxlarga eritmalarni kirgizish va suyuqliklarni bronxlardan so’rib olish naychalari, yot jismlarni chiqarish va biopsiya olish uchun qovuzloq, qisqichlar, paxta ushlagich va boshqalar bo’ladi. Tekshiruvgacha hamshira asbobning ushlagich va yoritgichini spirt bilan artadi, qo’shimcha moslamalarni sterillaydi va steril stolga asbobni to’liq holda tayyorlab qo’yadi. Muolaja mahalliy anesteziya yoki narkoz ostida olib boriladi. Mahalliy anesteziya dikain, kokain, trimekain, 10% li novakainni surtish, purkash yoki aspiratsiya qilish bilan amalga oshiriladi. Bronxoskopiya nahorga yoki yengil nonushtadan 2-3 soat o’tgach bog’lov yoki endoskopiya xonasida o’tkaziladi. Hamshira qo’llarini yuvib, spirt bilan artadi va shifokorga yordam berib, asboblarni uzatib turadi. Bronxoskopiyani o’tirgan yoki yotgan holda amalga oshirish mumkin. Muolaja paytida hamshira bemorning umumiy ahvolini kuzatib turadi. Bronxoskopiyadan so’ng asbob qismlarga ajratiladi, naychalarni, paxta ushlagich va boshqa ishlatilgan moslamalarni yuvib, artib qo’yiladi. Qizilo’ngach, me’da va o’n ikki barmoq ichak shilliq pardasini ko’zdan kechirish bir apparat - ezofagogastroduodenofibroskop bilan yagona usul bo’yicha olib boriladi. Ezofagogastroduodenofibroskop quyidagi qismlardan: 1) okular, boshqarish dastalari va tugmachalari bo’lgan boshchasi, me’daga turli asboblar Выпуск журнала №-28 Часть–1_Июнь –2025 64 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT (biopsiya qisqichlari, kateterlar, ignalar va b.) kiritish uchun klapani bo’lgan kanallarga kirish qismlari; 2) ishchi qism - diametri 8-12 mm, uzunligi 860-1200 mm li qayishqoq naycha va biriktiruvchi yoritgichdan iborat. Endoskopning distal uchi ikkita perpendikular tekisliklarda: oldindan orqaga 200°li burchak ostida va chapdan o’ngga 120°li burchak ostida egilishi mumkin. Kuzatuv darchasi yaqinida biopsiya uchun kiritiladigan asboblarning shaklini va yo’nalishini o’zgartirish imkonini beradigan manipulator o’rnatilgan kanal ochiladi. Havo kiritish va me’dadan suyuqlikni so’rib olish avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Tibbiyot hamshirasi hamma ichki qismlarni zararsizlash usullarini bilishi kerak. Tekshiruvdan oldin naycha 70% li spirtga ho’llangan salfetka bilan artiladi. Tekshiruvdan keyin endoskop kanalini qon, shilimshiq va boshqalardan tozalash uchun sovunli iliq suv bilan yuviladi. So’ngra quritish uchun havo yuboriladi va apparat yoritgichdan ajratiladi. Naychani sovunli eritmada yaxshilab yuviladi va iliq suv ostida chayiladi, so’ngra quruq latta bilan yaxshilab artiladi va 70% li spirt eritmasi bilan zararsizlantiriladi, suyultirilgan spirt va yuqori harorat endoskop qoplamasini yemirishi mumkin. Buni unutmaslik kerak. Deformatsiyaga yo’l qo’ymaslik uchun fibroskoplarni osib qo’yilgan, vertikal holda saqlash kerak. Biopsiya qisqichlari, inyeksion ignalar, kateterlar, poliplarni chiqarish uchun qovuzloqlar 1% li di

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada “Endoskopik tekshiruvlar va ularda tibbiyot hamshirasining vazifalari” haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada “Endoskopik tekshiruvlar va ularda tibbiyot hamshirasining vazifalari” haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bronchoscopy, gastroduodenoscopy, laparoscopy, kolonoskopiya, laparoskopiya, rektoromanoskopiya, bronxoskopiya, sistoskopiya, ezofagoskopiya, gastroduodenoskopiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти