К содержанию
РецензированоRU2025

QONUNLARNI QABUL QILISHDAGI VA IJRO ETISHDAGI QONUNCHILIK TIZIMIDAGI KAMCHILILKLAR

QONUNCHILIK TIZIMIDAGI KAMCHILILKLAR

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Законодательная система является основной опорой правового и социального развития любого государства. Однако существуют различные недостатки в процессах разработки, принятия и реализации законов, которые могут снизить социальную справедливость, верховенство закона и эффективность государственного управления. В данной статье анализируются основные недостатки законодательной системы Узбекистана, причины их возникновения и пути их устранения. Ключевые слова: законодательная система, правоприменение, правовые недостатки, принятие законов, механизмы правоприменения, правовой мониторинг, совершенствование законодательства. Har bir demokratik jamiyatning ustun tayanchi – bu qonun ustuvorligidir. Qonunlar fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlaydi, davlat boshqaruvi mexanizmlarini tartibga soladi va jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlaydi. Biroq, qonunlarni yaratish va ularni ijro etish jarayoni murakkab bo‘lib, bu tizimdagi Выпуск журнала №-28 Часть–1_Июнь –2025 134 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT kamchiliklar qonun ustuvorligini zaiflashtirishi, islohotlar samaradorligiga putur yetkazishi mumkin. Ushbu maqolada qonunlarni qabul qilishdagi va ularni ijro etishdagi tizimiy kamchiliklar tahlil qilinadi. Shuningdek, bu muammolarni bartaraf etish yo‘llari haqida fikr yuritiladi. Qonunlarni qabul qilish tizimidagi kamchiliklar Qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish – bu parlament yoki vakolatli organlar zimmasidagi eng muhim vazifalardan biridir. Biroq, ayrim holatlarda bu jarayonda quyidagi muammolar kuzatiladi: 1. Normativ-huquqiy hujjatlarning haddan ziyod ko‘pligi O‘zbekistonda oxirgi yillarda islohotlar tufayli ko‘plab yangi qonunlar, farmonlar va qarorlar qabul qilinmoqda. Biroq, ularning ayrimlari bir-biriga zid yoki takrorlanuvchi bo‘lib chiqmoqda. Bu esa amalda huquqiy chalkashliklarga sabab bo‘ladi va ijrochilarni noaniq holatga soladi. 2. Qonunlar sifatining pastligi Ba’zi qonunlar yuzaki ishlab chiqilgan, huquqiy texnika jihatidan nomukammal, tushunarsiz yoki ikki ma’noli iboralarni o‘z ichiga oladi. Bunday holatlar qonunni noto‘g‘ri talqin qilishga sabab bo‘lishi, adolatli qarorlar qabul qilinishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. 3. Jamoatchilik ishtirokining sustligi Ko‘plab qonun loyihalari keng jamoatchilik muhokamasisiz qabul qilinadi. Fuqarolik jamiyati institutlarining, ekspertlarning, sohaga oid mutaxassislarning fikri inobatga olinmaydi. Natijada, real hayotga mos kelmaydigan, amaliyotdan uzoq qonunlar yuzaga keladi. 4. Siyosiy manfaatlar ta’siri Ba’zan qonunlar ayrim guruh yoki shaxslarning siyosiy, iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish uchun ishlab chiqiladi. Bu esa qonunlar tenglik va adolat tamoyillariga zid ravishda ishlab chiqilishiga sabab bo‘ladi. 5. Monitoring va tahlilning sustligi Выпуск журнала №-28 Часть–1_Июнь –2025 135 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Qonunlar qabul qilingandan keyin ularning ijrosi, amaliy samarasi doimiy monitoring qilinmaydi. Qaysi qonunlar ishlamoqda, qaysilari esa samarasiz ekani aniq statistik va ilmiy tahlillarsiz qoladi. Qonunlarni ijro etishdagi kamchiliklar Qonunlarni qabul qilish muhim bo‘lsa-da, ularni to‘g‘ri va samarali ijro etish bundan-da muhimdir. Amalda quyidagi muammolar mavjud: 1. Ijrochilarning malakasi yetarli emasligi Ko‘plab ijro organlarida, ayniqsa quyi bo‘g‘inlarda huquqiy bilim darajasi past, qonunchilikdagi o‘zgarishlardan xabardor emaslik holatlari kuzatiladi. Bu esa qonunlarning noto‘g‘ri qo‘llanilishiga olib keladi. 2. Korruptsiya va manfaatlar to‘qnashuvi Ayrim hollarda qonunlar ijrosi davrida mansabdor shaxslar tomonidan korruptsion harakatlar sodir etiladi. Bu esa qonun ustuvorligini zaiflashtirib, fuqarolarda adolatsizlik tuyg‘usini kuchaytiradi. 3. Ijro mexanizmlarining zaifligi Ba’zi qonunlar amaliyotda qanday ishlashi bo‘yicha aniq mexanizmlarga ega emas. Tegishli yo‘riqnomalar, nizomlar va tartiblar ishlab chiqilmagani uchun qonunlar qog‘ozda qoladi. 4. Fuqarolarning huquqiy ongining pastligi Qonunlarni ijro etishda fuqarolarning huquqiy bilim va madaniyati muhim o‘rin tutadi. Afsuski, keng jamoatchilik qonunlar bilan tanish emas, ularni buzmaslik yoki to‘g‘ri qo‘llashga e’tibor bermaydi. Bu esa qonunlarning ijtimoiy hayotdagi rolini cheklaydi. 5. Nazorat va javobgarlikning sustligi Qonun ijrosi ustidan tegishli nazorat mexanizmlari zaif bo‘lsa, qonunlarning buzilishi oqibatsiz qoladi. Shu bois qonunlarga nisbatan hurmatsizlik kuchayadi va huquqiy nihilizm rivojlanadi. Taklif va xulosalar Yuqoridagi muammolarni hisobga olib, qonunlarni qabul qilish va ularni ijro etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin: Выпуск журнала №-28 Часть–1_Июнь –2025 136 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Huquqiy monitoring va audit tizimini joriy etish: Har bir qonunning ijrosini o‘rganish, baholash va kerak bo‘lsa, o‘zgartirishlar kiritish tizimi yo‘lga qo‘yilishi kerak. Jamoatchilik ishtirokini kengaytirish: Qonun loyihalari internet orqali keng muhokamaga qo‘yilishi, ekspertlar, fuqarolar va NNTlar f

Доказательный фрагмент

«Законодательная система является основной опорой правового и социального развития любого государства.»

Образец извлечения

Демо-превью

Законодательная система является основной опорой правового и социального развития любого государства. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
legislative system, law enforcement, legal shortcomings, law, qonun ijrosi, ijro etish mexanizmlari, huquqiy monitoring, qonunchilikni takomillashtirish., qonunchilik tizimi, huquqiy kamchiliklar, qonun qabul qilish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники