К содержанию
РецензированоUZ2025

DAVOLOVCHI PARHEZ STOLLARINING AHAMIYATI

Nuriddinova Muxlisaxon

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

ushbu maqolada davolovchi parhez stollarini ahamiyati yoritilgan bo’lib, mazkur masala yuzadidan muallif tomonidan shaklllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tafsiyalar o’z ifodasini topgan. Kalit so’zlar: gastrit, enterit, enterokolit, qabziyat, gepatit, xolesistit, semizlik, nefrit, piyelonefrit, o’n ikki barmoqli ichak yarasi. THE IMPORTANCE OF THERAPEUTIC DIETARY TABLES Annotation: This article discusses the importance of therapeutic dietary tables, and the scientific proposals and practical recommendations formulated by the author on this issue are reflected. Keywords: gastritis, enteritis, enterocolitis, constipation, hepatitis, cholecystitis, obesity, nephritis, pyelonephritis, duodenal ulcer. Parhez № 1 a Ko'rsatma: oshqozon va o'n ikki barmoq ichak yarasi kasalliklari xurujining 1-8-kuni. O'tkir va surunkali gastritning 1-2- kuni uchun. Xususiyatlari: oshqozon va o'n ikki barmoq ichakning kimyoviy va mexanik himoyasini ta'minlaydi. Barcha ovqat, iloji boricha, suyuq holda bo'lishi, bir kecha-kunduzda 6—7 marta berish, ovqat vazni 2,5 kg atrofida bo'lishi kerak. Oziq va taomlar xili: suli-yormali sho'rva, sariyog' va zaytun yog'i, maydalab ezilgan va bo'tqa holiga keltirilgan sabzavotlar, yog'siz go'sht va baliq, manniy bo'tqasi. Chala pishirilgan tuxum, tvorog, na'matak damlamasi, suvuq choy. Выпуск журнала №-28 Часть–1_Июнь –2025 154 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Man etiladi: o'simlik klelchatkasiga boy sabzavotlar va mevalar, qavnatma sho'rva, non va un mahsulotlari, qatiq va shunga o'xshash sut mahsulotlari, ziravor, kofe; kakao. Parhez № 1 b Ko'rsatma: oshqozon va o'n ikki barmoq ichak yarasi xurujining 15—20- kuni. O'tkir gastritning 2—3- kuni uchun. Xususiyatlari: oshqozon va o'n ikki barmoq ichak shilliq qavatining No 1 a parhcziga nisbatan o'rtacha himoyalaydi (mexanik, kimyoviy, termik jihatdan): barcha ovqatlar yarim va bo'tqasimon ko'rinishda. Ovqat qabul qilish bir kecha- kunduzda 6-7 marta, ratsion og'irligi 2,5—3 kg gacha, tuz miqdori 8—10 g. Oziq va taomlar xili: No 1 a parhezi oziq va taomlari, shuningdek, yupqa kesib tayyorlangan qotgan oq non (75-100 g), go'sht yoki baliqning bug'da pishirilgani (kuniga 1-2 marta), guruc, arpa, suli yormasi. Suli bo'tqa va sho'rva, kisel, suv bilan suyultiriladigan shakarli sharbatlar, yaxshilab ezilgan sabzavot bo'tqalari, shirin mevalardan tayyortangan jem. Parhez № 1 Ko'rsatma: kuchli sekretsiyali, surunkali gastritning o'tkir davri, surunkali oshqozon va o'n ikki barmoq ichak yarasi kasalligining tuzalish davri. Xususiyatlari: oshqozon va o'n ikki barmoq ichak shilliq qavatini bir me'yorda himoyalaydi (mexanik va kimyoviy jihatdan); ovqatlar qaynatilgan va eziltirilgan holda. Ovqat qabul qilish kuniga 5-6 marta. ratsion og'irligi 3 kg, tuz miqdori 8- 10 Oziq va taomlar xili: bir kun oldin pishirilgan va qotirilgan oq va qora non, biskvit. Yaxshilab qaynatib va eziltirib pishirilgan yorrna, maydalangan va eziltirilgan sabzavotlar qo'shib tayyorlangan sutli sho'rva. Bug'da pishirilgan go'sht yoki baliqli kufta, qaynatilgan yoki bug'da pishirilgan baliq, tovuq go'shti. Sabzavot bo'tqalari, qaynatib yoki bug'da tayyorlangan bo'tqalar. Chala pishirilgan tuxum yoki bug'da pishirilgan omlet. Shirin mevalar va ulardan tayyorlangan sharbatlar, shakar, Выпуск журнала №-28 Часть–1_Июнь –2025 155 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT asal, murabbo, dimlangan olma, kisel. muss, jele. Sut, qaymoq, yangi yog'siz suzma, choy, kakao, sulchoy, na'matak qaynatmasi. Tuzsiz sariyog', o'simlik moyi. Yaxshi hazm bo'lmaydigan o'simlik kletchatkasi, qaynatma sho'rvadan tiyilgan ma'qul. Ziravor, achchiq kofe, qattiq pishirilgan tuxum, qo'ziqorin mumkin emas. Parhez № 2 Ko’rsatma: yetarlicha shira ishlab chiqarilmaydigan (gipoatsid) surunkali gastrit, o'tkir gastrit, enterit, rekonvalessensiya davridagi kolit. Xususiyatlari: mexanik himoyalovchi, lekin oshqozon sekretsiyasini kuchaytiruvchi parhez. Qaynatilgan, dimlangan, ozroq qovurilgan ovqatlar, bir kecha-kunduzdagi tuz miqdori 15g gacha. Oziq va taomlar xili: bir kun oldin pishirilgan oq non, qotgan non, haftasiga 1-2 marta oshirilmagan xamirdan tayyorlangan pishiriqlar. Go'sht va baliqli qaynatmalardan tayyorlangan sabzavot va yormali sho'rva. Qaynatilgan, dimlangan, bug'da pishirilgan, biroz qovurilgan, yog'siz mol go'shti, tovuq go'shti, qaynatilgan yoki bug'da pishirilgan yog'siz baliq. Pomidor. qaynatilgan, dimlangan va eziltrib tayyorlangan kartoshka, qizil lavlagi, sabzi. Meva va meva qoqilaridan tayyorlangan kompot, kisel, muss. Meva va sabzavot sharbatlari, dimlangan olma, behi, marmelad, qand. Sut, atsidofillin, qatiq, yangi suzma, pishloq, qaymoq. Go'shtli, baliqli va sabzavotlar qo'shilgan souslar. Lavr yaprog'i, vaoilin, sut qo'shilgan choy, kofe, kakao. O'simlik moyi va sariyog'. Qattiq pishirilgan tuxum, qovurilgan omlet. Qo'ziqorin, mosh, loviya, tariq, jo'xori, no'xat man etiladi. Parhez № 3 Ko'rsatma: qabziyat bilan kechuvchi surunkali ichak kasalliklari (o'tkir va remissiya davrida). Xususiyatlari: ov

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada davolovchi parhez stollarini ahamiyati yoritilgan bo’lib, mazkur masala yuzadidan muallif tomonidan shaklllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tafsiyalar o’z ifodasini topgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada davolovchi parhez stollarini ahamiyati yoritilgan bo’lib, mazkur masala yuzadidan muallif tomonidan shaklllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tafsiyalar o’z ifodasini topgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
gastritis, enteritis, enterocolitis, constipation, hepatitis, gepatit, enterokolit, nefrit, piyelonefrit, qabziyat, enterit, gastrit, semizlik, o’n ikki barmoqli ichak yarasi., xolesistit
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники