Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NAMLIK DATCHIGI YORDAMIDA SUG’ORISH JARAYONINI AVTOMATLASHTIRISH
Assisten: Erkinov Shahboz Namoz o’g’li · Talaba: Abdullayev Otabek Safaroliyevich · Ассистент: Эркинов Шахбоз Намоз оглы · БУХАРСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ ТЕХНИЧЕСКИЙ · Студент: Абдуллаев Отабек Сафаролиевич (УНИВЕРСИТЕТ) · БУХАРСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ ТЕХНИЧЕСКИЙ (УНИВЕРСИТЕТ)
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
The article develops the structure of an automated system for remote control of the irrigation process. The following tasks are solved in the work: modern automated methods for controlling the technological process of irrigation are studied and proposed; the parameters controlled in the automated system are determined; the measuring instruments necessary for controlling and regulating the parameters are studied and their characteristics are selected; functional and structural schemes of an automated system for remote control of the irrigation process are developed. Keywords: Reservoir, reservoir, pump, thermocouple, nitrogen, phosphorus, potassium, level Sug’orish jarayonni funksional sxemasi Выпуск журнала №-28 Часть–1_Июнь –2025 287 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Hozirgi kunda asosiy ustuvor yoʼnalishlaridan biri tabiiy resurslardan samarali foydalanish, sabzavot ekinlarini yetishtirishda innovatsion texnologiyalarni qoʼllash hamda mahsulotlar assortimenti hamda hajmini oshirishga qaratilgan. Bu jarayonda bodringni ochiq yerlarda sug’orish jarayonini tanlab oldik va kerakli parametrlarini o’rganib chiqdik. Bodring tuproq hamda havo namligiga juda talabchan. Chunki uning yer ustki qismi kuchli rivojlangan boʼlib, ildiz tizimi kuchsiz oʼsadi, shu sabab oʼsimlikni oʼsish davrida suv bilan yaxshi taʼminlay olmaydi. Tuproqning eng qulay namligi oʼsimlikning rivojlanishiga qarab 70-80%, havoning nisbiy namligi esa 70- 85% boʼlishi maqsadga muvofiq. Bodring suvga talabchanligi sababli uni tez-tez sugʼorib turish zarur. Bahorda ekilgan bodringning hosil toʼplash va oʼsuv davri odatda kechkisiga qaraganda uzoqroq davom etadi. Ekinning naychalash – hosil toʼplash davri yozning issiq paytiga toʼgʼri keladi. Har qaysi fazada har xil miqdorda suv talab qilishi, harorat sharoitini eʼtiborga olib, sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda bahorda ekilgan bodring har 7-8 kunda sugʼorib turiladi. Hosil toʼplash davri boshlanishi bilanoq ekin tez-tez, yoppasiga hosilga kirganda esa har qaysi terimdan keyin, yaʼni kamida 2-3 kun oralatib sugʼoriladi. Аna shunday qilinganda sizot suvi chuqur maydonlarda ertagi bodringga oʼsuv davrida 16-18, yuza yerlarda esa kamroq, 9-11 marta suv beriladi. Iyunning oxiri – iyulning boshlarida ekilgan kechki bodringning oʼsish davri nisbatan qisqa boʼladi. Oʼsish davrining boshlanishi yozning issiq paytiga, hosil toʼplash davri esa kuzgi salqin tushgan vaqtga toʼgʼri keladi. Shuning uchun kechki bodring oʼsish davrida bir meʼyorda, yaʼni har 6-7 kunda sugʼorib turiladi. Bodring urugʼi yerga ekilishi bilan ketma-ket sugʼoriladi, bunga qoʼshimcha qilib yana urugʼ suvi ham beriladi. Shunda maysalar barvaqt va qiygʼos koʼkaradi. Kechki bodring oʼsish davrida sizot suvi chuqur yerlarda 10-11, yuza joylarda esa 8-9 marta sugʼoriladi. Sugʼorish meʼyori meva tukkuncha gektariga 500-600 m³, hosilni yigʼishtirib olish paytida esa 400-500 m³ ni tashkil etadi. Выпуск журнала №-28 Часть–1_Июнь –2025 288 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Bodring yetishtirishda boʼz tuproqlarda gektariga 20 tonna goʼng bilan azotli oʼgʼitlardan sof holda 150 kg, fosforli 100 kg va kaliyli oʼgʼitdan 75 kg berish tavsiya etiladi. Sug’orish jarayonini boshqarishda tomchilatib sug’orish jarayonini tanladik. Tomchilatib sug’orish bu suvni tuproq satxi va o’simlikka maxsus mashina qurilma va agregatlar yordamida suniy yomg’ir shaklida yetkazib berishdir. 1-rasm Yomg’irlatib sug’orish jarayoni funksional sxemasi Nasos I orqali kelgan suv suv rezervuariga yig’iladi shu vaqtni o’zida nasos II yordamida goʼng bilan azotli oʼgʼitlardan sof holda hamda fosforli va kaliyli oʼgʼit mineral o’g’it aralashmalari rezervuarga suv bilan aralashadi. Nasos III yordamida harorat sharoitini eʼtiborga olib ekilgan bodring har 7-8 kunda sugʼorib turiladi. Hosil toʼplash davri boshlanishi bilanoq ekin tez-tez, yoppasiga hosilga kirganda esa har qaysi terimdan keyin, yaʼni kamida 2-3 kun oralatib forsunkalar orqali sugʼoriladi. Sug’orish jarayoni ekinlarning suvga talabchanligini e’tiborga olgan holda ham ya’ni tuproq namligiga qarab amalga oshiriladi. Выпуск журнала №-28 Часть–1_Июнь –2025 289 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Avtomatlashtirilgan jarayon funksional sxemasining tasnifi. 2-rasm. Jarayonni avtomatlashtirilgan funksional sxemasi va tasnifi Sug’orish jarayonini avtomatlashtirish mikrokontroller yordamida boshqarish quydagicha amalga oshiriladi. 1-1, 2-1, 3-1 pozitsiyadagi namlik o’lchagichlar namlikni o’lchaydi. Tuproqning eng qulay namligi oʼsimlikning rivojlanishiga qarab 70-80% dan tushib ketgan hollarda nasos III ishga tushadi 2,4,6-pozitsiyadagi ijro mexanizmlari 4-1, 5-1, 6-1 pozitsiyadagi sarf o’lchagichlarga bo’g’liq holda ishga tushadi. Suvning sarfi gektariga 500-600 m³ ga yetganda nasos III avtomatik ravishda o’chadi va 2,4,6-pozitsiyadagi ijro mexanizmlar yopiladi. Nasos III ning temperaturasi 7-1 pozitadagi termopara orqali nazorat qilinadi. Asosiy rezervuardagi suv sathini 8-1 pozitsiyadagi sath o’lchagich muntazam o’lchab tura
Доказательный фрагмент
«The article develops the structure of an automated system for remote control of the irrigation process.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article develops the structure of an automated system for remote control of the irrigation process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Reservoir, reservoir, pump, thermocouple, nitrogen, phosphorus, termopara, azot, Rezervuar, kaliy, sath, nasos, fosfor, boʼz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025