К содержанию
РецензированоUZ2025

O’TKIR HOSHIMOVNING “DUNYONING ISHLARI” ASARIDA HAYOTIY HAQIQAT VA INSONIYLIK TIMSOLLARI

o’qituvchisi Qanoatova Nazokat Sotvoldi qizi (“University of economics and pedagogy” NOTM,) · Jasmina Olimova (“University of economics and pedagogy” NOTM,) · Kalit so’zlar: O’tkir Hoshimov (“University of economics and pedagogy” NOTM talabasi) · Dunyoning ishlari,insoniylik,hayot (“University of economics and pedagogy” NOTM talabasi)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari badiiy tahlil qilinadi.Asarda aks etgan ijtimoiy muhit,insoniy qadriyatlaar va hayotga bo’lgan falsafiy yondashuvlar muhokama qilinadi.Muallif o’ziga xos uslub orqali oddiy insonlar taqdirini,ularning ichki dunyosini va ijtimoiy hayotdagi o’rni haqida chuqur fikr yuritadi.Maqolada asarning zamonaviy o’quvchi uchun dolzarbligi va uning tarbiyaviy ahamiyati yoritilgan. Kalit so’zlar: O’tkir Hoshimov, Dunyoning ishlari,insoniylik,hayot haqiqatlari,badiiy tahlil,axloqiy qadriyatlar,ijtimoiy muammo. Kirish:O’tkir Hoshimov o’z ijodi orqali o’zbek adabiyotining yuksalishiga katta hissa qo’shgan yozuvchilardan biridir.Uning “Dunyoning ishlari”asari inson hayoti,qadriyatlar va jamiyatdagi muammolar haqida chuqur falsafiy mulohazalar bilan boyitilgan.Asarda hayotning oddiy,ammo chuqur ma’noga ega tomonlari tasvirlanadi.Mazkur maqolada yozuvchi ijodining ana shu muhim asari orqali hayot haqiqatlarini qanday aks ettirgani tahlil qilinadi. Asosiy qism Adabiy tahlil nazariyasida realizm yo’nalishi inson hayotini boricha, ijtimoiy, axloqiy, ruhiy muammolar bilan birga tasvirlashga intiladi.O’tkir Hoshimov ijodi aynan shu yo’nalishda shakllangan.Uning asarlarida ijtimoiy ong,xalqning ruhiy holati,axloqiy qadriyatlar va milliy o’zlik masalalari markazda turadi. Выпуск журнала №-28 Часть–2_Июнь –2025 29 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT “Dunyoning ishlari” asarida bu nazariy yondashuv kuchli tarzda aks etadi.Unda faqat individual hayot emas,balki jamiyatdagi umumiy holat,avlodlararo munosabatlar,ma’naviy qadriyatlarning buzilishi kabi muammolar ochib beriladi.Yozuvchining tili oddiy, xalqchil va hayotga yaqin bo’lib,bu orqali u o’quvchi qalbiga bemalol yo’l topa oladi.U asarlari orqali didaktik(o’rgatuvchi)ruhni ham saqlab qolgan holda,fikrlarni mustaqil tahlil qilishga undaydi. ” Dunyoning ishlari”asari o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy-psixologik hikoya bo’lib,unda hayotiy voqelikni va inson ruhiyati bir butun tarzda tasvirlanadi. Tahlil va muhokamalar: “Dunyoning ishlari”asarida asosiy e’tibor insonning ichki dunyosiga qaratilgan.Muallif voqealar rivojidan ko’ra,insoniy fazilatlarning ochilishini,ahloqiy qadriyatlarning ustuvorligini targ’ib qiladi.Asardagi obrazlar hayotdan olingan bo’lib,ular orqaligina yozuvchi hayotning murakkab,ko’p qirrali manzarasini yaratadi. Qahramonlar tahlili:Asarda bosh qahramon-muallif tilidan hikoya qiluvchi shaxs(yoki muallif o’zi)orqali ko’plab hayotiy holatlar yoritiladi.U otasi-bir umr halol mehnat qilib yashagan,hayotini jiddiy qabul qilgan,so’zda emas,amalda odobni,sadoqatni,mehnatni targ’ib qilgan odamning hayot yo’lini eslaydi.uning dunyoqarashi orqali o’quvchi oila qadri, ota-onaga hurmat,mehnatsevarlik kabi tushunchalarni qayta anglaydi. Asardagi asosiy g’oya va muammo:”Dunyoning ishlari”hayotdagi adolat,insoflilik,haqiqatga sodiqlik,odob-axloq,oila va jamoat oldidagi burch kabi masalalarni qamrab oladi.Hoshimov bugungi zamon kishisining ichki olamine ochishda o’ta mahurat bilan yondashadi.u hayotni ideallashtirmaydi,aksincha,muammolarni,o’zgaruvchan holatlarni boricha ifodalaydi.Masalan,farzand va ota-ona munosabatlaridagi sovuqlik,yoshlarning qadriyatlarni unutayotgani haqida yozuvchi afsus bilan yozadi. Bundan tashqari,yozuvchi jamiyatdagi adolatsizlik,ikkiyuzlamachilik,ochko’zlik kabi illatlarni ham fosh etadi.Shu bilan Выпуск журнала №-28 Часть–2_Июнь –2025 30 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT birga,u umidni,hayotga ishonchni saqlab qoladi.”Duny yomon emas,uni yomon qilayotgan-biz o’zimiz,”degan g’oya asar mag’zini tashkil etadi. Natijalar: “Dunyoning ishlari”asari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.U insoniy qadriyatlar,axloqiy me’yorlar va hayotdagi muhim tanlovlar haqida o’ylashga majbur qiladi.asar yosh avlodga tarbiyaviy jihatdan katta ta’sir ko’rsatadi.O’tkir Hoshimovning real hayotga bo’lgan munosabati,oddiy odamlar hayoti orqali berilgan ibratli saboqlar asarni abadiy qadrlarga aylantiradi. Xulosa Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari oʻzbek adabiyotida insoniylik, ma’naviyat va hayotiy haqiqatni chuqur badiiy tahlil etgan muhim asarlardan biridir. Muallif ushbu asar orqali o‘quvchini insoniy qadriyatlar haqida chuqur o‘ylantirishga, o‘z vijdoni bilan yuzma-yuz kelishga undaydi. Yozuvchining realizm asosidagi badiiy yondashuvi, xalqchil uslubi va samimiy tili asarni oʻquvchiga yaqinlashtiradi. Asarda tasvirlangan obrazlar, xususan ota obrazi orqali mehnatsevarlik, sabr- toqat, halollik, vijdon kabi fazilatlar targ‘ib qilinadi. Jamiyatdagi axloqiy muammolar, insonlar orasidagi sovuqlik, moddiy manfaat ustuvor bo‘layotgan bir paytda muallifning hayotiy saboqlarga boy asari bizga ruhiy tayanch, ma’naviy saboq bo‘lib xizmat qiladi. Yozuvchi hayotni barchamiz birgalikda yaratishimiz, jamiyatdagi har bir inson oʻz harakati, qarori, odobi bilan dunyodagi yaxshilik va yomonlikka ta’sir qilishi mumkinligini teran falsafiy mazmunda ochib beradi. Asar har bir o‘quvchini o‘z hayotiga, o‘z insoniyligiga nazar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari badiiy tahlil qilinadi.Asarda aks etgan ijtimoiy muhit,insoniy qadriyatlaar va hayotga bo’lgan falsafiy yondashuvlar muhokama qilinadi.Muallif o’ziga xos us…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari badiiy tahlil qilinadi.Asarda aks etgan ijtimoiy muhit,insoniy qadriyatlaar va hayotga bo’lgan falsafiy yondashuvlar muhokama qilinadi.Muallif o’ziga xos us… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Dunyoning ishlari, badiiy tahlil, hayot haqiqatlari, insoniylik, axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy muammo., O’tkir Hoshimov
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти