Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INSON YURAK-QON TOMIR TIZIMINING MIKROMORFOLOGIYASI VA UNING PATOFIZIOLOGIK O‘ZGARISHLARI (MASALAN, GIPERTONIYA VA ATEROSKLEROZDA MORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR)
ATEROSKLEROZDA MORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR) · Abu Ali ibn Sino nomidagi · Davronov Ulug‘bek To‘lqinovich (Buxoro davlat tibbiyot instituti anatomiya,) · Davronov U.T. (Bukhara State Medical Institute named after Abu Ali ibn Sina)
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
В данной статье рассматриваются микроморфология сердечно-сосудистой системы человека, ее структурные особенности, а также патологические изменения, происходящие при гипертонии и атеросклерозе. Анализируются микроскопические изменения сосудов и сердечной ткани, их клиническое значение и диагностические возможности. Ключевые слова: сердечно-сосудистая система, микроморфология, гипертония, атеросклероз, эндотелий, бляшка. Yurak-qon tomir tizimi inson organizmida qon aylanishini ta’minlovchi asosiy tizimlardan biri bo‘lib, uning to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishi hayotiy muhim ahamiyatga ega. Mikromorfologik jihatdan yurak va qon tomirlari murakkab tuzilishga ega bo‘lib, ularning har bir qatlami maxsus funksiyaga ega. Qon tomirlarining devori uchta qatlamdan iborat: tunica intima (ichki qatlam), tunica media (o‘rta qatlam) va tunica adventitia (tashqi qatlam). Endoteliy hujayralari Выпуск журнала №-28 Часть–2_Июнь –2025 49 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ichki qatlamni tashkil qilib, qonning silliq harakatini ta’minlaydi. Tunica media esa asosan silliq mushak hujayralaridan iborat bo‘lib, qon tomirlarning tonusini ushlab turadi. Yurak-qon tomir tizimining normal mikromorfologik tuzilishini o‘rganishda zamonaviy metodlardan, xususan, immunogistokimyo, elektron mikroskopiya, konfokal mikroskopiya kabi ilg‘or texnologiyalar qo‘llanilmoqda. Bu usullar endoteliy hujayralarining sirt antigenlarini aniqlash, hujayra ichidagi signal yo‘llarini o‘rganish, silliq mushak hujayralarining fenotipik o‘zgarishlarini baholash imkonini beradi. Patomorfologik jihatdan gipertoniya jarayonida arteriyolalarda 'gialin dejeneratsiya', 'fibrinoid nekroz' kabi o‘zgarishlar kuzatiladi. Bu holatlar qon bosimining doimiy ortiqcha bo‘lishi va endoteliy hujayralarining shikastlanishiga olib keladi. Aterosklerotik blyashkalar esa yallig‘lanishli jarayonlar bilan kechib, makrofaglar, T-limfotsitlar va hujayra chiqindilari ishtirolida shakllanadi. Shuningdek, aterosklerozda blyashka yorilishi yoki tromb hosil bo‘lishi yurak infarkti yoki insult kabi og‘ir holatlarga sabab bo‘ladi. Blyashka yuzasi notekis bo‘lsa, trombotsitlar agregatsiyasiga olib kelib, tromboz xavfini kuchaytiradi. Shu sababli, aterosklerozni erta aniqlash va yallig‘lanish belgilarini baholash kasallik oqibatlarini kamaytirishda muhimdir. Gipertoniya kasalligida asosiy o‘zgarishlar qon tomirlarining o‘rta va ichki qatlamlarida kuzatiladi. Endoteliy hujayralari zararlanadi, natijada vazodilatatsion va antikoagulyatsion funksiyalar buziladi. Arteriolalarning devori qalinlashadi, elastik tolalar parchalanadi, bu esa qon bosimining doimiy yuqori bo‘lishiga olib keladi. Aterosklerozda esa asosiy morfologik o‘zgarishlar arteriyalarning tunica intima qismida sodir bo‘ladi. Endoteliy ostiga lipidlar to‘planadi, bu blyashkalar hosil bo‘lishiga olib keladi. Blyashka markazida xolesterin va lipid birikmalari to‘planib, fibroz qobiq bilan o‘raladi. Ushbu blyashkalar qon oqimini cheklaydi, yurak ishemik kasalliklari va miokard infarktining asosiy sababi hisoblanadi. Выпуск журнала №-28 Часть–2_Июнь –2025 50 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Ushbu patologik o‘zgarishlarni mikroskopik tekshiruvlar orqali erta aniqlash, kasalliklarni diagnostika qilishda va profilaktika choralarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Yurak-qon tomir tizimining fiziologik va histologik xususiyatlari Yurak-qon tomir tizimi yurak va qon tomirlaridan tashkil topgan bo‘lib, ularning funksional uyg‘unligi butun organizmning hayotiy faoliyatini ta’minlaydi. Yurak uchta asosiy qatlamdan tashkil topgan: endokard (ichki), miyokard (mushak qavati), va epikard (tashqi). Miyokard – yurakning asosiy qisqaruvchi qismi bo‘lib, uni tarkib to‘ldiruvchi kardiomiositlar orqali yurak harakatlanadi. Kardiomiositlar uzun, bir yoki ikki yadroli, sarkomerlar tarkibida joylashgan aktin va miozin filamenti orqali qisqaradi. Yurak mushaklarining o‘ziga xos xususiyati – interkalyar disklar orqali hujayralararo elektr impulslarning uzluksiz tarqalishidir. Bu disklar desmosoma, gap junction va adherens junctiondan tashkil topgan bo‘lib, kardiomiositlarni birlashtiradi. Gipertonik kasallikdagi mikromorfologik o‘zgarishlar Gipertoniya – uzoq davom etuvchi arteriyal bosimining ortishi bilan kechadigan kasallik bo‘lib, u qon tomirlarining strukturaviy o‘zgarishlariga olib keladi. Dastlabki bosqichlarda arteriolalarda gialin dejeneratsiyasi kuzatiladi. Bu holatda plazma oqsillari endoteliy orqali tomir devoriga chiqib, gialin modda sifatida yig‘iladi. Natijada arteriya devori qalinlashadi, lümeni torayadi. Yuqori bosim uzoq muddat davom etgan hollarda, fibrinoid nekroz rivojlanadi. Bu holat tomir devorining nekrozlanishiga olib kelib, aterosklerotik blyashkalar hosil bo‘lishiga zamin yaratadi. Shuningdek, yurakning chap qorinchasida konsentrik gipertrofiya kuzatiladi, bu esa yurakning o‘z faoliyatini saqlab qolish uchun adaptiv mexanizmdir. Aterosklerozdagi histopatologik o‘zgarishlar Ateroskleroz – katta va o‘rta kalibrli arteriyalarda lipidlar, xole
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются микроморфология сердечно-сосудистой системы человека, ее структурные особенности, а также патологические изменения, происходящие при гипертонии и атеросклерозе.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются микроморфология сердечно-сосудистой системы человека, ее структурные особенности, а также патологические изменения, происходящие при гипертонии и атеросклерозе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cardiovascular system, microstructure, hypertension, бляшка., сердечно-сосудистая система, endoteliy, blyashka., ateroskleroz, микроморфология, mikromorfologiya, plaque., атеросклероз, эндотелий, atherosclerosis, yurak-qon tomir tizimi, endothelium, гипертония, gipertoniya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025