Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTONNING DAVLAT BUDJETI, DAROMADLARI VA XARAJATLARI (2023-2024 yillar misolida)
H.A.Mamarasulova · Y.P.Urunbayeva
Современное образование и развитие · 472-475 · 2023
Аннотация
This article analyzes the structure of revenues and expenditures of the state budget of the Republic of Uzbekistan for 2023 and 2024, their composition and economic significance, based on reliable sources. The article also analyzes the country's financial stability, social and economic directions of budget policy based on the parameters of the state budget. Keywords: state, budget, income, expenditure, deficit, fiscal policy, economy. KIRISH. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari mamlakat Yalpi ichki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlashning umumiy jarayonidagi muhim tarkibiy elementlardan biri hisoblanadi. Ular oraliq iqtisodiy xarakterga ega bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan daromadlar hamda jamg‘armalarning ma’lum qismini davlat byudjetiga yo‘naltirish orqali shakllanadi. Byudjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan mazmunini davlat tasarrufiga tushgan pul mablag‘lari tashkil etadi. Ushbu moliyaviy kategoriyaning ifodalanish Выпуск журнала №-28 Часть–2_Июнь –2025 63 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT shakli byudjetga tushadigan turli xil soliqlar, majburiy to‘lovlar, yig‘imlar, bojxona to‘lovlari hamda boshqa ajratmalar orqali namoyon bo‘ladi. Yuqoridagi ma’lumotlarni ijrosi maqsadida 2023-yilning 16-martida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirish, byudjet xarajatlarini optimallashtirish, byudjet intizomi va ochiqligini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 3-moddasida davlat budjeti tushunchasiga aniq ta’rif berilgan bo‘lib, unga ko‘ra, davlat budjeti — bu davlatning asosiy vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul jamg‘armasidir.[1] Mazkur ta’rifdan kelib chiqib aytish mumkinki, budjet iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning bir yillik daromadlari va xarajatlarini o‘zida aks ettiradi. Moliya yili doirasida ushbu daromadlar va xarajatlar oldindan rejalashtiriladi hamda qonuniy asosda tasdiqlanadi. Ularning amalda bajarilishi esa budjet munosabatlarini vujudga keltiradi va moliyaviy boshqaruvning muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Mavzu bo’yicha adabiyotlar tahlili. Davlatning fiskal siyosati iqtisodiy rivojlanish va aholi turmush darajasiga ta’sirini muvofiqlashtirshi zarur. Chunki, budjet faqat mablag‘larni markazlashtirish, ularni to‘plash, jamg‘arishgina emas, balki to‘plangan moliyaviy resurslarni oqilona sarflashni ham o‘zida ifodalaydi. Buning samaradorligi esa davlat budjetiing xarajalari tizimida o‘zining ifodasini topadi. Bu xarajatlar, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turli tarmoqlarga invistetsiya qilish uchun mo‘ljallangan,aholining turmush darajasini ko‘tarish uchun rejalashtirilgan, ijtimoiy vazifalarni bajarishga ajratilgan, davlatni boshqarish, mudofaani taminlash kabi aniq maqsadlarga qaratilgan xarajatlardan iborat bo‘ladi.Ushbu umumdavlat xarajatlari budjet orqali moliyalashtiriladi. Budjet tizimining barcha xarajatlari turli budjetlar o‘rtasida taqsimlanadi, bu esa u yoki bu xarajatni muayyan budjetga kiritilishini anglatadi.Bu birinchidan moliyalashtirilayotgan muassasaning respublika va mahalliy organlarga qarashli Выпуск журнала №-28 Часть–2_Июнь –2025 64 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bo‘lishi ,ikkinchidan moliyalashtiriladigan tadbirning ahamiyatidan kelib chiqadi. Davlat byudjeti va budjetlararo munosabatlar sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichi sifatida 2023-yil 30-dekabrda “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Unda joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish, davlat moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ijtimoiy yo‘naltirilganlikni saqlab qolish, aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab- quvvatlash, hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, budjet intizomi va mablag‘lardan oqilona foydalanish bo‘yicha quyidagi muhim islohotlarning amalga oshirilishi ahamiyatli deb topildi: 1. soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o‘rta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni shakllantirishning yangi “natijaga yo‘naltirilgan budjet” tizimini joriy etish; 2. makrofiskal prognozlar ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha institutsional salohiyatni va budjet jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyatini oshirish; 3. budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning mas’uliyatini kuchaytirish; 4. fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish; 5. budjet hisobi standartlarini birxillashtirish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash; 6. budjet ma’lumotlarining ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro standartlarga mosligini ta’minlas
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the structure of revenues and expenditures of the state budget of the Republic of Uzbekistan for 2023 and 2024, their composition and economic significance, based on reliable sources.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the structure of revenues and expenditures of the state budget of the Republic of Uzbekistan for 2023 and 2024, their composition and economic significance, based on reliable sources. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- state, budget, income, expenditure, deficit, fiscal policy, economy, расходы, дефицит, бюджет, государство, фискальная политика, экономика., economy., доходы
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025