Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI MOLIYA XIZMATLARI VA USHBU SOHANING KELAJAGI HAQIDA
KELAJAGI HAQIDA
Современное образование и развитие · 97-99 · 2025
Аннотация
This article discusses the development of financial technologies and their active implementation by commercial banks. The issues of commercial banks actively adapting their functionality to user needs in the online environment, transferring all products to digital channels, and participating in fierce competition in the digital sphere as much as possible are discussed. It is also noted that remote technologies using modern fintechs allow the client to use banking services with maximum convenience and minimize time and financial costs in the process of working with the bank, and the development of the fintech industry is an analysis of the necessary conditions and infrastructure for the digital transformation of the local banking business model, the prospects for using modern financial technologies. Keywords: fintech, financial services, payment services, peer-to-peer, neobank, traditional banks, blockchain, big data analytics (Bigadate), artificial intelligence (AI). Kirish va mavzuning dolzarbligi. Samarali korporativ boshqaruv tizimida moliyaviy rejalashtirishni joriy etishda moliyaviy texnologiyalardan foydalanish muhim hisoblanib, moliyaviy texnologiyalarini kompaniyalar bilan ishlash jarayonida qo‘llanilishi natijasida deklaratsiya mexanizmlari va qo‘shimcha qog‘ozbozlikdan ozod bo‘lish vositasi sifatida qarash mumkin. Mazkur mexanizmdan xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy boshqaruvni amalga oshirishda qo‘llanilishi Выпуск журнала №-28 Часть–2_Июнь –2025 75 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT buxgalterlarga bo‘lgan talabni kamaytirib, real holatda moliyaviy resusrlarni tejash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari fintech texnologiyasidan foydalanish orqali korporativ boshqaruvda ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ish va xizmatlarni elektron bozorlarda sotish va ularning hisobini to‘g‘ri yuritish, tovarlar reklamasi tannarxini pasaytirish, ularga bo‘lgan talabni o‘z vaqtida aniq va sifatli tahlil qilish va baholash, turli darajadagi davlat organlariga topshiriladigan moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida qisqa muddatlarda topshirish amaliyotini joriy etish, korxonada kadrlar salohiyani to‘g‘ri yuritilishini, kadrlar oqimini samarali baholash kabi afzalliklarga egadir. Bugungi kunda O‘zbekistonda bank tizimini raqamli transformatsiyasi bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. O‘zbekistonning 2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida prezident farmonida raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirish, iqtisodiyotni real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlash, tasdiqlangan manzilli dastur doirasida belgilangan loyihalarni amalga oshirish orqali iqtisodiyotni real sektorida hamda moliya va bank sohalarida faoliyatini raqamlashtirish darajasini 30 foizga yetkazishga qaratilgan ishlarni olib borish chora-tadbirlari belgilab berildi [1], jumladan: -moliyaviy-iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish, korporativ boshqaruvni optimallashtirish maqsadida ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish (ERP) tizimlari; savdo hajmini oshirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida buyurtmachilar (mijozlar) bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish (CRM) tizimlari; sanoat korxonalarida ishlab chiqarish va dispetcherlik boshqaruv jarayonlarini (SCADA) avtomatlashtirish bo‘yicha tizimlari; bank xizmatlari onlayn turlarini kengaytirish hamda kredit ajratish bo‘yicha tahlillarni avtomatik tarzda amalga oshirish bo‘yicha skoring tizimlarini joriy etilishini inobatga olish; -bank tizimini transformatsiya qilishni yakunlash, xususiy banklarning ulushini 2025 yilda jami bank aktivlarining 60 foiziga yetkazish; -zamonaviy moliyaviy texnologiyalardan Выпуск журнала №-28 Часть–2_Июнь –2025 76 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT faol qo‘llagan xolda moliyaviy xizmatlar, operatsiyalarni taklif etish, naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish, naqd puldagi to‘lovga nisbatan naqdsiz to‘lovlarni arzonroq bo‘lishini ta’minlash, davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish imkoniyatini yaratish, ilg‘or xorijiy tajriba asosida amaldagi qonunchilikni takomillashtirish, moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish orqali ularning ommabopligini oshirishni nazarda tutish, moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda kiberxavfsizlikni ta’minlash, jismoniy shaxslar tomonidan naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish uchun qulay infratuzilmani yaratishdan iborat. Moliyaviy texnologiylarni rivojlantirish strategiyalari hozirda respublikamizdagi eng yirik banklari tomonidan faol amalga oshirilmoqda, ular onlayn muhitda foydalanuvchi ehtiyojlariga funktsional imkoniyatlarni faol raqamli moslashtirish, barcha mahsulotlarni raqamli kanallarga o‘tkazish, iloji boricha raqamli sohadagi shiddatli raqobatda ishtirok etishga intilmoqda. Ushbu strategiya banklar o‘rtasida faol o‘zaro hamkorlikni yuzaga keltiradi natijada, U
Доказательный фрагмент
«This article discusses the development of financial technologies and their active implementation by commercial banks.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the development of financial technologies and their active implementation by commercial banks. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fintech, financial services, payment services, peer-to-peer, традиционные банки, аналитика больших данных (Bigadate), neobank, blokcheyn, одноранговые сети, katta ma’lumotlar tahlili (Bigadate), блокчейн, moliyaviy xizmatlar, финансовые услуги, платежные сервисы, финтех, искусственный интеллект (ИИ)., sun’iy intellekt (AI)., необанк, big data analytics (Bigadate), an’anaviy banklar, blockchain, artificial intelligence (AI)., to‘lov xizmatlari, traditional banks
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025