Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OZIQ- OVQAT MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLSHDA HALQARO STANDARTLARNING O’RNI
HALQARO STANDARTLARNING O’RNI · TOSh DAU assistenti F.M.Asilova. · TOSh DAU dotsenti N.K.Nosirova
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
This article provides a comprehensive analysis of the role of international standards in the process of food processing. In particular, it highlights the objectives, functions, implementation mechanisms, and practical significance of international standards such as ISO 22000, HACCP, Codex Alimentarius, and GlobalG.A.P., as well as the possibilities for their application in the context of Uzbekistan. These standards contribute to improving food safety, product quality, and export potential. The article also addresses existing challenges in implementing international standards, including technical infrastructure limitations, shortage of qualified personnel, and legal and organizational issues. Based on Uzbekistan’s experience, the article proposes prospects for broader application of international standards and necessary measures to support their adoption. Keywords: food safety, ISO 22000, HACCP, Codex Alimentarius, GlobalG.A.P., international standards, quality management, export, certification, hygiene. Kirish. Bugungi globallashuv va raqobat muhitida oziq-ovqat sanoati oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri – sifatli, xavfsiz va ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishdir. Aholi sonining ortib borishi, urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi va iste’molchilarning oziq-ovqat xavfsizligiga bo‘lgan talabining keskin oshishi ushbu sohada xalqaro standartlar asosida ishlashni zarur qilmoqda. Xalqaro standartlar, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida, mahsulot sifatini barqarorlashtirish, iste’molchilarning salomatligini himoya qilish va mahsulotlarni eksport bozorlariga olib chiqish imkoniyatini oshirishda muhim o‘rin egallaydi. Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi xalqaro standartlar, xususan ISO 22000, HACCP, FSSC 22000 va Codex Alimentarius, ishlab chiqaruvchilar uchun qat’iy Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 162 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT me’yoriy talablarni belgilab berib, mahsulotlar xavfsizligi va sifati kafolatini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu standartlar nafaqat ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish, balki risklarni aniqlash va oldini olish, ishlab chiqarishni optimallashtirish va iste’molchilarning ishonchini qozonishga yordam beradi. O‘zbekiston Respublikasi ham xalqaro standartlar tizimini milliy ishlab chiqarish sohalariga, jumladan oziq-ovqat sanoatiga joriy etishga alohida e’tibor qaratmoqda. Davlatimiz tomonidan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, standartlashtirish tizimini takomillashtirish, hamda eksport salohiyatini oshirish borasida muhim huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilinmoqda. Shu bilan birga, bu sohada mavjud muammolar – texnik infratuzilmaning еtarli emasligi, xodimlarning malakasi, zamonaviy texnologiyalarning cheklanganligi kabi omillar xalqaro standartlarni to‘liq joriy etish yo‘lidagi to‘siqlardan hisoblanadi. Keling halqaro standartlar haqida alohida-alohida to’htaylik: ISO 22000 – bu oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimining xalqaro standarti bo‘lib, 2005-yilda ISO (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu standart oziq-ovqat zanjirining har bir bosqichida (xom ashyoni еtkazib beruvchilardan tortib, yakuniy iste’molchiga qadar) xavfsizlikni ta’minlovchi menejment tizimini tashkil etishga qaratilgan. ISO 22000 standarti: xavf-xatarlarni aniqlash va baholash; monitoring va tekshiruv tizimlarini joriy etish; hujjatlashtirish va doimiy takomillashtirish tamoyillariga asoslanadi. Ushbu tizim ISO 9001 sifat menejmenti tamoyillarini ham o‘z ichiga olgan bo‘lib, umumiy biznes strategiyasiga integratsiya qilish imkonini beradi. HACCP (Hazard Analysis and Critical Control Points – xavf-xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari) – oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi xavf- xatarlarni oldindan aniqlash va nazorat qilishga yo‘naltirilgan tizimdir. U XX asrning 60-yillarida AQShda NASA buyurtmasi bilan ishlab chiqilgan. HACCP tizimining asosiy tamoyillari quyidagilar: 1. Xavflarni aniqlash va tahlil qilish; Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 163 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 2. Kritik nazorat nuqtalarini belgilash; 3. Har bir nuqta uchun chegaraviy me’yorlarni belgilash; 4. Monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish; 5. Tuzatuvchi choralarni aniqlash; 6. Hujjatlashtirish; 7. Tekshiruv va verifikatsiya. HACCP tizimi hozirda xalqaro miqyosda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy vositasi sifatida tan olingan va ko‘plab mamlakatlarning qonunchiligida majburiy tizim sifatida qabul qilingan. Codex Alimentarius – FAO va JSST tomonidan tuzilgan xalqaro oziq-ovqat standartlari majmuasidir. U 1963-yildan beri faoliyat yuritadi va 180 dan ortiq davlatlarni o‘z ichiga olgan. "Codex" so‘zi lotincha bo‘lib, "qonunlar to‘plami" degan ma’noni anglatadi. Codex Alimentarius quyidagilarni tartibga soladi: oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi; gigiyena, etiketkalash, pestitsidlar va qo‘shimchalar; biologik va kimyoviy ifloslanishlarni nazorat qilish; xalqaro oziq-ovqat savdosidagi texnik to‘siqlarni
Доказательный фрагмент
«This article provides a comprehensive analysis of the role of international standards in the process of food processing.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides a comprehensive analysis of the role of international standards in the process of food processing. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- food safety, ISO 22000, HACCP, Codex Alimentarius, oziq-ovqat xavfsizligi, sertifikatlash, xalqaro standartlar, eksport, sifat menejmenti, gigiena., GlobalG.A.P.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026