К содержанию
РецензированоUZ2026

INTERNETNING YOSHLAR ONGGIGA TA’SIRI

Tursunova Dilsoʻz Abrorovna

Современное образование и развитие · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada internetning zamonaviy jamiyatda tutgan o‘rni va uning ayniqsa yoshlar ongiga ko‘rsatadigan ta’siri atroflicha tahlil etiladi. Internetning ijobiy jihatlari qatori salbiy ta’sirlari ham yoritiladi. Xususan, yoshlarning ijtimoiy ongini shakllantirishda internet axborotlarining roli, virtual muhitda shakllanayotgan qadriyatlar, yolg‘on axborotlar, zo‘ravonlik va yot g‘oyalarning tarqalishi hamda ular bilan kurashish yo‘llari muhokama qilinadi. Shuningdek, maqolada internetdan foydalanish madaniyati, media savodxonlik va ota-ona nazoratining ahamiyati haqida ham fikr yuritiladi. Tadqiqot natijalariga tayanib, yoshlarning internetdan foydalanishini sog‘lom yo‘nalishga burish bo‘yicha tavsiyalar ilgari suriladi. Kalit so‘zlar: Internet, yoshlar, ong, axborot makoni, media savodxonlik, virtual muhit, g‘oyaviy tahdid, axloqiy tarbiya, axborot xavfsizligi. Zamonaviy davrda internet hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, u har bir inson, ayniqsa, yosh avlod uchun axborot olish, o‘rganish, muloqot qilish va o‘z fikrlarini ifoda etishda keng imkoniyatlar yaratmoqda. Biroq, bu imkoniyatlar qatorida bir qator xavf va tahdidlar ham mavjud. Yoshlarning dunyoqarashi, ijtimoiy faolligi, qadriyatlar tizimi va axloqiy mezonlari internet orqali olinayotgan axborotlarga bevosita bog‘liq holda shakllanmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar, video platformalar, blog va vloglar orqali yoshlarning ongi va tafakkuriga turli mafkuraviy oqimlar, reklama va g‘oyaviy manipulyatsiyalar ta’sir o‘tkazmoqda. Ayniqsa, yoshlar orasida media savodxonlik yetarli darajada shakllanmagani bois, ular ko‘pincha yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborotlarni haqiqat deb qabul qilish holatlari uchrab turadi. Bu esa jamiyatning kelajak poydevorini tashkil etuvchi yoshlar ongining sog‘lom rivojlanishiga jiddiy xavf tug‘diradi. Shu bois, bugungi kunda internetning yoshlar onggiga ta’sirini o‘rganish, bu ta’sirning mohiyatini aniqlash va Выпуск журнала №-28 Часть–4_Июнь –2025 212 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT unga qarshi samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish dolzarb masalaga aylangan. Mazkur maqolada aynan shu muammolar tahlil qilinadi, hamda internet muhitida yoshlarni himoya qilishning pedagogik-psixologik va axborot xavfsizligi yondashuvlari asosida ilmiy izlanishlar olib boriladi. Internet insoniyat tarixidagi eng katta ixtirolardan biri sifatida nafaqat iqtisodiy, siyosiy, balki ijtimoiy-ma’naviy hayotga ham beqiyos ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, yosh avlodning shakllanish jarayonida internetning roli tobora kuchayib bormoqda. Bugungi yoshlar internet orqali nafaqat axborot oladi, balki o‘z shaxsiy fikrlarini ifoda etadi, jamoalarga qo‘shiladi, turli madaniyatlar va qarashlar bilan tanishadi. Biroq bu erkinlik bilan bir qatorda ularning ongi va ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan holatlar ham mavjud. Internetdagi ochiq axborot makoni yoshlar uchun bir vaqtning o‘zida imkoniyatlar va tahdidlar manbaidir. Ularga taqdim etilayotgan kontent har doim ham ijobiy maqsadlarga xizmat qilmaydi. Jumladan, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi videolar, ma’naviy qadriyatlarga zid axborotlar, g‘arazli mafkuraviy oqimlar va feyk yangiliklar yoshlarning dunyoqarashi, e’tiqodi va axloqiy mezonlariga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ba’zan esa, yoshlar internetdagi ideal hayot tasvirlariga mukkasidan ketib, real hayotdagi voqelikdan uzilib qoladi. Bu esa ruhiy tushkunlik, ijtimoiy ajralish va o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlikka olib keladi. Shuningdek, internet orqali tarqalayotgan ayrim g‘arazli axborotlar diniy ekstremizm, separatizm, radikalizm kabi illatlarning yoshlar orasida ildiz otishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yoshlar orasida bunday g‘oyalarga beriluvchanlik darajasi yuqori bo‘lishi ularning hali hayotiy tajribasi va mustaqil fikrlash salohiyati to‘liq shakllanmaganidan dalolat beradi. Shu bois, yoshlarni g‘arazli axborotlardan himoya qilish uchun ularning media savodxonligini oshirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va sog‘lom internet muhitini yaratish zarurdir. Boshqa tomondan, internetning ijobiy tomonlarini ham inkor qilib bo‘lmaydi. U o‘quvchilarga turli fanlar bo‘yicha bilimlarini oshirish, xorijiy tillarni o‘rganish, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish va o‘z qiziqishlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Shu sababli, internetdan foydalanishni to‘liq cheklash emas, balki uni to‘g‘ri Выпуск журнала №-28 Часть–4_Июнь –2025 213 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT yo‘naltirish, yoshlarni ongli foydalanuvchiga aylantirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridandir. Ota-onalar va pedagoglarning roli bu jarayonda juda muhimdir. Ota-onalar farzandlarining internetdagi faolligini nazorat qilishi, ularni xavfsiz veb-muhitda tarbiyalashi, bolaga ko‘proq e’tibor qaratib, o‘zini erkin va ishonchli his qiladigan sharoit yaratishi kerak. Pedagoglar esa ta’lim muassasalarida media savodxonlik, raqamli gigiyena, axborot filtrlash va tanqidiy fikrlashni o‘rgatuvchi dars va treninglar o‘tkazishlari lozim. Shuningdek, ta’lim tizimida zamonaviy axboro

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada internetning zamonaviy jamiyatda tutgan o‘rni va uning ayniqsa yoshlar ongiga ko‘rsatadigan ta’siri atroflicha tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada internetning zamonaviy jamiyatda tutgan o‘rni va uning ayniqsa yoshlar ongiga ko‘rsatadigan ta’siri atroflicha tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
axloqiy tarbiya, yoshlar, ong, g‘oyaviy tahdid, virtual muhit, media savodxonlik, axborot xavfsizligi., axborot makoni, Internet
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти