Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG’ICH TAʼ LIMDA TABIIY FANNI O’QITISHNING TAʼ LIM-TARBIYAVIY VAZIFALARI
Nodiraxon Maxkamova · Zebuniso Odilova · Durdona Asliddinova
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Oʻzbekcha: Ushbu maqolada boshlangʻich taʼlim bosqichida tabiiy fanlarni oʻqitishning asosiy taʼlimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari yoritilgan. Shuningdek, mazkur fan orqali oʻquvchilarda ekologik madaniyat, tabiatga ehtiyotkor munosabat va ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning ahamiyati ko‘rsatilgan. Русский: В данной статье рассматриваются основные образовательные, воспитательные и развивающие задачи преподавания естественных наук на начальном этапе образования. Также показано значение формирования у учащихся экологической культуры, бережного отношения к природе и научного мировоззрения. English: This article discusses the main educational, moral, and developmental tasks of teaching natural sciences at the primary education level. It also highlights the importance of developing ecological culture, careful attitude toward nature, and scientific worldview among students. Kalit soʻzlar Oʻzbekcha: boshlangʻich taʼlim, tabiiy fan, taʼlimiy vazifalar, tarbiyaviy vazifalar, ekologik madaniyat. Русский: начальное образование, естественные науки, образовательные задачи, воспитательные задачи, экологическая культура. Выпуск журнала №-28 Часть–4_Июнь –2025 265 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT English: primary education, natural science, educational tasks, moral development, ecological culture. Maqola matni Boshlangʻich taʼlimda tabiiy fanlarni oʻqitish bolalarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy fanlar orqali oʻquvchilar atrof-muhit, tirik va noorganik tabiat, hayvonot va oʻsimlik dunyosi, hamda inson va tabiat oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar haqida dastlabki tasavvurlarga ega boʻladilar. Kichik yoshdagi oʻquvchilar tabial toʻgʻrisida, oʻzi yashab turgan joyi, tabiat boyliklari haqida yaxshi tasavvurga ega boʻlishi kerak. Tabiatni oʻzgartirish kishilarning mehnat faoliyati bilan bogʻliq ekanligini ilk yoshlardan boshlab, ular ongiga singdirishni talab etadi. Shu talablarga koʻra kichik yoshdagi oʻquvchilarga: ■Jonli va jonsiz tabiat toʻgʻrisida aniq bilimlar berish, ularning oʻzaro bogʻliqligini ochish. ■Odam organizmi va uning salomatligini saqlash haqida ma‘lumot beradi. ■Bolalarni tabiatda kuzatishlar oʻtkazish oʻquv va koʻnikmalari bilan qurollantirish. ■Tabiatdan oqilona foydalanish va uni boyligini koʻpaytirishga qaratilgan inson mehnati bilan tanishtirish. ■Jonajon tabiatda muhabbat, uni muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash. Umumta‘lim muassasalarini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlariga muvofiq tabiiy fan dasturiga kiritilgan oʻzgarishlar koʻrsatilgan vazifalar bilan bir qatorda tabiiy fan kursida oʻquvchilarning ekologiya, mehnat va gigiyena tarbiyasiga e‘tiborni yanada kuchaytirishni, har bir oʻquvchi gigiyena va tibbiyot sohalarida boshlangʻich bilimlarni egallash, yoshligidan oʻz organizmini bilishi, uni tartibli saqlay olishi» uchun sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.Та‘limning tarbiyalovchi xarakteri uning mazmuni bilan belgilanadi. Shu bois tabiatshunoslik oʻqituvchiga oʻquvchilar tafakkurini rivojlantirish uchun ijodiy bilim faoliyatini rivojlantirish uchun boy material beradi. Darsli barcha mavzular majmuasi tarbiya masalalarini oʻz Выпуск журнала №-28 Часть–4_Июнь –2025 266 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ichiga oladi. Oʻquvchilarni odam mehnati uning jismoniy, maʼnaviy sogʻligini manba ekanligiga ishontirib, oʻqituvchi mehnatga muhabbatni, mehnat ahlini hurmat qilish ruhida tarbiyalaydi. 1. Taʼlimiy vazifalar Boshlangʻich sinflarda tabiiy fanlarni oʻqitish orqali bolalarga tabiat hodisalari, geologik va meteorologik jarayonlar, hayvonlar va oʻsimliklarning hayotiy jarayonlari haqida dastlabki ilmiy tushunchalar beriladi. Shuningdek, kuzatish, tahlil qilish, solishtirish, xulosa chiqarish kabi ilmiy faoliyat elementlari oʻrgatiladi. 2. Tarbiyaviy vazifalar Tabiiy fanlarni oʻrganish jarayonida oʻquvchilarda tabiatga mehr, ehtiyotkorlik, tabiatni asrashga boʻlgan mas’uliyat kabi axloqiy fazilatlar shakllanadi. Bu esa ularni ekologik madaniyatli, ongli fuqarolar sifatida tarbiyalashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. O‘quvchilarda tabiat bilan do‘stona munosabat va vatanparvarlik tuyg‘usi rivojlanadi. 3. Rivojlantiruvchi vazifalar Mavzularni oʻrganish davomida oʻquvchilarning tafakkuri, tasavvuri, nutqi va ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Mustaqil fikrlash, kuzatish va tahlil qilish ko‘nikmalari shakllanadi. Amaliy mashgʻulotlar esa ularning qiziqishini oshirib, ilmiy izlanishga undaydi. Xulosa Xulosa qilib aytganda, boshlangʻich taʼlimda tabiiy fanlarni oʻqitish bolalarda tabiatga nisbatan ongli munosabat, ilmiy qarash va ekologik madaniyatni shakllantiradi. Bu esa ularning har tomonlama barkamol shaxs boʻlib voyaga yetishlariga zamin yaratadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. NURITDINOVA M. ―TABIIY FAN OʻQITISH METODIKASI‖ TOSHKENT, 2005-YIL. 2. D. SHARIPOVA, D. XODIYEVA, M. SHIRINOV ―TABIIY FAN VA UNI Выпуск журнала №-28 Часть–4_Июнь –2025 267 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT OʻQITISH METODIKASI‖ DARSLIK. ―BARKAMOL FAYZ MEDIA‖ NASHRIYOTI,
Доказательный фрагмент
«Oʻzbekcha: Ushbu maqolada boshlangʻich taʼlim bosqichida tabiiy fanlarni oʻqitishning asosiy taʼlimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюOʻzbekcha: Ushbu maqolada boshlangʻich taʼlim bosqichida tabiiy fanlarni oʻqitishning asosiy taʼlimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tabiiy fan, образовательные задачи, естественные науки, primary education, educational tasks, tarbiyaviy vazifalar, boshlangʻich taʼlim, воспитательные задачи, moral development, ecological culture., taʼlimiy vazifalar, начальное образование, natural science, ekologik madaniyat., экологическая культура.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025