Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OLIY TA’LIM TIZIMIDA TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASH: AN’ANAVIY YONDASHUVLAR VA ZAMONAVIY TALABLAR
O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASH: AN’ANAVIY · Babadjanov Axmadjon Xudayberdievich
Современное образование и развитие · 2026
Аннотация
В статье рассматривается процесс развития изобразительного искусства, его роль и значимость в сфере образования. Анализируются проблемы, с которыми сталкиваются при подготовке будущих преподавателей изобразительного искусства, в частности, недостатки в системе образования и факторы, влияющие на развитие творческого потенциала студентов. Подчеркивается необходимость адаптации обучения изобразительному искусству в высших учебных заведениях к современным требованиям, интеграции новых технологий в преподавание и развития международного сотрудничества. В результате возникает необходимость сочетания традиционных и современных подходов для развития эстетических и творческих способностей студентов, а также повышения их интереса к искусству. Кроме того, в статье говорится о необходимости совершенствования учебных программ высших учебных заведений для развития педагогических компетенций преподавателей изобразительного искусства. Ключевые слова: Художественное образование, художественная подготовка, компетентность, творческое мышление, высшее образование, изобразительное искусство, педагогика, творческий потенциал, опыт студентов, искусствоведение, школы изобразительного искусства, образовательная система. Oʻlkamiz oʻtmishida tasviriy sanʼat keng koʻlamli taraqqiy etgan boʻlib, har bir davr oʻz mazmuni, shakli xarakteri jihatidan alohida maktablarni yuzaga keltirgan. Albatta, bu oʻtmish, maktablarining oʻziga xos anʼana va uslublari mavjud edi. Ammo Выпуск журнала №-28 Часть–4_Июнь –2025 289 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT rassom pedagoglar tayyorlashdagi tasviriy sanʼat taʼlimi mazmuni va ustoz rassomlarning bu boradagi faoliyati, ijodiy yutuqlari, shuningdek, tarixi haqida qancha gapirsak, oʻrgansak, shuncha oz. San’at ta’limi sohasidagi oliy o‘quv yurtlarida tasviriy san’at yo‘nalishlaridagi o‘qitish tizimida yuzaga kelayotgan muammolarning dolzarbligi shundaki, u bo‘lajak mutaxassislarning ijodiy salohiyati va malakasini shakllantirishga bevosita ta’sir qilmoqda. Xususan, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalarning tasviriy san’at sohasidagi bilimlarining tobora pasayib borayotganligi muammolardan biri sifatida olishimiz mumkin. Bu umumta’lim maktablarida ushbu fanga yetarlicha e’tibor berilmaganligi, holbuki, bu fan oʻquvchilarning dunyoqarashini shakllantirishda, estetik hissiyotlarini rivojlantirishda va ijodiy qobiliyatlarini oshirishda katta ahamiyatga egadir. Shuningdek, ko‘pchilik o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarida tasviriy san’at bilan shug‘ullanishlari uchun ta’lim muassasalarida yetarlicha imkoniyat yo‘qligidadir. Jahon miqyosida bo‘lajak mutaxassis, jumladan pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonida ta’lim va ishlab chiqarish amaliyotining uyg‘unligini ta’minlash, ta’lim mazmunini san’atshunoslik asosida va hayotiy tajribalarga asoslangan o‘quv materiallari asosida tizimlashtirish, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini san’atshunoslik asosida kasbiy kompetentligini tarkib toptirishning tasviriy san’at texnologiyalarini rivojlantirishni talab etadi. Bolonya jarayoni mutaxassislar tayyorlash mazmunini integratsiyalash va ta’limdagi hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi sifatida bitiruvchilarda umumiy va maxsus, shu jumladan, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini san’atshunoslik asosida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishni taqozo etmoqda. Respublikamizda bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini san’atshunoslik asosida kasbiy kompetentligini shakllantirish mezonlari va ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini san’atshunoslik asosida kasbiy kompetentligini shakllantirish bo‘yicha o‘quv materiallarini tizimlashtirishning didaktik parametrlarini aniqlashtirish, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini san’atshunoslik asosida kasbiy kompetentligini shakllantirish tashkiliy-texnologik tizimini takomillashtirish muhim vazifa sifatida belgilanadi. Выпуск журнала №-28 Часть–4_Июнь –2025 290 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Tasviriy san’at jamiyatning madaniy ongini va estetik idrokini shakllantirishda muhim o‘rin tutishi bois ushbu sohani rivojlantirish natijasida milliy madaniy merosni saqlash va boyitish, jahon iqtisodiyoti va madaniy almashinuvlar sharoitida oliy ta’lim bitiruvchilari jahon miqyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari uchun tasviriy san’at sohasida raqobatbardosh ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu muammolarni hal qilish uchun oliy o‘quv yurtlari o‘quv dasturlarini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish, zarur resurslar va infratuzilma bilan ta’minlash, tizim bilan bog‘liq tashkilotlar va ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratishlari kerak. San’at pedagogikasi sohasida bo’lajak mutaxassislarni badiiy tayyorlash (tasviriy san’at o’qituvchilari, dizayn sohasi bo’yicha kasbiy ta’lim pedagoglari) badiiy tayyorgarligi “CHizmatasvir”, “Rangtasvir”, “Kompozisiya” kabi san’at fanlari bo’yicha kurslar mazmuniga asoslanadi. “Kom
Доказательный фрагмент
«В статье рассматривается процесс развития изобразительного искусства, его роль и значимость в сфере образования.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматривается процесс развития изобразительного искусства, его роль и значимость в сфере образования. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Art education, artistic preparation, competence, creative thinking, образовательная система., творческий потенциал, изобразительное искусство, искусствоведение, школы изобразительного искусства, art studies, высшее образование, ta'lim tizimi, художественная подготовка, tasviriy san'at, творческое мышление, visual arts schools, ijodiy tafakkur, ijodiy salohiyat, kompetentlik, педагогика, San'at ta'limi, education system., visual arts, компетентность, badiiy tayyorgarlik, pedagogika, creative potential, student experience, talaba tajribasi, pedagogy, tasviriy san'at maktablari, higher education, oliy ta'lim, опыт студентов, Художественное образование, san'atshunoslik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024