К содержанию
РецензированоUZ2025

VENALARNING VARIKOZ KENGAYISHI: SABABLARI, BELGILARI VA DAVOLASH USULLARI

VA DAVOLASH USULLARI · No‘monov Rustamjon Madaminovich

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada venalarning varikoz kengayishi, ya’ni tomirlarning kengayib, deformatsiyalanishi bilan kechuvchi surunkali qon aylanish buzilishi haqida so‘z boradi. Unda varikozning asosiy sabablari, klinik belgilari, diagnostik usullari, profilaktik choralari hamda zamonaviy davolash usullari yoritib berilgan. Shuningdek, ushbu holatning ayollar salomatligiga salbiy ta’siri va hayot sifati bilan bog‘liq muammolari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: varikoz, vena, qon aylanish, tomir kasalligi, dori-darmon, skleroterapiya, profilaktika. Bugungi kunda varikoz kasalligi dunyo bo‘yicha eng ko‘p uchraydigan va jiddiy e’tibor talab qiladigan sog‘liq muammolaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Uning keng tarqalganligi, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlar tajribasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, AQSH va Yevropa davlatlarida har to‘rt kishidan biri ushbu kasallikning biror ko‘rinishidan aziyat chekmoqda. Bu esa kasallikning global miqyosdagi tarqalish darajasi qanchalik yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Alohida ta’kidlash joizki, varikoz, ya’ni venalarning kengayishi va ularning funksional buzilishi, ayniqsa oyoq sohasida, ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi kishilar orasida keng tarqalgan. Masalan, Moskva shahridagi sanoat korxonalarida ishlovchi ayollarning 57,5 foizi va erkaklarning 50,4 foizi ushbu xastalik belgilari bilan yuzma-yuz kelmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, inson yoshi ortgani sayin kasallik xavfi ham ortib boradi, bu esa demografik jihatdan ham dolzarb muammoga aylanmoqda. Xuddi shunday holat O‘zbekiston aholisida ham kuzatilmoqda — ayniqsa uzoq vaqt tik oyoqda turishni talab qiladigan kasb egalari, ofis ishchilari va uy Выпуск журнала №-28 Часть–4_Июнь –2025 427 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bekalari orasida varikoz kasalligiga chalinganlar soni tobora ortib bormoqda. Bu holat kasallikka qarshi profilaktika choralarini ko‘rish, dastlabki alomatlarini erta aniqlash va zamonaviy tibbiy texnologiyalar yordamida uni davolash usullarini yanada chuqurroq o‘rganish zaruratini tug‘diradi. Shuningdek, varikoz kasalligi ko‘plab boshqa tibbiy va ijtimoiy muammolar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, u inson mehnat qobiliyatining pasayishiga, hayot sifatining yomonlashishiga va ba’zan nogironlikka olib kelishi mumkin. Ayniqsa ishlab chiqarish korxonalarida band bo‘lgan ishchilar orasida ushbu xastalikning ommaviylashuvi, mehnat unumdorligining pasayishi va kasbga yaroqsizlik holatlarining ortishiga olib kelmoqda. Bu esa kasallikni faqat tibbiy nuqtai nazardan emas, balki iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ham chuqur tahlil qilishni talab qiladi. Ya’ni, varikoz kasalligini chuqur tadqiq qilish, uning rivojlanish mexanizmlarini aniqlash, erta tashxis qo‘yish usullarini takomillashtirish hamda davolash va profilaktika choralarini kengaytirish — zamonaviy tibbiyotning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Venalarning varikoz kengayishi — bu venalarning doimiy ravishda kengayib, cho‘zilib borishi natijasida qon aylanishining buzilishi bilan tavsiflanadigan kasallikdir. Ko‘proq oyoq sohasidagi chuqur bo‘lmagan venalarda uchraydi. Bu kasallik ayniqsa ayollar orasida keng tarqalgan bo‘lib, hayot sifatiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Venalarning varikoz kengayishiga olib keluvchi asosiy omillar quyidagilardir:  Irsi moyillik (genetik omillar)  Hormonal o‘zgarishlar (homiladorlik, klimaks)  Ortiqcha tana vazni  Kamharakat hayot tarzi  Uzoq muddat tik turgan holatda ishlash  Nosog‘lom ovqatlanish va qorin ichki bosimining ortishi Shuningdek, varikoz kasalligining asoratlari qatoriga terida yaralarning paydo bo‘lishi, yuzaki shikastlanishlarda venoz qon ketishi, tromboflebit, trofik yara va flebotromboz kiradi. Hozirgi kunda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan Выпуск журнала №-28 Часть–4_Июнь –2025 428 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 1998 yilda taklif etilgan varikosel kasalligiga oid zamonaviy tasnifdan foydalaniladi. Bu tasnifda jinsiy bezlar holati ham inobatga olinadi. Varikosel — bu moyak va spermatik tomirlarning kengayishi bo‘lib, qon aylanishi buzilishiga olib keladi. Ushbu kasallik yoshlardagi erkaklar orasida 10– 15% holatlarda uchraydi. Shuningdek, birlamchi bepushtlik (ya’ni ilgari umuman farzand ko‘rmagan) bilan og‘rigan erkaklarning 30–40% ida, ikkilamchi bepushtlik (ya’ni ilgari farzand ko‘rgan, ammo hozirda bepushtlik kuzatilayotgan) holatlarda esa 80% gacha erkaklarda aniqlanadi. Varikoselning asosiy alomatlari — bu skrotumda (mo‘yak qopchasida) og‘riq, spermatozoid ishlab chiqarilishining buzilishi, moyakning kichrayishi (atrofiya) hamda moyaklar tomonidan testosteron gormonining yetarlicha ishlab chiqarilmasligidir. Davolash usullari quydagilarni tashkil etadi: 1. Konservativ davolash:  Kompression paypoq kiyish  Venotonik dorilar (masalan, Detraleks, Venarus)  Mahalliy surtmalar (Lioton-gel, Troxevasin) 2. Minimal invaziv usullar:  Skleroterapiya – vena ichiga maxsus moddalar yuborish orqali yopish  Lazer yoki radiochastotali ablatsiya  Endovenoz koagulyatsiya

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada venalarning varikoz kengayishi, ya’ni tomirlarning kengayib, deformatsiyalanishi bilan kechuvchi surunkali qon aylanish buzilishi haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada venalarning varikoz kengayishi, ya’ni tomirlarning kengayib, deformatsiyalanishi bilan kechuvchi surunkali qon aylanish buzilishi haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
skleroterapiya, dori-darmon, vena, varikoz, qon aylanish, tomir kasalligi, profilaktika.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники