Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SEMIZLIKNING PROFILAKTIKASI
SEMIZLIKNING PROFILAKTIKASI · Yan Vladimir Konstantovich
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
This article discusses the problem of excess weight and obesity, its causes and consequences, and how this problem is being addressed in modern medicine and society. Issues of obesity prevention and promoting nutrition culture through modern technologies, forming a healthy lifestyle, increasing physical activity are highlighted. Keywords: Obesity, excess weight, healthy lifestyle, nutrition, medicine. Kirish. Bugungi kunda semizlik global sog‘liq muammosiga aylanib bormoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo Выпуск журнала №-28 Часть–5_Июнь –2025 161 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bo‘ylab milliardlab insonlar ortiqcha vazndan aziyat chekmoqda. Bu holat yurak- qon tomir kasalliklari, diabet, va boshqa xastaliklarning ortishiga sabab bo‘lmoqda. Asosiy qism: Semizlik nima? Semizlik — teri ostida, asosan qorin devorining pastki qismida, dumbada va sonlarda, shuningdek, qorin ichida (charvida, ichak tutqichlarida, qorin orti sohasida) hamda boshqa ichki a’zolar atrofida yog‘larning ortiqcha to‘planishidir. Turli manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Yer kurrasining 25 foiz, 40 yoshdan keyin esa 50–60 foiz aholisi bu jarayondan aziyat chekmoqda. So‘nggi yillarda semizlik o‘smirlar orasida ham ko‘payib borayotgani tashvishli holatdir. Amerika Qo‘shma Shtatlarida 35, Yevropada esa 20 foizdan ortiq yoshlar ortiqcha tana vazniga ega. Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, 2025-yilga borib semizlikka chalinganlar soni ikki barobarga ko‘payadi. Semizlikning salomatlikka salbiy ta’siri qadim zamonlardan ma’lum. Tibbiyot otasi Gippokrat: “To‘satdan o‘lim oriq kishilarga nisbatan semizlarga ko‘proq xos”, degan gapni bundan ikki yarim ming yil avval aytgan edi. Semizlik nafaqat inson hayoti sifati va davomiyligining buzilishiga, balki turli og‘ir kasalliklarning kelib chiqishiga ham sabab bo‘ladi. Semiz kishilarda yuqori qon bosimi, tomirlarga yog‘ plakkalari o‘tirib qolishi va yurak ishemik kasalligi oriq kishilarga qaraganda 2–4 marta ko‘p uchraydi. Qandli diabetning ikkinchi turi 85– 90 foiz holatlarda ortiqcha tana vazniga ega bo‘lganlarda rivojlanadi. Semizlikning birinchi darajasida qandli diabet yuzaga kelish ehtimoli 3 marta, ikkinchi darajasida 5 marta, undan keyingi darajada esa 10 marta oshadi. Boshqacha aytganda, ortiqcha tana vazniga ega bo‘lgan kishilarda qandli diabetning ikkinchi turi bilan kasallanish ehtimoli juda yuqori. Bundan tashqari, semizlik yurak, qon bosimi oshishi, bo‘g‘im, jigar, ruhiy holatning o‘zgarishi, venalarning varikoz kengayishi va boshqa kasalliklarning asosiy sababchilaridan biridir. Semizlikga olib keluvchi sabablardan yana biri bu noto’g’ri ovqatlanishdir. Misol qilib Germaniyadagi Fridrix Shiller nomidagi universitet olimlari noto’g’ri ovqatlanish sabab yuz beradigan o’lim holatlari darajasi bo’yicha Yevropa mamlakatlar reytingini tuzishdi.Tatqiqotda 1990 yildan 2016 yilgacha bo’lgan malumotlarga asoslanadi.Shu davr oralig’ida mamlakatimizda no’to’ri ovqatlanish tufayli o’lim holatlari soni bo’yicha Выпуск журнала №-28 Часть–5_Июнь –2025 162 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT “yetakchi’’ bo’ldi.Qayt etilishicha mamlakatda yomon ovqatlanish oqibatida xar 100 ming kishidan 394 kishi xayotdan ko’z yumgan. Eng to’g’ri ovqatlanish bo’yicha Ispaniya,Isroil va Fransiya aholisi rioya qiladi. Bu mamlakatlarda xar 100 ming kishidan 43-46 inson no’to’ri hayotdan ko’z yumadi. O’zbekiston Respublikasidagi viloyatlar o’rtasida semizlikning tarqalishi va o’sib borishi ko’rsatilgan. Semizlik paydo bo‘lishida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir qancha omillar muhim ahamiyatga ega. Ular quyidagilar: Me’yordan ortiqcha ovqat iste’mol qilish. Bir kunda 100 kkal ortiq ovqatlanish bir yilda taxminan 5 kg semirishga olib keladi. Masalan, har kuni ehtiyojdan tashqari 50 grammli bir parcha non eyilsa, bu bir yilda 5 kg dan ortiq vazn oshishiga sabab bo‘ladi. Jismoniy faollikning yetarli darajada bo‘lmasligi. Turmush darajasi oshib, ko‘plab ishlar texnika yordamida bajarilar ekan, insonning harakatchanligi kamayadi. Bu esa semizlikning yanada kuchayishiga olib keladi. Shu bois, har bir inson imkoni boricha jismoniy faol bo‘lishga intilishi kerak. Yosh oshgani sari ochlik hissi yetarli darajada nazorat qilinmaydi. Bu esa, hatto ozgina ortiqcha kaloriyali ovqat iste’moli bilan ham semizlikka olib kelishi mumkin. Hozirgi to‘kin-sochin zamonda nafsni tiyib turish katta jasoratni talab etadi. Kam harakatli, yoshi katta insonlar uchun kam yeyish juda muhimdir. Tabiblar “Odam bolasining ichiga kasallik og‘zidan kiradi”, deganlarida aynan shunga ishora qilishgan. Yog‘li ovqatlarni ko‘p iste’mol qilish. Bunday oziq-ovqatlar tanaga tez singadi, ularning parchalanishi uchun deyarli kaloriya talab etilmaydi va ortiqchasi yog‘ga aylanadi. Shu sababli iloji boricha yog‘li ovqatlardan qochish, ularning o‘rniga oqsilga boy mahsulotlardan foydalanish tavsiya etiladi. Xulosa: Zamonaviy jamiyatda semizlik va ortiqcha vazn faqat estetik muammo bo‘lib qolmay, balki jiddiy tibbiy-ijtimoiy muammo sifatida qaralm
Доказательный фрагмент
«This article discusses the problem of excess weight and obesity, its causes and consequences, and how this problem is being addressed in modern medicine and society.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the problem of excess weight and obesity, its causes and consequences, and how this problem is being addressed in modern medicine and society. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Obesity, excess weight, healthy lifestyle, nutrition, medicine, ovqatlanish, здоровый образ жизни, medicine., питание, ortiqcha vazn, Semizlik, Ожирение, медицина., tibbiyot., sog‘lom turmush tarzi, избыточный вес
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025