К содержанию
РецензированоUZ2025

AMIR TEMURNING G’ARBIY YEVROPA BILAN OLIB BORGAN TASHQI SIYOSATI

TARIXIDA TUTGAN O’RNI · Tosheva Muhayyo Hamid qizi · Ilmiy rahbar: PhD · Ikromov Sh.I.

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

“Tarixi Turkiston” asari XIX asrning ikkinchi yarmida Qo‘qon xonligi tarixiga oid muhim manbalardan biri bo‘lib, uning muallifi Ahmad Donish yoki unga yaqin davr tarixchilari tomonidan yozilgan deb taxmin qilinadi. Asarda Qo‘qon xonligi hukmdorlarining nasabnomasi, ichki siyosiy jarayonlar, harbiy yurishlar, ichki va tashqi ziddiyatlar, shuningdek, xalq turmushi va ijtimoiy-siyosiy tuzilish haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. “Tarixi Turkiston” Qo‘qon xonligi tarixini o‘rganishda ishonchli manba sifatida xizmat qiladi, chunki unda xonlikning qudrat davri va tanazzul bosqichlari haqida bevosita guvoh bo‘lgan muallifning kuzatuvlari aks etgan. Asar Qo‘qon xonligi tarixini o‘rganishda boshqa tarixiy manbalar bilan qiyosiy tahlil qilish, mintaqaning siyosiy hayotini yanada teran tushunish va tarixiy jarayonlarni ilmiy tahlil etishda muhim ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: Tarixi Turkiston, Qo‘qon xonligi, tarixiy manba, siyosiy tarix, ichki siyosat, harbiy yurishlar, tarixiy jarayonlar, Markaziy Osiyo tarixi, XIX asr, tarixshunoslik. “...Ilmi tavorix (tarix ilmi) ning foyidamandlig‘ig‘a tamomi firqa muttafiq urroydurlar. Aksar tavoyifi umam, balki, tamomi ahli olam bu ilmni amalga qo‘yub, gumoshtagonlarindin rivoyat va hikoyatlar qilib, oning o‘zlarig‘a dalil qiladurlar. Xususan, tavoyifi atrok (turklar) va o‘zbeklar utgan urug‘ va qabilalarni yodda tutmoqqa g‘oyat jadduahd qiladurlar. Ammo bizning Turkiston sartiyalari tarixga ko‘p ahamiyat bermay, ikki-uch otadin ilgari utgan salaflarin va alarni zamonlaridagi hikoyat va vokeotlarini aslo bilmaydurlar. Binobarin, kaminai hech Выпуск журнала №-28 Часть–5_Июнь –2025 216 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT madon (nodon) ajz va qusurimni iqror va e’tirof aylab; sahv va qusuri bulsa, xonandalarini avf qalami ilan tas'hih va durust qilmaqlarini rijo va iltimos umidida Farg‘ona va Ho‘qand xonlari va olarning ahvolotlarini ba’zi tavorixlardin va kuhansol (qariya) odamlardin va ham xuddi kamina uzim eshitgan va ko‘rganlarimni sodda va rasmiy chig‘atoy turk tilida musavvada (qoralama) aylab «Tarixi Turkiston» nom ko‘yub nashrig‘a shuru’ qildim. Alloh taolo muvaffak aylab itmomi (yakuni)ga yetkurmoqni muyassar qilg‘ay, tokim turkistonlik birodarlarimiz Farg‘ona xonlari, olarning zamonlari va voqeotlari va Rusiya davlatig‘a tobe’ bo‘lg‘ondin ellik yillik muddatda bo‘lg‘on ahvol va atvorimiz (xulkimiz)ning kanday tag‘ayyur [uzgargan] va tabdil va taraqqiysig‘a mulohaza aylab, na’m ul- inqilob natijasig‘a ibrat ko‘zi bilan boqsalar ekan deb, va billohi tavfiq”1. «Tarixiy meros» turkumida nishona sifatida kitobxon e’tiboriga havola etilayotgan «Turkison tarixi» muallifi Mirzo Olim Maxdum hoji uzoq yillar «Turkiston viloyati gazeti»da muharrirlik qilgan mahalliy ziyolilardan bo‘lib, uning tarjimayi holi gtsh va batafsil ma’lum emas. Uning «Tarixi Turkiston» asarining birinchi qismi 1908-1915 yillar davomida uzi boshchilik qilayotgan gazetada bosilib chiqqan va 1915 yili Rossiya imperiyasi tomonidan Toshkentning bosib olinishining 50 yillik sanasi munosabati bilan alohida kitob rolida Turkiston genaral-gubernatori harbiy okrugi bosmaxonasida chop etilgan2. Biroq, asarda koʻpgina texnik xatolar, harflarning xato terilishi koʻzga tashlanadi. Asar Turkiston xonlari tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda o‘lkaning keyingi 50 yil davomida yuz bergan o‘zgarishlari mahalliy muallif tomonidan tahlil qilinadi. U 1915 yili «.. musulmoniya asri ilan ellik yil miyonasida farq va tafovutini andin bayon aylab, tarixning birinchi jildini tamom qildim», deb asarining ikkinchi jildini boshlaganini ma’lum qiladi. Mazkur asarning Qo‘qon tarixchilari asarlaridan farqi shundaki, muallif unda Qo‘qon xonligi tarixidan so‘ng Buxoro amirligi va Xorazm davlati tarixini qisqacha bayon qiladi. Muallif Rossiya imperiyasining Turkiston 1 Mirzo Olim Mahdum Hoji “Tarixi Turkiston” 2009 “Yangi asr avlodi” 165-bet. 2 Mazkur kitobning toʻrt nusxasi Oʻz FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (№№ 247, 5751, 5752, 9551). Biroq ularning saqlanish holati bir xil emas. Выпуск журнала №-28 Часть–5_Июнь –2025 217 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT shahriga bostirib kirishi va uni o‘z tasarrufiga kiritishini quyidagi mazmunda tahlil qiladi: “Turkiston shahrig‘a Mirzo Davlat tojikni hokim qilib ketgandin keyin Mirzo Davlat kibr va g‘urur ilan sarhadda qarab va poylab turgan ulug‘ Rossiya davlatini ko‘zga ilmay va atrofidagi qozoqiyalarning g‘arib va bechoralik va davlatxohliklarini andisha va mulohaza qilmay, besh kunlik hukumatga mag‘rur bo‘lub, bir necha qaroqchilarni Turkistong‘a yig‘ib, elatiyalarni talon-toroj va betinch qila bopshabdur. Mirzo Davlatning bul tariqa yomon fe’li va zulmidin elatiya xalqi va biylari tang bo‘lub qochar va noilojlikdin oning itoatidin chiqib, Rossiya hukumatig‘a tobe bo‘lmakni ixtiyor qilibdur. Biloxir, ul zolimning zulmi va sharri kasofatidin majmui elatiya va uzbakiya va Turkiston atrofidagi qozoqiyalar Rossiyalarg‘a borib aytibdurlarkim, alhol Turkiston shahri ich

Доказательный фрагмент

«“Tarixi Turkiston” asari XIX asrning ikkinchi yarmida Qo‘qon xonligi tarixiga oid muhim manbalardan biri bo‘lib, uning muallifi Ahmad Donish yoki unga yaqin davr tarixchilari tomonidan yozilgan deb taxmin qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

“Tarixi Turkiston” asari XIX asrning ikkinchi yarmida Qo‘qon xonligi tarixiga oid muhim manbalardan biri bo‘lib, uning muallifi Ahmad Donish yoki unga yaqin davr tarixchilari tomonidan yozilgan deb taxmin qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
elchilik aloqalari, tashqi siyosiy va madaniy ahvoli, xatlar., karvon yo’llari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники