К содержанию
РецензированоUZ2025

TILSHUNOSLIKDA GASTRONIM BIRLIKLAR

TILSHUNOSLIKDA GASTRONIM BIRLIKLAR · Raxmatilloyeva Feruza Nematilloyevna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

This article explores the role of gastronomic expressions within the fields of cultural linguistics, ethnolinguistics, and intercultural communication. Food-related idiomatic units are considered as linguocultural phenomena that reflect a nation’s daily life, moral values, and cultural traditions. The study analyzes the cultural and semantic features of such expressions and highlights their significance in intercultural dialogue, translation challenges, and decoding cultural codes. Keywords: gastronomic expressions, phraseology, cultural linguistics, ethnolinguistics, intercultural communication, cultural mindset, cultural code АННОТАЦИЯ. В данной статье рассматривается роль гастрономических единиц в контексте лингвокультурологии, этнолингвистики и межкультурной коммуникации. Фразеологизмы, связанные с едой, анализируются как лингвокультурные феномены, отражающие повседневную жизнь, мировоззрение и культурные традиции Выпуск журнала №-28 Часть–5_Июнь –2025 236 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT народа. Особое внимание уделяется их семантическим особенностям, функциям в межкультурном диалоге, проблемам перевода и пониманию культурных кодов. Ключевые слова: гастрономические единицы, фразеологизмы, лингвокультурология, этнолингвистика, межкультурная коммуникация, народное сознание, культурный код Tilning frazeologik tizimi, xususan, oziq-ovqat bilan bog‘liq iboralar xalqning hayot tarzi, qadriyatlari va tafakkur tarzini yoritishda muhim vositalardan biri sanaladi. Ayniqsa, gastronomik frazeologizmlar madaniy an’analar, ijtimoiy me’yorlar va tarixiy kontekstlarni o‘zida mujassam etgan holda, milliy ongning ifoda vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu kabi iboralar xalq tilida oddiygina nutqiy vosita emas, balki etnomadaniy xotiraning saqlovchisi sifatida ham namoyon bo‘ladi. Gastronomik frazeologizmlar – bu tilda oziq-ovqat, ovqatlanish jarayoni yoki oshxona an’analariga bog‘liq ravishda shakllangan barqaror iboralardir. Ular xalqning kundalik hayoti, turmush tarzi, ijtimoiy qadriyatlari va madaniy urf- odatlarini ifodalovchi muhim lingvomadaniy birliklardir. Bunday iboralar orqali nafaqat ma’lum bir semantik ma’lumot, balki xalqning dunyoqarashi, axloqiy tamoyillari va tarixiy xotirasi ham ifodalanadi. Til – bu jamiyat ruhining aksidir. Ayniqsa, gastronomik birliklar, ya’ni oziq-ovqat va ovqatlanish jarayoniga oid iboralar xalqning kundalik hayoti, turmush tarzi, ijtimoiy qadriyatlari hamda madaniy urf-odatlarini ifodalovchi muhim lingvomadaniy birliklar hisoblanadi. Ushbu iboralar tilda shunchaki so‘z birikmasi sifatida emas, balki xalq tafakkuri, tarixiy tajribasi va milliy mentalitetining tilda mujassam bo‘lgan timsollari sifatida namoyon bo‘ladi. Gastronomik birliklar madaniyatlararo farqlarni anglashda ham muhim rol o‘ynaydi. Chunki har bir xalqning milliy oshxonasi, ovqatga bo‘lgan munosabati, taomlar nomi va ular bilan bog‘liq iboralar — bu xalqning o‘ziga xos tarixiy-madaniy kodlaridir. Shu bois ularni etnolingvistik va madaniy tilshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganish orqali biz milliy tafakkur va madaniyat haqida aniq tasavvurga ega bo‘lamiz. Har bir millatning ovqatga, mehmondo‘stlikka, ro‘zg‘or va dasturxonga bo‘lgan munosabati ularning tilida aks Выпуск журнала №-28 Часть–5_Июнь –2025 237 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT etgan. Masalan, o‘zbek tilida “non ko‘rmagan” iborasi nafaqat shaxsiy xulq-atvorga berilgan baho, balki nonning muqaddasligi orqali xalqning dunyoqarashi haqida ham ma’lumot beradi. Fransuz tilida esa “mettre son grain de sel” (ya’ni “tuz donasini solmoq”) iborasi birovning ishi yoki suhbatiga aralashishni bildiradi. Ingliz tilida “that’s not my cup of tea” iborasi kimningdir didiga to‘g‘ri kelmaydigan narsani ifodalaydi. Bu iboralar turli xalqlarning oziq-ovqat metaforalari orqali qanday fikrlashlarini ko‘rsatadi. Gastronomik birliklar orqali madaniyatlararo farqlarni tahlil qilish, bir tomondan, tilshunoslik va madaniyatshunoslik uchun muhim manba bo‘lsa, boshqa tomondan intermadaniy muloqot uchun ham zarur vositadir. Chunki bu birliklar noto‘g‘ri talqin etilsa, madaniy tushunmovchilik yoki kommunikativ xatoliklarga olib kelishi mumkin. Masalan, o‘zbek tilidagi “osh bo‘ldi” iborasi “biror narsa nihoyasiga yetdi, tamom bo‘ldi” degan ma’noni anglatsa-da, buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilish xorijlik kishi uchun chalkash bo‘lishi mumkin. Shu sababli, lingvomadaniyatshunoslik, etnolingvistika va intermadaniy kommunikatsiya sohalarida gastronomik birliklar chuqur o‘rganiladi. Ular xalqning dunyoqarashi, estetik qarashlari, ijtimoiy munosabatlari haqida muhim dalillarni taqdim etadi. Bu tahlillar nafaqat tilni chuqurroq tushunishga, balki boshqa millat madaniyatiga hurmat bilan qarashga ham xizmat qiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek,tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari orasida lingvomadaniyatshunoslik, etnolingvistika va intermadaniy kommunikatsiya alohida o‘rin egallaydi. Bu fanlar tildagi birliklarni nafaqat grammatik yoki semantik darajada, balki ularning madaniy, ijtimoiy, tarixiy va p

Доказательный фрагмент

«This article explores the role of gastronomic expressions within the fields of cultural linguistics, ethnolinguistics, and intercultural communication.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the role of gastronomic expressions within the fields of cultural linguistics, ethnolinguistics, and intercultural communication. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
gastronomic expressions, phraseology, cultural linguistics, gastronomik birliklar, etnolingvistika, frazeologizm, lingvomadaniyatshunoslik, madaniyatlararo kommunikatsiya, madaniy kod, xalq tafakkuri
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники