К содержанию
РецензированоRU1997

ZAMONAVIY TARBIYA TEXNOLOGIYALARI KLASSIFIKATSIYASI

O’ktamova Nasibaxon Najimitdinxon qizi · ANNOTATSIYA: Ushbu maqola Z-avlod (--yillarda

Современное образование и развитие · 1997

Аннотация

Данная статья посвящена психологическим особенностям поколения Z (родившихся в 1997-2012 гг.) и эффективным методам работы с ними. В ней анализируются такие ключевые характеристики поколения Z, как технологическая адаптивность, многозадачность, склонность к индивидуальному подходу. В статье предлагаются инновационные методы, включая цифровые образовательные инструменты, геймификацию и микрообучение. Это практическое руководство для преподавателей, родителей и менеджеров. Ключевые слова: поколение Z, цифровое поколение, интерактивное обучение, геймификация, микрообучение, персонализированное образование, SEL, VR/AR, психическое здоровье. Zamonaviy texnologiyalar, globalizatsiya va ijtimoiy o‘zgarishlar ta’sirida bolalar va o‘smirlarning psixologiyasi, qiziqishlari va tarbiyaviy ehtiyojlari sezilarli darajada o‘zgargan. Bugungi zamonaviy o‘quvchilar – Z-avlod (1997-2012 yillarda tug‘ilganlar) va Alfa-avlod (2013-yildan keyin tug‘ilganlar) – avvalgi avlodlardan keskin farq qiladi. Ular raqamli dunyoda o‘sgan, tez o‘zgaruvchan muhitda yashaydigan va an’anaviy tarbiya usullariga boshqacha munosabatda bo‘lgan avloddir. Ushbu maqolada Z-avlod o‘quvchilarining psixologik xususiyatlari, ular bilan ishlashning samarali metodlari va zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan innovatsion yondashuvlar haqida so‘z yuritamiz. Z-avlod (1997–2012-yillarda tugʻilganlar), shuningdek, "Zoomers" nomi bilan ham tanilgan, texnologik taraqqiyot, globalizatsiya va ijtimoiy o‘zgarishlar taʼsirida shakllangan birincha to‘liq raqamli avlod hisoblanadi. Выпуск журнала №-28 Часть–5_Июнь –2025 279 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Z-avlod aʼzolari internet, smartfonlar va ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan davrda o‘sgan. Ularning hayotiy faoliyati texnologiyasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi: Harakatning tezligi: Maʼlumotlarni tez qabul qilish va qayta ishlashga moslashgan. Ko‘p manbalardan o‘rganish: Bir vaqtning o‘zida YouTube, Telegram, Instagram va boshqa platformalardan bilim olish. Virtual munosabatlar: Do‘stlik va aloqalarni asosan internet orqali saqlash. Z-avlod bir nechta ishlarni parallel ravishda bajarishga qodir, masalan: Musiqa tinglash bilan bir vaqtda uy vazifasini qilish, Video dars ko‘rib chatda suhbatlashish. Muammo: Chuqur fokuslanish vaqt qisqargan, diqqatni uzoq vaqt saqlash qiyin. Z-avlod (Zoomers) – texnologiya, tezkor o‘zgarishlar va global miqyosdagi qadriyatlar taʼsirida shakllangan avlod. Ularga taʼlim, tarbiya yoki biznes sohasida muvaffaqiyatli murojaat qilish uchun quyidagi usullarni qo‘llash samarali bo‘ladi: 1. Texnologiyalarni keng qo‘llash. Z-avlod raqamli asrda o‘sgani uchun anʼanaviy usullar unchalik samara bermaydi. Interaktiv platformalar: Kahoot!, Mentimeter, Quizizz kabi ilovalar orqali testlar va o‘yinlar tashkil etish. Virtual reallik (VR/AR): Tarix, biologiya kabi fanlarni immersive tarzda o‘rgatish. Video kontent: YouTube, TikTok formatidagi qisqa, ammo mazmunli darsliklar. Chatbotlar va AI: ChatGPT yoki Gemini kabi sunʼiy intellekt vositalaridan bilim olish jarayonini yengillashtirishda foydalanish. 2. O‘quv jarayonini shaxsiylashtirish. Z-avlod standart yondashuvlardan ko‘ra individual talabga moslashtirilgan taʼlimni afzal ko‘radi. Выпуск журнала №-28 Часть–5_Июнь –2025 280 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Shaxsiy o‘quv rejalari: Har bir o‘quvchining qobiliyati va qiziqishlariga mos dasturlar ishlab chiqish. Gamifikatsiya: Ballar, darajalar, mukofotlar tizimi orqali motivatsiyani oshirish (masalan, Duolingo modeli). Tanlov erkinligi: Dars mavzularini o‘zlashtirishda turli formatlarni taklif qilish (video, podcast, loyiha). 3. Qisqa va samarali dars tuzilmalari. Z-avlodning diqqatini saqlash muddati qisqa (8-12 soniya), shuning uchun: Mikro-o‘rganish (Microlearning): 5-10 daqiqalik modulli darslar. Tezkor natijalar: Har bir darsda aniq va amaliy bilimlar berish. Aktiv o‘rganish usullari: Sokrat usuli, muammoli taʼlim (PBL), diskussiyalar. 4. Ijtimoiy va emotsional taʼlim (SEL). Z-avlod ijtimoiy jihatdan faol, lekin baʼzan munosabatlar va stress bilan bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga keladi. Jamoa loyihalari: Guruh ishlari orqali kommunikatsiya qobiliyatini oshirish. Emotsional intellekt treninglari: Stressni boshqarish, empatiya va munosabatlar bo‘yicha mashqlar. Ochiq muhokamalar: Mental salomatlik, ijtimoiy adolat kabi mavzularda dialog ochish. 5. Real dunyo va taʼlimni bog‘lash. Z-avlod nazariyadan ko‘ra amaliy bilimlarni afzal ko‘radi. Loyihalar asosida o‘rganish: Startup g‘oyalari, ijodiy ishlar, ijodiy laboratoriyalar. Karyera yo‘nalishlari: Darslarni kelajakdagi kasblar bilan bog‘lab o‘tish (masalan, sunʼiy intellekt, dizayn, media). Tajriba almashish: Profressionallar bilan webinar va master-klasslar tashkil etish. 6. Ota-onalar va o‘qituvchilar hamkorligi. Выпуск журнала №-28 Часть–5_Июнь –2025 281 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Doimiy feedback: O‘quvchi, ota-ona va o‘qituvchi o‘rtasida muntazam aloqa. Rag‘batlantirish: Kichik muvaffaqiyatlarni eʼtirof etish va ijobiy motivats

Доказательный фрагмент

«Данная статья посвящена психологическим особенностям поколения Z (родившихся в 1997-2012 гг.) и эффективным методам работы с ними.»

Образец извлечения

Демо-превью

Данная статья посвящена психологическим особенностям поколения Z (родившихся в 1997-2012 гг.) и эффективным методам работы с ними. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Generation Z, digital generation, interactive learning, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, innovatsion tarbiya, gamifikatsiya, axborot-kommunikatsion texnologiyalar, interaktiv metodlar, media tarbiya, tarbiya texnologiyalari, zamonaviy pedagogika., tarbiyaviy jarayon, loyiha asosida o‘qitish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники