Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Noan'anaviy energiya manbalaridan foydalanish
T.Qayumov
Учебная литература · 2021
Аннотация
Insoniyat hayoti davomida tabiat tomonidan minglab yillarda tо‘plangan energiyadan foydalanib kelinmoqda. Bunda ushbu energiyadan foydalanish usullari, undan maksimal samaradarlik olish maqsadida doimo takomillashib bormoqda. Energetika insoniyat hayotida muhim rol о‘ynaydi. Inson faoliyatining barcha turlari energiya sarfi bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan inson о‘zining evolyutsion rivojlanishining navbatdagi о‘rami shamol va suv energiyasidan foydalanishga olib keldi, natijada birinchi suv va shamol tegirmonlari, suvcharxpalaklari, о‘z harakati uchun shamol kuchidan foydalanuvchi yelkanli kemalar paydo bо‘ldi. XVIII asrda о‘tin yoki kо‘mirni yoqish natijasida hosil bо‘lgan issiqlik energiyasini mexanik harakati energiyasiga aylantiruvchi bug‘ mashinalari ixtiro qilindi. XIX asrda volt yoki, elektr yoritish kashf qilindi. Elektrodvigatel, undan keyin esa elektr generator ixtiro qilinishlari elektr asri boshlanishiga olib keldi. XX asr insoniyat tomonidan energiya ishlab chiqarish va undan foydalanish usullarini о‘zgartirish bо‘yicha haqiqiy inqilobni amalga oshirish asri bо‘ldi. Yaa’ni, juda yuqori quvvatli issiqlik, gidravlik va atom elektr stansiyalari, yuqori va о‘ta yuqori hamda ultra yuqori kuchlanishga ega bо‘lgan elektr energiyasini uzatuvchi liniyalar qurish. Ilm – fanning о‘sib borishi natijasida elektr energiyasini ishlab chiqarish, о‘zgartirish va uzatishning yangidan-yangi turlari ishlab chiqilmoqda (boshqaruvchi termoyadro reaksiyasi magnit gidrodinamik generator, о‘ta о‘tkazuvchan turbogenerator va shunga о‘xshash). Katta quvvatli energiya tizimlari barpo qilinmoqda, shu bilan birga katta quvvatli neft va gaz taminoti tizimlari paydo bо‘lmoqda
Доказательный фрагмент
«Insoniyat hayoti davomida tabiat tomonidan minglab yillarda tо‘plangan energiyadan foydalanib kelinmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюInsoniyat hayoti davomida tabiat tomonidan minglab yillarda tо‘plangan energiyadan foydalanib kelinmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025