К содержанию
РецензированоUZ2024

VOYAGA YETMAGANLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHGA QARATILAYOTGAN CHORA-TADBIRLAR: IJTIMOIY PROFILAKTIKADAN INNOVATSION YONDASHUVLARGACHA

IJTIMOIY PROFILAKTIKADAN INNOVATSION · Ko’chkinova Adolat Gulmurod qizi

Современное образование и развитие · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning sabablari, uning jamiyatga salbiy ta'siri, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, profilaktik tadbirlar, huquqiy targ‘ibot ishlari va muqobil tarbiya metodlari haqida ma’lumotlar keltiriladi. Maqolada yoshlarning ijtimoiy muhitdagi o‘rni, maktab va mahalla institutlarining hamkorligi ham alohida e’tiborga olinadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, huquqiy va psixologik yordam, hamda innovatsion yondashuvlar orqali yoshlar orasida jinoyatchilikni kamaytirish maqsadida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar:voyaga yetmaganlar, jinoyatchilik, profilaktika, huquqiy tarbiya, yoshlar siyosati, jinoyatning oldini olish, maktab-mahalla hamkorligi. So‘nggi yillarda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish masalasi dolzarb mavzulardan biriga aylangan. Bu holat nafaqat jinoyat sodir etilganidan keyin chora ko‘rishni, balki jinoyatlarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etishni taqozo etmoqda. Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatga moyillikning asosiy sabablari qatoriga oilaviy muhitdagi beparvolik, nazoratning yetishmasligi, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning og‘irligi, maktab va mahalla tizimining zaif hamkorligi, axborot texnologiyalarining noto‘g‘ri ta’siri kiradi.2024–2025-yillarda O‘zbekistonda qabul Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 57 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT qilingan “Yoshlar va bolalar masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi” qarorlariga muvofiq, quyidagi asosiy yo‘nalishlarda chora-tadbirlar kuchaytirilmoqda: 1. Huquqiy targ‘ibot va ma’rifiy ishlar – Maktablarda huquqiy bilimlar darslari, sudyalarning, huquqshunoslarning ishtirokidagi ochiq muloqotlar va seminarlar tashkil etilmoqda. 2. Mahalla va maktab hamkorligi – Har bir o‘quvchining oilaviy sharoitlari o‘rganilib, ehtiyojmand oila farzandlari bilan individual ishlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda. 3. Psixologik xizmatlar faoliyati – Maktab va kollej psixologlari tomonidan muntazam monitoring olib borilib, xavf ostidagi bolalar aniqlanmoqda. 4. Ish bilan bandlikni ta’minlash va ijtimoiy loyihalar – Ijtimoiy moslashuv markazlari orqali voyaga yetmaganlarga kasb-hunar o‘rgatish, sport to‘garaklariga jalb etish choralari ko‘rilmoqda. 5. Jinoyatchilik xavfi yuqori hududlarda nazoratni kuchaytirish – “Yoshlar daftariga” kiritilgan o‘smirlar bilan ichki ishlar organlari, psixologlar va mahalla faollari tomonidan muntazam ishlanmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi takomillashmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 5-fevraldagi qaroriga asosan, Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari Milliy gvardiya tarkibiga o‘tkazildi. Bu o‘zgarish yoshlar bilan ishlashda yangi yondashuvlarni joriy etishga imkon yaratdi . 1. Huquqiy va psixologik yordam: Milliy gvardiya tarkibida tashkil etilgan Bolalar bilan ishlash boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan maktablarda axloqiy-psixologik muhitni yaxshilash, o‘quvchilar o‘rtasida nazoratsizlikni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish, ularda qonunbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda . 2. Innovatsion yondashuvlar: Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 58 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Toshkent shahri Chilonzor tumanida og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan 14- 18 yoshdagi bolalar uchun maxsus reabilitatsiya dasturlari ishlab chiqildi. Ushbu dasturlar bola va uning oilasi ehtiyojlarini inobatga olib, huquqbuzarlikni sodir etgan bolaning xulqini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi. Bu yondashuv dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ijobiy natijalarni bergan . 3. Maktab-mahalla hamkorligi: Mahallalarda yoshlar bilan ishlashda maktab va mahalla institutlarining hamkorligi kuchaytirilgan. O‘quvchilarning darslarga qatnashini nazorat qilish, ota- onalar bilan ishlash, va yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilmoqda. Bu jarayonda mahalla yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari o‘rtasida tezkor ma’lumot almashinuvi va amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan . Xulosa Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, avvalo, ularning salbiy yo‘llarga kirib ketishiga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish bilan chambarchas bog‘liq. Tizimli yondashuv, mahalla-maktab-oila uchligi, huquqiy madaniyatni oshirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash vositalari orqali bu yo‘nalishda ijobiy siljishlarga erishilmoqda. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishda tizimli yondashuv, huquqiy va psixologik yordam, innovatsion reabilitatsiya dasturlari va maktab-mahalla hamkorligi muhim aha

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning sabablari, uning jamiyatga salbiy ta'siri, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning sabablari, uning jamiyatga salbiy ta'siri, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquqiy tarbiya, profilaktika, voyaga yetmaganlar, yoshlar siyosati, maktab-mahalla hamkorligi., jinoyatning oldini olish, jinoyatchilik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники