К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING KONSTITUTSIYAVIY BURCHLARI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING · KONSTITUTSIYAVIY BURCHLARI · Ko’chkinova Adolat Gulmurod qizi · Annotatsiya:Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga · Kalit so‘zlar: O‘zbekiston Respublikasi · O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, mamlakatimizning asosiy · O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asoslanib, fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlarini tahlil qiladi. Maqolada fuqarolarning davlat va jamiyat oldidagi majburiyatlari, ularning huquqiy asoslari va amaldagi qonunlar bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, fuqarolarning burchlarini bajarishning ahamiyati va bu burchlarning jamiyatdagi o‘rni yoritiladi. Kalit so‘zlar: O‘zbekiston Respublikasi,Konstitutsiya,fuqarolar burchlari,huquqiy majburiyatlar, davlat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar, jamiyatdagi tartib va barqarorlik, javobgarlik mexanizmlari,huquqiy kafolatlar. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, mamlakatimizning asosiy huquqiy hujjati bo‘lib, fuqarolar va davlat o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni belgilaydi. Konstitutsiyaning XI bobida fuqarolarning burchlari alohida ta’kidlangan bo‘lib, bu burchlar fuqarolarning davlat va jamiyat oldidagi majburiyatlarini aks ettiradi. Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajaradilar. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 59-modda 1. Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish Konstitutsiyaning 60-moddasiga ko‘ra, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar . Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 61 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 2. Tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni asrab-avaylash Konstitutsiyaning 61-moddasiga ko’ra,Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart. Tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi. 3. Atrof-muhitni asrash Konstitutsiyaning 62-moddasiga ko’ra,Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar 4. Soliqlarni to‘lash Konstitutsiyaning 62-moddasiga ko’ra,Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart. Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak. 5. O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish Konstitutsiyaning 62-moddasiga ko’ra,O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar . Fuqarolarning burchlarini bajarishning huquqiy kafolatlari Konstitutsiyaning 54-moddasiga asosan, Insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadidir. Davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi. Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli. Har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 62 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilishi huquqi kafolatlanadi. Har kim O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli. Har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega. Javobgarlik mexanizmlari Jinoyat kodeksining 194-moddasiga muvofiq, Atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko‘rsatish Maxsus vakolatga ega mansabdor shaxslar tomonidan zararli ekologik oqibatlarni keltirib chiqargan halokatlar yoki atrof tabiiy muhitning radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriyaviy ifloslanganligi yoxud odam hayoti yoki sog‘lig‘i, tirik tabiat uchun xavfli bo‘lgan boshqacha tarzda ifloslanganligi haqidagi yoxud aholi salomatligining holatiga doir ma’lumotlarni qasddan yashirilishi yoki buzib taqdim etilishi aholining ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. O‘sha qilmishlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, — muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 63 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Fuqarolar k

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asoslanib, fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlarini tahlil qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asoslanib, fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlarini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jamiyatdagi tartib va barqarorlik, O‘zbekiston Respublikasi, Konstitutsiya, fuqarolar burchlari, javobgarlik mexanizmlari, huquqiy kafolatlar., huquqiy majburiyatlar, davlat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники