Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JINOYAT QONUNCHILIGIDA JAZO TUSHUNCHASI, MAQSADLARI VA TURLARI
MAQSADLARI VA TURLARI · Ko’chkinova Adolat Gulmurod qizi · Annotatsiya:Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining jinoyat
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligida jazo tushunchasi, uning maqsadlari va turlari to‘g‘risida umumiy ma'lumot beradi. Maqolada jazo tushunchasi, jazo qo’llash tartibi , maqsad va vazifalari keltirib o’tilgan. Kalit so‘zlar:Jinoyat qonunchiligi, jazo tushunchasi, jazo maqsadlari, jazo turlari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, jinoyatchilikni oldini olish, jinoyatchini tuzatish va qayta tarbiyalash , jamiyatni himoya qilish. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 42-moddasiga ko‘ra, jazo — bu jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan davlat tomonidan sud hukmi asosida qo‘llaniladigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir. Jazo faqat sud tomonidan tayinlanadi va u faqat jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi. Jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga to‘sqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. Jinoyat kodeksining 43-moddasida Jazo tizimi belgilab qo’yilgan; Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin: a) jarima; b) muayyan huquqdan mahrum qilish; b1) majburiy jamoat ishlari; Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 65 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT v) axloq tuzatish ishlari; g) xizmat bo‘yicha cheklash; d1) ozodlikni cheklash; e) intizomiy qismga jo‘natish; j) ozodlikdan mahrum qilish; z) umrbod ozodlikdan mahrum qilish. Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qo‘shimcha jazo ham qo‘llanilishi mumkin. Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi. Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qo‘shimcha jazo tariqasida ham qo‘llanilishi mumkin. Jarima -aybdordan davlat daromadiga belgilangan miqdorda pul undirishdir. Jarima bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda belgilanadi. Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda to‘lashdan bo‘yin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlar mobaynida jarimani undirishning imkoni bo‘lmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima to‘lanmagan yoki jarimani bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari buzilgan taqdirda, sud jarimaning to‘lanmagan miqdorini majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bunday holda majburiy jamoat ishlarining ikki yarim soati bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, to‘rt yuz sakson soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga, axloq tuzatish ishlarining, xizmat bo‘yicha cheklashning, ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning har bir oyi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n olti baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga tayinlanadi. Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 66 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Muayyan huquqdan mahrum qilish Jinoyat Kodeksining 45-moddasiga muvofiq Shaxsni muayyan huquqdan mahrum qilish sud tayinlagan muddat davomida aybdorning korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallashini yoxud u yoki bu faoliyat bilan shug‘ullanishini taqiqlashdan iboratdir. Ana shunday mansab yoki faoliyatning turi sud tomonidan ayblov hukmida ko‘rsatiladi. Muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorning mansabi yoki ish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan jinoyatni sodir etganligi uchun asosiy jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan besh yilgacha muddatga, qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan uch yilgacha muddatga belgilanadi. Agar muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorga asosiy jazo tariqasida tayinlanmagan bo‘lsa, bunday jazo sud tomonidan ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan har qanday turdagi jazoga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanishi mumkin. Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish jazosiga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlangan bo‘lsa, asosiy jazoning butun muddatiga, bundan tashqari sud hukmi bilan tayinlangan muddatga joriy etiladi. Bu jazo boshqa asosiy jazolarga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanganda va mahkum shartli hukm qilinganda uning muddati hukm qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga nisbatan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanmaydi, bundan odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan hollar mustasno. 451-modda. Majburiy jamoat ishlari Majburiy ja
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligida jazo tushunchasi, uning maqsadlari va turlari to‘g‘risida umumiy ma'lumot beradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligida jazo tushunchasi, uning maqsadlari va turlari to‘g‘risida umumiy ma'lumot beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, jazo turlari, Jinoyat qonunchiligi, jazo maqsadlari, jinoyatchini tuzatish va qayta tarbiyalash, jinoyatchilikni oldini olish, jamiyatni himoya qilish., jazo tushunchasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025