К содержанию
РецензированоUZ2025

BARVAQT HOMILADORLIK OLDINI OLISH

ASHURALIYEVA FOTIMAXON MUXTOROVNA · EARLY PREGNANCY PREVENTION

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada barvaqt homiladorlik oldini olish to‘g‘risidagi masalalar bayon etilgan. Kalit so’zlar: Ovulyatsiya, kontrasepsiya, garmon, biologik usul, laktatsion amenoreya, prezervativ, bachadon ichi vositalari, Simpotermal usul EARLY PREGNANCY PREVENTION Annotation: This article describes the issues of early pregnancy prevention. Keywords: Ovulation, contraception, harmony, biological method, lactational amenorrhea, condom, intrauterine agents, sympothermal method Homiladorlikdan saqlanish, boʻyida boʻlishdan saqlanish — istalmagan homiladorlikka yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlari. Homiladorlikdan saqlanishning tabiiy va sunʼiy usullari mavjud. Homiladorlikdan saqlanishning tabiiy usullari. Zamonaviy ma’lumotlarga ko’ra, tuxum hujayra ovulyatsiyadan keyin o’rtacha olti soatdan bir sutkagacha urug’lanish qobiliyatini saqlab turadi. Spermatozoidlar ayol jinsiy a’zolarida 2-8 kungacha yashashga qodir, lekin tuxumni urug’lantirish qobiliyatiga faqatgina bachadonda va bachadon nayida olti-yetti soat bo’lganidan so’ng erishadi. Ovulyatsiya (lot. ovulla — tuxumcha) — gormonlar darajasidagi o’zgarish, yetilgan follikulaning yorilishi natijasida tuxum hujayraning tuxumdonlardan bachadon nayiga chiqishi hisoblanib, odatda har bir hayz davrida bir marta sodir bo’ladigan jarayondir. Ovulyatsiya vaqti keyingi hayz boshlanishidan 12-16 kun oldin sodir bo’ladi. Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 181 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT OVULYASIYA NIMA? Ovulyatsiya — gormon darajalari o’garishi tufayli tuxumdon tuxum hujayrani chiqarishi jarayoni; Homilador bo’lish uchun spermatozoid tuxum hujayrani uchratishi va uni urug’lantirishi kerak; Ovulyatsiya odatda lyuteinlovchi gormon (LG) keskin ko’tarilishidan 24-36 soat o’tib sodir bo’ladi, shuning uchun LG ko’tarilishini aniqlash sizga ovulyatsiya qachon boshlanishini tushunishga yordam beradi; Spermatozoidlar besh kungacha faol qolishi mumkin, shuning uchun juftliklar tuxum hujayra ozod qilinishidan oldin jinsiy aloqa qilgan bo’lishsa ham homiladorlik sodir bo’lishi mumkin. Ovulyatsiya yaqinlashishi bilan ayol organizmi ko’proq estrogen gormonini ishlab chiqara boshlaydi. Bu gormon bachadon shilliq qavatining qalinlashishiga olib keladi va sperma uchun qulay muhit yaratishga yordam beradi. Yuqori estrogen o’z navbatida boshqa bir gormon — lyuteinlovchi gormonning (LG) keskin darajada ortishiga sabab bo’ladi. LGning birdan ko’tarilishi tuxumdondan tuxum hujayralarning ozod bo’lishiga olib keladi, bu jarayon ovulyatsiya deb ataladi. Tuxum hujayra ovulyatsiyadan keyin faqatgina 24 soat ichida urug’lantirilishi mumkin. Agar u urug’lantirilmasa, bachadon qobiq shilliq qavati rad etilishi sodir Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 182 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bo’ladi (tuxum hujayra bilan birga) va ayolda hayz boshlanadi. Ushbu vaqtda navbatdagi hayz sikli boshlanadi. Buning mazmuni: ovulyatsiyadan sakkiz kun oldin va ovulyatsiya kuni himoyalanmagan jinsiy aloqa qilish homiladorlikka olib kelishi mumkin. Bu nazariy jihatdan. Amalda — siklning har qanday kunida homilador bo’lib qolish mumkin. Chunki insonda nafaqat barmoq izlari va ko’z rangi, balki uning o’zi va jinsiy hujayralarining hayot davomiyligi ham individualdir. Shu sababli, istalmagan homiladorlikdan hayz siklning har qanday kunida himoyalanish kerak! Ammo hayotda vaziyat turlicha bo’ladi. Birinchisi — oila va farzandlarni hali rejalashtirmayotganlar. Ikkinchisi — yosh oilalar, ammo ular hozirda mavjud farzandlari hali juda yosh ekanligi sababli farzand rejalashtirmayotgan bo’lishadi. Agar birinchi holat uchun kontratseptsiyaning eng ishonchli usuli kerak bo’lsa, ikkinchi holatda homiladorlikdan tabiiy saqanish usullarini qo’llab ko’rish mumkin. BIOLOGIK (YOKI TAQVIMIY) KONTRATSEPTSIYA USULI Biologik usul — periovulyator kunlarda (ovulyatsiyaga yaqin kunlar) jinsiy aloqadan davriy saqlanish yoki himoyalanishga asoslanadi. Ovulyatsiyadan sakkiz kun oldin va ovulyatsiyadan 3-4 kun keyin jinsiy aloqadan saqlanish yoki samaraliroq himoyalanish usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bu usul faqat normal hayz sikliga ega bo’lgan ayollarga mos keladi. Shuningdek bazal haroratni o’lchash uchun erinmaslik talab etiladi. Har kuni ertalab, bir xil vaqtda, to’shakdan turmasdan oddiy termometr bilan to’g’ri ichak haroratini o’lchash va qayd qilib borish kerak. Biologik usuldan (boshqa nomlari kalendar, ritmik yoki simptotermal usul) foydalanishga qaror qilganlar, ovulyatsiya va hayz ko’rishning boshlanishi ayolning hissiy holatiga, stresslar, infektsion kasalliklar, iqlim sharoitlariga qarab o’zgarishi mumkinligini yodda tutish kerak. Shuning uchun, biologik usulning ishonchliligini ta’minlash uchun, urug’lantirish uchun qulay bo’lgan vaqtning egrisini ikki kun oldin va ikki kun keyinga surish kerak. Bu ovulyatsiyadan o’n kun oldin va besh kun keyin jinsiy aloqadan saqlanish deganidir. Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 183 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Natijada jinsiy hayot uchun bir oyda jami o’n besh kun qolmo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada barvaqt homiladorlik oldini olish to‘g‘risidagi masalalar bayon etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada barvaqt homiladorlik oldini olish to‘g‘risidagi masalalar bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ovulation, contraception, harmony, biological method, lactational, biologik usul, kontrasepsiya, laktatsion amenoreya, bachadon ichi vositalari, Simpotermal usul, Ovulyatsiya, prezervativ, garmon
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники