К содержанию
РецензированоUZ2025

VENAGA KATTA MIQDORDAGI SUYUQLIKLARNI TOMCHILAB YUBORISH

TOMCHILAB YUBORISH · Rashidova Naimaxon Muhammadovna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Venaga katta miqdordagi suyuqliklarni tomchilab yuborish to‘g‘risidagi masalalar aytib o’tilgan.. Kalit so’zlar: osmotik bosim, venapunksiya, sistema, flakon , tomizg’ich, vena trombozi, eritma, tromboflebit, infiltrat. Intravenous administration of large amounts of fluids. Annotation: This article describes the issues of intravenous administration of large amounts of fluids. Keywords: osmotic pressure, venipuncture, system, vial, dropper, venous thrombosis, solution, thrombophlebitis, infiltrate. Tomchilab yuborish usuli organizmning kasallikka qarshiligini tezda oshirish yoki unda yig’ilib qolgan zaharlarni chiqarib tashlash zarur bo’lganda katta miqdordagi suyuqliklarni (kuniga bir necha litrgacha) kiritish talab etilganda qo’llaniladi. Kiritiladigan suyuqliklarning tarkibi qonning osmotik bosimini o’zgartirmaydigan, tarkibida kuchli ta’sir qiladigan vositalar bo’lmagan, qunt bilan sterilizatsiya qilingan va 40°C gacha isitilgan bo’lishi kerak. Venaga dorilar quyish uchun zarur asboblar: shisha idish va tomchilab dori quyish uchun sistema, qon to’xtatuvchi 1-2 qisqich, vintli qisqich, venalarni punksiya qilish uchun turli kalibrdagi 3-4 ta ignalar, tomizg’ichdan pastga, sistemaga havo kirishini o’z vaqtida payqash va havo emboliyasiga yo’l qo’ymaslik uchun tekshirish oynasi kiritilishi shart. Rezina naychalarni shisha qismlariga zich qilib kiygizish lozim. Sistema (ampula yoki flakon, Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 186 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT tomizg’ich, rezina naychalar) hech qayerdan suyuqlik chiqarmasligi yoki havo tortmasligi, ya’ni germetik bo’lishi kerak. Dori quyish sistemalari odatda oldindan tayyorlab qo’yiladi va yig’ilgan holda, har bir sistemani alohida choyshabga o’rab, avtoklavda sterillanadi. Sistema sterillangandan so’ng 1-2 kungacha yaroqli bo’ladi.Bir marta foydalaniladigan sistemalar qon, qon o’rnini bosuvchi suyuqliklar, gipertonik va dori eritmalarini quyish uchun tobora keng qo’llanilmoqda. Sistemalar toksinsiz plastmassadan tayyorlanadi, tayyorlab chiqargan zavod tomonidan sterillanadi va seriyasi hamda sterillangan kuni ko’rsatilgan steril o’ramda chiqariladi. Bu sistemalar rezina qopqoq bilan berkitilgan flakonlardan bir marta dori quyish uchun mo’ljallangan. Sistema havoni flakonga tushirish uchun ignasi bo’lgan kalta naycha va tomizg’ichli uzun naychadan iborat. Kalta naychaning bir uchida igna, ikkinchi uchida changni tutib qolish filtri bor. Uzun naychaning bir uchida flakonning rezina qopqog’ni teshish uchun igna, ikkinchisida - venaga kiritiladigan ignaga boradigan kanyulya bo’ladi. Ignalar maxsus qalpoqchalarda saqlanadi. Sistemani qo’llashdan avval o’ram paketining zichligi va qalpoqchadagi ignalarning bus-butunligi tekshiriladi. Sistema o’ram paketi yirtib ochiladi va uni qalpoqchalari va ignalarini bo’shatmay turib chiqariladi. Flakon ichidagi modda aralashtirilgandan so’ng qopqog’ini spirt yoki yod bilan artiladi va ignani imkon boricha qopqoq ichkarisiga kiritiladi. Ignaning tarmoq naychasini flakon devoriga parallel holda mahkamlanadi. Tomizg’ichga yaqin igna ozod qilingandan so’ng uni ham qopqoq orqali flakonga kiritiladi, bunda sistemani tomizg’ichdan yuqori paketdagi plastinkasimon qisqich bilan berkitiladi. Flakonning tubi yuqoriga ko’tariladi, shtativga o’rnatiladi va odatdagicha sistema to’ldiriladi. Tomizg’ichni kapron filtri yuqorida, tomizg’ich va naychasi esa pastda turadigan qilib yuqoriga ko’tarib filtrdan va tomizg’ichdan havoni siqib chiqariladi. Yuboriladigan eritma bilan tomizg’ich yarmigacha to’ldiriladi, so’ngra u pastga tushiriladi va eritma ignadan oqim bo’lib tushgunga qadar qalpoqchani olib, naychaning quyi bo’limidan siqib chiqariladi. Naychaga igna Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 187 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT oldidan qisqich qo’yiladi. Punksiya qilishdan oldin teriga spirt surtiladi yoki uni efir moyi bilan yog’sizlantiriladi, venani punksiya qilish to’g’ri bajarilgan bo’lsa (qonning igna orqali o’tishi), sistema igna bilan tutashtiriladi va venaga eritma yuboriladi. Suyuqlikning teri ostiga tushmayotganligi bir daqiqa mobaynida kuzatib boriladi (bu holda oz-moz shish paydo bo’lishi mumkin), so’ngra ignani vena yo’li bo’ylab yopishqoq plastir bilan mahkamlanadi, punksiya sohasiga esa steril salfetka yopib qo’yiladi. Eritma yuborish vaqtida sistemani doimo kuzatib borish lozim. Eritmani oqim bilan ham yuborish mumkin. Oqim bilan yuborish (ko’pi bilan 500 ml suyuqlik) aylanib yuradigan suyuqlik hajmini tez to’ldirish zarur bo’lib qolganda (operatsiya vaqtida ko’p qon yo’qotish, shok yoki kollapsda) qo’llanadi. Suyuqlik haroratini 40°C atrofida tutib turish uchun suyuqlik oqib keladigan rezina naychaga issiq suvli isitgich qo’yiladi va uning sovib qolmasligi kuzatiladi. Venaga tomchilab dori yuborish uzoq muddat davom etadi, shuning uchun bemorni qulay vaziyatda chalqancha yotqizish, sanchish joyini yumshoq bint bilan bog’lash va tirsak venasidan kichikroq kalibradagi venani (oyoq panjasi venalari yok

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Venaga katta miqdordagi suyuqliklarni tomchilab yuborish to‘g‘risidagi masalalar aytib o’tilgan..»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Venaga katta miqdordagi suyuqliklarni tomchilab yuborish to‘g‘risidagi masalalar aytib o’tilgan.. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
osmotic pressure, venipuncture, system, vial, dropper, venous, eritma, infiltrat., flakon, vena trombozi, osmotik bosim, tromboflebit, tomizg’ich, sistema, venapunksiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники