Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XOLESISTIT — BELGILARI, TURLARI, TEKSHIRISH USULLARI, DAVOLASH VA PARHEZ TUTISH
Usmonova Nigoraxon Isroilovna
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Ichki sekretsiya bezlari. Qalqonsimon bez, qalqonsimon bezning orqa tanachalari, gipofiz bezi tuzilishi. Ayrisimon bez haqida aytib o’tilgan va muallif tomonidan tavsiyalar berilgan. Kalit so’zlar: endokrinologiya, ekzokrin, endokrin ,aralash bezlar, gormon, ayrisimon bez Ichki sekretsiya - organizmdagi har xil aʼzo va toʻqimalarning qonga yoki toʻqima suyuqligiga maxsus moddalar ishlab chiqarishi. Odatda, ichki sekretsiya bezlari (endokrin bezlar) deganda maxsus fiziologik faol moddalar — gormonlarni sintezlab, organizmning bevosita ichki muhiti — qon va toʻqima suyuqligʻiga chiqaruvchi bezlar tushuniladi. Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez yonidagi bezchalar, buyrak usti bezlari, meʼda osti bezining orolcha (inkretor) qismi, jinsiy bezlarning bir qismi, shuningdek, epifiz(gʻurrasimon bez), ayrisimon bez (timus) kiradi. Ichki sekretsiya bezlarining hammasi bir-biriga chambarchas bogʻliq boʻlib, yagona funksional sistemani tashkil etadi, uning faoliyatini nerv sistemasi boshqaradi. https://scientific-jl.com/luch/ 2 5 5 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 Gipotalamus Gipotalamus, o'rta miyaning kichik maydoni hisoblanadi, uni endokrin tizim bilan bog'laydi. Portal vena tizimi orqali u gipofiz bezi bilan aloqada bo'lib, uning gormonlarini chiqarishni tartibga soladi. Xulosa qilib aytganda, u tana haroratini, yurak urishini va buyraklar faoliyatini, shuningdek, ochlik va chanqoqlikni, uyqu ritmini va jinsiy aloqani tartibga soluvchi vositadir. Gipofiz Ichki sekretsiya bezlari orasida alohida oʻrin tutadi. Ichki sekretsiya bezlaridan chiqadigan gormonlar organizmning turli aʼzo va sistemalarini bir- biriga bogʻlaydi, organizm funksiyalarining gumoral yoʻl bilan (suyuqliklar vositasi bilan) boshqarilishida qatnashadi. Ichki sekretsiya bezlarining asosiy vazifasi moddalar almashinuvi, oʻsish, jismoniy taraqqiyot va balogʻatga yetishni boshqarishdan iborat. Gipofiz bezi Endokrin tizimdagi asosiy bez no'xat kattaligidagi gipofiz bezi bo'lib, u o'rta kranial chuqurchada suyak bo'shlig'ida joylashgan va endokrin tizimning ko'p https://scientific-jl.com/luch/ 2 5 6 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 qismini boshqaradi. U gormonlar tizimining markazi bo'lib, boshqa endokrin organlardan ustundir. O'z gormonlarini ishlab chiqarishdan tashqari, u boshqa endokrin bezlarning gormonlarini ishlab chiqarishga ham ta'sir qiladi. Gipofiz bezi mustaqil ravishda ishlaydigan ikkita yarmidan iborat: orqa gipofiz (neyrogipofiz) va oldingi gipofiz (adenopituitar). Organizmning oʻzgarib turadigan tashqi va ichki muhit sharoitiga moslashuvida ichki sekretsiyaning ahamiyati katta. Masalan, gavda temperaturasining refleks yoʻli bilan boshqarilishida gipofiz va qalqonsimon bezdan chiqadigan gormonlar miqdori oʻzgarib turadi. Organizmga infeksiya, intoksikatsiya (zaharlanish), shikastlar, ogʻriq taʼsir etganda, kishi hayajonlanganda va shunga oʻxshash hollarda buyrak usti bezlari, gipofiz va qalqonsimon bez tegishli gormonlarni koʻproq chiqaradi; ayni vaqtda, moddalar almashinuvi kuchayib, yurak urishi tezlashadi, shikastlar yoki intoksikatsiya taʼsirida qon bosimi koʻtariladi va organizmning boshqa bir qancha funksiyasi faolla-shadi, bularning hammasi organizmning oʻzgargan sharoitga moslashuviga yordam beradi. Ichki sekretsiya bezlari garchi bir-biriga taʼsir etsa ham, biror bezning koʻproq zararlangani haqida fikr yuritishga va uning kasalligi haqida gapirishga imkon beradigan muayyan simptomlarni ajratish mumkin. Masalan gipofizning oldingi boʻlagi yetarli ishlamaganda boʻy oʻsmaydi, odam ozib ketadi (kaxeksiya); gipofizning orqadagi boʻlagi yetarli ishlamaganda qandsiz diabet, oldingi boʻlagi kasallanganda gigantizm va akromegaliya roʻy beradi va hokazo. Buyrak usti bezlari poʻstloq qavatining funksiyasi buzilganda bronza kasalligi, ayollarda shu qavat gormonlaridan biri ortiqcha hosil boʻlganda virilizm roʻy beradi. Buyrak usti bezlarining magʻiz qavati zararlanganda adrenalin koʻp ishlanib chiqishi tufayli qon bosimi dapqir-dapqir koʻtariladi, gavda temperaturasi oʻzgarib turadi, qonda qand koʻpayadi (giperglikemiya). Meʼda osti bezining orolcha (inkretor) qismi insulin gormonini kam chiqarganda qandli diabet paydo boʻladi. https://scientific-jl.com/luch/ 2 5 7 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 Orqa gipofiz bezi gipofiz sopi orqali gipotalamus bilan bevosita bog'langan. Tarixiy jihatdan gipotalamusning bir qismi (ya'ni miya) u yerda hosil boʻlgan va umumiy asab aloqasi orqali unga etkazilgan gormonlarni saqlaydi. Oldingi gipofiz bezi bevosita gipotalamus bilan bog'langan. Anterior lobda to'g'ridan-to'g'ri tana to'qimalariga va boshqa bezlarga ta'sir qiluvchi turli xil gormonlar ishlab chiqariladi. Ular gipotalamusda hosil boʻlgan va maxsus tomir orqali oldingi lobga etib boradigan omillar tomonidan nazorat qilinadi. Bundan tashqari, oldingi lob qondagi gormonlarning yuqori darajasiga mustaqil ravishda reaksiyaga kirishadi. Qalqonsimon bezning ortiqcha ishlayotganligi diffuz toksik buqoqda, kam ishlay
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Ichki sekretsiya bezlari.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Ichki sekretsiya bezlari. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ichak mikroflorasi, xolangit, ko’ngil aynishi, og’riq, evakuatsiya., palpatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025