К содержанию
РецензированоEN2025

AHMAD YUGNAKIY "HIBBAT UL-HAQOYIQ" TAFAKKURI

Xakimova Farida Ilhom qizi (Termiz davlat pedagogika instituti o'qituvchi) · Imomnazarova Gavhar Bahodir qizi (Termiz davlat pedagogika instituti o'qituvchi)

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

this article is devoted to highlighting the thinking of the great thinker Ahmad Yugnaki and his rare work “Hibbat ul-haqoyiq”. It analyzes the spiritual, moral and philosophical content of the work. Ahmad Yugnaki, through his work, raises such topics as truth, purity, struggle with the ego, the balance of this world and the hereafter, knowledge and wisdom. The work is written in the spirit of Sufism and encourages a person to rise and spiritual perfection. The article also discusses the relevance of the work “Hibbat ul-haqoyiq” to today's times, its educational, aesthetic and moral significance. The work is considered an invaluable heritage that calls people to truthfulness, humility and spiritual purification both in its time and today. Keywords: history, revival, thought, spirit, literary style, monument, literary roots. Tarixning har bir burilishida, har bir uyg‘onish davrida tafakkur maydonida olov bo‘lib porlagan shaxslar bo‘lgan. Ular zamon bilan emas, haqiqat bilan suhbatlashgan, insoniyatga yo‘l ko‘rsatgan, qalblarni tarbiyalagan. Shunday siymolardan biri — Ahmad Yugnakiy, uning bebaho merosi esa — “Hibbat ul- haqoyiq”, ya’ni “Haqiqatlar tuhfasidir”. Bu asar o‘z zamonasining o‘ziga xos tafakkur mezoni, ma’naviyat manbai, axloqiy ustunlaridan biri bo‘lib xizmat qilgan. Bugun ushbu durdona asarga nazar solarkanmiz, undagi g‘oyaviy yuksaklik, falsafiy teranlik va badiiy nafislik zamonaviy o‘quvchini ham o‘ylantiradi, ruhlantiradi va uyg‘otadi. Ahmad Yugnakiy haqida tarixiy manbalar ko‘p ma’lumot bermaydi.Shoirning tugʼilgan joyi olimlar oʻrtasida muzokara va tortishuvlarga sabab boʻlgan.Ammo uning asari orqali muallifning ichki olami, ilmiy salohiyati, tasavvufiy tafakkuri va insoniyatga muhabbati yaqqol seziladi..Jumladan ,XII asrda yashagan mashhur tarixchi Abdulkarim as-Sa'moniy "Al-Ansob"("Nasabnoma") kitobida yozadi:" Yug'anak-Samarqand qishloqlaridan Abu Homid Ahmad ibni Abu Ahmad al- Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 208 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Yugʼanakiy bu nisbat bilan mashhurdirlar.Bu kishi Samarqand ahlidan". Bu maʼlumot Adib Ahmad Samarqand atrofidagi Yugʼanak qishlogʼida tugʼilganligini oydinlashtiradi. U ko‘r bo‘lsa-da, qalbi nurlangan, ichki nigohi bilan dunyoni ko‘ra olgan donishmand sifatida ko‘zga tashlanadi. " Alisher Navoiy "Nasoyim ul- muhabbat" tazkirasida Adib Ahmadga alohida oʻrin ajratib,ham shaxsi, ham ijodi xususida yuksak fikrlarni bildirib uni zabardast soʻz ustasi, ham mashhur tasavvuf namoyondasi boʻlganligi aytgan".“Hibbat ul-haqoyiq” — masnaviy janrida yozilgan, bu esa har bir baytda mustaqil fikrning ifoda topishini anglatadi. Masnaviy janri tasavvuf adabiyotida ko‘p qo‘llaniladi va Yugnakiy bu an’anani davom ettiradi. Asar eski o‘rta turkiy tilida yozilgan bo‘lib, bugungi o‘zbek tilining ilk adabiy ildizlaridan biri sifatida ahamiyatga ega.Asarning nusxalari koʻp boʻlib,ularda asar hajmi turlicha.Hozircha ma'lum qoʻlyozmalarda 3 tasi toʻliq, qolgani parchalardan iborat. “Hibbat ul-haqoyiq”da quyidagi asosiy mavzular yoritilgan: - Haqiqat izlash - Axloqiy poklik va halollik - Nafs bilan kurash - Dunyo va oxirat muvozanati - Bilim va donishmandlik Shoir insonning ma’naviy o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi illatlarni — yolg‘on, kibr, hirs, hasad kabi sifatlarni keskin tanqid qiladi. Buning o‘rniga u kamtarinlik, sabr, shukr, taqvo, ilmga chanqoqlikni targ‘ib etadi.Yugnakiy asarining chuqur qatlamlarida sufiylik falsafasi muhim o‘rin tutadi. U ko‘plab so‘fiylar singari tashqi shariat bilan ichki haqiqatni uyg‘unlashtirishga intiladi. Tasavvufda “ma’rifat” — bilish emas, his etish, qalb bilan anglashdir. Shoir bu yo‘lni tanlaydi va inson qalbini tozalashga chaqiradi.Ahmad Yugnakiy o‘z davrining ilg‘or adabiy uslublarini o‘zlashtirgan. Uning tili: - Oddiy xalq tili bilan boyitilgan - Qur’oniy atamalar bilan uyg‘unlashgan - Ko‘p qatlamli, soddalikda chuqurlik mavjud - Badiiy ifoda vositalaridan mohirona foydalangan Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 209 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Asarning bugungi kun bilan bogʼliqligi: Bugun, axloqiy mezonlar savol ostiga qo‘yilayotgan, yolg‘on haqiqat libosini kiygan bir zamonda Yugnakiy asarining hayotiy ahamiyati yanada ortadi. Asar nafaqat musulmon dunyosi uchun, balki butun insoniyatga tegishli axloqiy mezonlarni taklif etadi. Shu jihatdan “Hibbat ul-haqoyiq” — bu milliy emas, umuminsoniy asardir. Ahmad Yugnakiy va uning “Hibbat ul-haqoyiq” asari — bu nafaqat adabiy, balki tarixiy, axloqiy va falsafiy merosdir. U o‘z davrining ziyo tarqatuvchisi bo‘lgan, bugungi zamonga esa ruhiy tozalik, fikriy uyg‘oqlik va axloqiy mezonlarni eslatuvchi bir yodgorlikdir. Har bir zamon haqiqat izlaydi — va Yugnakiy ushbu izlanishga sokin, ammo chuqur hikmatli ovoz bilan qo‘shiladi. Asardagi "komil inson"tarbiyasi,bilim va til odobi,axloqiy masalalarga, xususan takabburlik va hasislik illatlariga qarshi qat'iy munosabat bildirgani shoirning nafaqat yuksak badiiy mahorat egasi, balki chuqur ma'naviy tafakkur sohibi ekanligini koʻrsatad

Доказательный фрагмент

«this article is devoted to highlighting the thinking of the great thinker Ahmad Yugnaki and his rare work “Hibbat ul-haqoyiq”.»

Образец извлечения

Демо-превью

this article is devoted to highlighting the thinking of the great thinker Ahmad Yugnaki and his rare work “Hibbat ul-haqoyiq”. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
history, revival, thought, spirit, literary style, monument, literary, adabiy uslub, tafakkur, uygʻonish, ruh, tarix, adabiy ildiz., yodgorlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники