Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEKISTONNING RIVOJLANAYOTGAN IQTISODIYOTIDA TURIZM SOHASINING O’RNI VA AHAMIYATI
Xo’jamurodov Behruz
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
This article analyzes the role and importance of the tourism sector in the developing economy of Uzbekistan. Aspects such as the contribution of tourism to national income, its impact on economic growth and its role in ensuring employment are studied in depth. Also, strategic proposals and recommendations and practical considerations are outlined for the further development of the tourism sector in Uzbekistan, increasing its competitiveness and expanding its share in the global tourism market. Keywords: Uzbekistan, tourism, economic development, national income, employment, investment, infrastructure, competitiveness, marketing, strategy. Kirish. Turizm global miqyosda iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning muhim drayveri sifatida e'tirof etiladi. Xususan, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun turizm ko‘pincha asosiy daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi (dunyo bo‘yicha davlatlarning 83% uchun 5 ta asosiy daromad manbalaridan biri, 38% uchun esa asosiy daromad Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 309 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT manbai) [1]. Iqtisodiy globallashuv va transmilliy aloqalarning kuchayishi turizm industriyasining jadal rivojlanishiga yanada turtki bo‘lmoqda O‘zbekistonda ham iqtisodiy modernizatsiya va islohotlar natijasida turizm sohasining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Xizmat ko‘rsatish sohasi, jumladan, turizm, iqtisodiyotning istiqbolli, resurslarni tejaydigan va jadal rivojlanayotgan yo‘nalishi sifatida qaralmoqda. Bu soha yangi ish o‘rinlarini yaratishda ham yetakchi o‘rinni egallaydi. Rivojlangan mamlakatlarda xizmat ko‘rsatish sektori YaIMning 70% dan ortig'ini tashkil etishi bejiz emas [2]. Tadqiqotning asosiy natijalari. “Turizm to‘g‘risida”gi O‘RQ-549-son Qonunga ko‘ra, turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy yashash joyidan tashqarida sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, professional yoki boshqa maqsadlarda vaqtinchalik (bir yildan oshmagan muddatga) bo‘lish va bu davrda haq evaziga mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmaslik tushuniladi [2]. Ushbu ta’rif turizmning asosiy xususiyatlarini - vaqtinchaliklik, maqsadlilik va daromad olish maqsadida ishlamaslikni - aniq ifodalaydi. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida turizm sohasini rivojlantirish va isloh qilish strategik ahamiyat kasb etadi. Prezident Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Taraqqiyot Strategiyasi va “O‘zbekiston-2030” strategiyasi[3] turizm sohasining transformatsiyasi uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Ushbu hujjatlar turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, marketing va reklama faoliyatini kuchaytirish, investitsion muhitni yaxshilash kabi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning ichki va tashqi turizm sektorida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Xususan, mamlakatga tashrif buyuruvchi xorijiy turistlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Bu esa nafaqat iqtisodiy manfaatlarga, balki xalqaro hamkorlik va madaniy almashinuvning rivojlanishiga ham xizmat qiladi. Hukumat turizmni yuqori o‘sish potensialiga ega soha sifatida baholaydi. O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, tabiiy go‘zalliklari va xalq Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 310 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT hunarmandchiligi xorijiy sayyohlarni jalb qilish uchun mustahkam zamin yaratadi. Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, viza rejimini liberallashtirish, transport infratuzilmasini rivojlantirish va turistik xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar, sohaning jadal rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Jahon Turizm Tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi[4] O‘zbekistonning jahon turizm xaritasidagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan sa'y-harakatlarning yorqin ifodasidir. Oʻzbekiston Hukumati turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, koʻplab davlatlar fuqarolari uchun elektron viza rejimining joriy etilishi xorijiy sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Turistik infratuzilmani rivojlantirish maqsadida hukumat tomonidan mehmonxona biznesini qoʻllab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2025-yilga kelib mehmonxona xonalari sonini 20,200 tadan (2018-yil) 64,000 tagacha oshirish rejalashtirilgan. Bu borada kamida 50 ta xonadan iborat uch va toʻrt yulduzli mehmonxonalar qurilishiga subsidiyalar ajratilishi muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi farmoni bilan xalqaro mehmonxona brendlari franshizalari uchun qo‘shimcha imtiyozlar berildi. Ushbu farmonga ko‘ra, uch, to‘rt va besh yulduzli mehmonxonalar qurish va royalti to‘lovlari uchun subsidiyalar 2026-yil oxirigacha uzaytirildi. Mazkur farmonda shuningdek, turizm sektorini rivojlantirishga qaratilgan umumiy qiymati 630.1 million dollarlik investitsiya loyihalari ro‘yxati ham keltirilgan. Ushbu loyihalar turistik infratuzilmani mo
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the role and importance of the tourism sector in the developing economy of Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the role and importance of the tourism sector in the developing economy of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Uzbekistan, tourism, economic development, national income, turizm, strategiya, marketing, iqtisodiy rivojlanish, raqobatbardoshlik, infratuzilma, bandlik, milliy daromad, Oʻzbekiston, investitsiya
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025