К содержанию
РецензированоUZ2025

PEDAGOGIK MAHORAT VA ZAMONAVIY PEDAGOG

Olimjonova Xayotxon Salohiddinovna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada pedagogik mahorat va zamonaviy pedagog qanday bo’lishi kerakligi haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar berilgan. Kalit so'zlar: pedagogic istedod, mimika, pantomima, pedogogik malaka, Kuchlilik, zehnlilik, tasviriy ishoralar. PEDAGOGICAL SKILLS AND MODERN PEDAGOGIST Annotation: This article discusses pedagogical skills and what a modern pedagogue should be like, and the author gives important recommendations. Keywords: pedagogical talent, mimicry, pantomime, pedagogical skills, Strength, intelligence, figurative gestures. Pedagogik mahoratning tuzilishi. Pedagogik mahorat quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi: 1.O’qituvchi faoliyatida insonparvarlikning ustunligi. 2.Pedagogik iste’dod, qobiliyat. 3.Pedagogik texnika (san’at) 4.O’qituvchining shaxsiy intilishi. Pedagogik mahorat nazariyasi metodikasining ishlab chiqilmaganligi shunga olib keladiki, pedagoglarning har biri o’z-o’zicha, paypaslab ijodiy izlanish olib boradi: ta’lim oluvchilar bilan, pedagogik jamoa bilan qanday qilib yaqindan til topish mumkin? Qanday qilib qisqa muddat ichida talabalar o’rtasidagi munosabatlarning haqqoniy manzarasiga erishmoq mumkin? degan savollarga javob izlaydi. Bu Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 400 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT savollarga beriladigan javoblar har bir mohir pedagogning faoliyati uchun zarur bo’lgan umumiy pedagogik malakalarni shakllantirish bilan bog’liq bo’lib, mazkur muammoni hal qilish pedagogdan odatdan tashqari kuch-g’ayrat, qat’iyat, tirishqoqlik, ijodiylikni, o’z faoliyatini to’g’ri baholay bilish, shuningdek, bolalar, tarbiyalanuvchilarga nisbatan insonparvarona munosabatda bo’la olishni talab etadi. Ibn Sino “Tadbiri manzil” asarida bola uchun o’qituvchi tanlayotganda uning to’g’ri so’z, halol, toza-ozoda va bolalarni sevuvchi kishi bo’lishiga e’tibor berish lozimligini ta’kidlaganida o’qituvchining insonparvarlik sifatini nazarda tutgan edi. Har bir insonda u yoki bu kasbga qobiliyat mavjud bo’ladi. Ba’zi taniqli ruhshunoslarning fikricha (F.Gonobolin, N.Kuzmina), pedagoglik kasbi uchun quyidagi 6 xil qobiliyatlar muhim hisoblanadi: 1.O’rtaga tusha bilish 2.Tashkilotchilik 3.O’zini idora eta bilish 4.Mo’ljallay olish, chamalay bilish 5.Kuchlilik, zehnlilik 6.Faoliyatga ijodiy yondashish. Bularning barchasi tarbiyaviy maqsad mavjud bo’lgan, insonparvarlik nuqtainazaridan turib yondashilgan taqdirdagina pedagogik qobiliyat tarkibiga kirishi mumkin. 5.2. Pedagogik texnika - pedagogik mahoratning asosiy qismlaridan biri bo’lib, u o’qituvchidan o’quvchilar bilan muomala qilganda zarur so’z, gap ohangi, qarash, imo-ishorani tez va aniq topish, eng o’tkir va kutilmagan pedagogik vaziyatlarda osoyishtalik va aniq fikr yuritish, tahlil qilish qobiliyatini saqlab qolish imkonini beradi. Haqiqiy pedagog ta’sir ko’rsatishni o’qituvchining pedagogik texnika sohasidagi barcha malakalari bir paytda yaqqol ko’rinadi. Nutq, imo-ishora, mimika harakat bilan birga sodir bo’ladi. Pedagogik texnika malakalarining shakllanish darajasi ma’lum darajada pedagogning umumiy tayyorgarlik darajasini, ya’ni shaxsning pedagogik imkoniyatlarini aks ettiradi. Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 401 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Pedagogning nutqi tartibsiz, qashshoq bo’lsa, o’zi jizzaki bo’lsa, didi past, madaniyatsiz bo’lsa, eng topib gapirgan to’g’ri so’zi ham tarbiyalanuvchilarga ta’sir etmaydi, balki teskari natijaga olib kelishi mumkin. SHuning uchun ham, tarbiyachi avvalo o’zi tarbiyalangan, o’tirib-turish, suhbatlashish madaniyatini qon-qoniga singdirgan bo’lishi lozim. Pedagogik texnika tushunchasi va uning tuzilishi. Ustoz- pedagoglar erishgan muvaffaqiyatlarning sirini bilishga harakat qilar ekanmiz, biz ularning pedagogik ta’sir usullaridan ustalik bilan foydalangan holda turli tuman amaliy ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni ustalik bilan hal etishlariga guvoh bo’lamiz. Bunda muhim rolni maxsus ko’nikmalar egallaydi: o’quvchilarni ijtimoiy foydali o’quv faoliyatiga safarbar eta bilish, muammo qo’ya bilish, jamoa va alohida shaxs bilan til topish, kuzata bilish, o’z kechinmalarini boshqacha bilish: ovoz, nutq, mimika, harakatlarini erkin boshqara bilish va h.k. Pedagogik texnika – o’qituvchi faoliyatining botiniy mazmunini hamda zohiriy ifodasining garmonik biriligidan iboratdir. Pedagog mahoratining ma’naviy madaniyati hamda pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan zohiriy ifodasi sintezidan iboratdir.(N.N.Tarasovich) SHunday qilib texnika – usullar majmuasidir. Uning vositalari esa – nutq va muloqot vositalaridir. ”Pedagogik texnik” tushunchasi o’z ichiga 2 guruh tarkibiy elementlarni Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 402 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT oladi: 1. O’qituvchining odob-axloqiy ko’nikmalari bilan bog’liq bo’lgan elementar: o’z jismini (mimika, pantomimika) boshqara bilish; his-tuyg’u, hayajon, ta’bini boshqara bilish (ortiqcha ruhiy zo’riqishlardan osonlik bilan xalos bo’la olish, ijobiy muhitni to’g’richa bilish): diqqat qila bilish, kuza

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada pedagogik mahorat va zamonaviy pedagog qanday bo’lishi kerakligi haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada pedagogik mahorat va zamonaviy pedagog qanday bo’lishi kerakligi haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan muhim tavsiyalar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pedagogical talent, mimicry, pantomime, pedagogical skills, tasviriy ishoralar., : pedagogic istedod, Kuchlilik, pantomima, zehnlilik, mimika, pedogogik malaka
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники