Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GEPATIT B — KASALLIGI TURLARI, BOSQICHLARI, ALOMATLARI, TASHXISLASH, DAVOLASH, PARHEZ, OLDINI OLISH
Usmonova Davlatxon Sotvoldiyevna
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada “Gepatit “B” — kasalligi turlari, bosqichlari, alomatlari, tashxislash, davolash, parhez, oldini olish” haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan tavsiyalar berilgan. Kalit so'zlar: jigfar sirrozi, viruslar, agressiv harorat, vertical, antigen, antitelo, Ko’ngil aynishi, bosh aylanishi,charchoq, rinit, tana haroratining ko’tarilishi , yo’tal, umumiy zaiflik, burun-halqumdagi og’riq hissi, kuchli bosh og’riqlari. HEPATITIS B — TYPES OF DISEASE, STAGES, SYMPTOMS, DIAGNOSIS, TREATMENT, DIET, PREVENTION Annotation: this article discusses “hepatitis “b” — types of disease, stages, symptoms, diagnosis, treatment, diet, prevention” and gives recommendations by the author. Keywords: liver cirrhosis, viruses, aggressive temperature, vertical, antigen, antibody, nausea, dizziness, fatigue, rhinitis, increased body temperature, cough, general weakness, pain in the nose and throat, severe headaches. Gepatit B kasalligi faqat bemorning biologik materiallari bilan aloqa qilish orqali yuqishi mumkin. Ko’p hollarda infektsiya bemor uchun sezilmay kechadi, shuning uchun kasallik laboratoriya tahlillari natijasida yoki xususiyatli belgilari namoyon bo’lgan paytda aniqlanadi. O’z vaqtida davolangan odamlar gepatit B Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 413 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT kasalligidan butkul sog’ayib ketadi va o’zlarida ushbu kasallikka qarshi barqaror immunitet shakllantirishadi. Gepatit B — bu virusli kasallik bo’lib, virus organizmga tushganda hayotiy zarur bo’lgan ichki organlarga salbiy ta’sir ko’rsata boshlaydi. Ushbu kasallik tufayli eng ko’p jigar shikastlanadi, uning shikastlanishi mikro-hujayrali darajada bo’ladi. Gepatit B alomatlarsiz kechishi yoki aniq belgilar bilan namoyon bo’lishi mumkin. Surunkali bosqichiga o’tganda, ushbu virusli infektsiya ko’pincha jigar sirrozi va saratoni rivojlanishiga olib keladi. B guruh gepatiti quyidagicha tasniflanadi: Yashin tezligida. Gepatitning eng tezkor shaklida bemorlarda bir necha soat ichida miya shishishi yuz beradi va bemor komaga tushadi. Ko’p hollarda, bemorlarning hayoti ushbu turdagi gepatit klinik bosqichga o’tganda qisqa muddat ichida fojiali yakun topadi. O’tkir. Gepatit B ning o’tkir shaklida bemorlarda ushbu kasallikning bir necha bosqichlari kuzatiladi. Dastlab, asosiy alomatlar namoyon bo’ladi, undan keyin bemorlarning terisi sariq rangga kiradi. Gepatitning B o’tkir shaklining so’nggi bosqichi jigar yetishmovchiligi bilan tavsiflanadi. Surunkali. Gepatit B virus inson tanasiga kirgandan so’ng 1-6 oy o’tib surunkali bosqichga o’tadi. Ushbu bir necha oy virusning inkubatsiya davri bo’lib, undan so’ng o’ziga xos alomatlar va belgilar paydo bo’la boshaydi. GEPATIT B NING NAMOYON BO’LISHI Virus bemorning tanasiga kirganidan so’ng, gepatitning inkubatsiya davri boshlanadi, bu o’rtacha 15 dan 90 kun davom etadi, lekin 6 oygacha cho’zilishi mumkin. Gepatitning o’tkir shakli quyidagicha kechishi mumkin: O’tkirlashish bosqichi; Uzoq muddatli kasallik; Retsidivlar; Kamdan kam hollarda — koma. Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 414 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT GEPATIT B SABABLARI B guruh gepatiti rivojlanishining sababi bu kasallik qo’zg’atuvchisi — virusning inson organizmiga kirishidir. Kasallik ayniqsa bir qator salbiy omillar (alkogol, nikotin, kimyoviy va zaharli moddalar, dorilar) ta’sirida zaiflashgan immunitetli kishilarda ko’p uchraydi. Immunitetga shuningdek boshqa kasalliklar ham ta’sir qiladi, bu tanadagi metabolik buzilishlar, vitamin va minerallarning yetishmasligi tufayli yuz beradi. Gepatit B bilan og’rigan insonlar ijtimoiy izolyatsiyada bo’lmasligi kerak, chunki bu virus havo-tomchi yo’llari orqali yuqmaydi. Kasal odam bilan aloqada bo’lgan har qanday kishi zarur choralarni va shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishi kerak. Ko’p yillar butun dunyo bo’ylab olib borilgan tadqiqotlar natijasi ma’lumotlariga ko’ra, ushbu kasallikning kechishi bemorning qanday infektsiyalanganligiga, shuningdek, uning yoshiga bog’liq. Agar bemor gepatit B bilan tabiiy yo’l (masalan jinsiy aloqa paytida) orqali zararlangan bo’lsa, bu holatda kasallik surunkali bosqichga o’tishi xavfi yuqori bo’ladi. Gepatitning bu shakli ko’pincha yoshlarda paydo bo’ladi, chunki ular sog’lig’iga jiddiy e’tibor bermaydilar va organizmning tashvishli signallariga javob choralari ko’rmaydilar. GEPATIT B QANDAY YUQADI? Gepatit B virusi inson organizmiga faqat bemorning biologik materiallari bilan aloqa qilish orqali kirishi mumkin: Jinsiy yo’l orqali. Gepatit B virusi nafaqat qonda, balki organizmning barcha suyuqliklarida (shu qatorda qin ajralmalari va erkak spermasida) mavjud, shuning uchun himoyalanmagan jinsiy aloqa kasallik yuqishi xavfini oshiradi; So’lak orqali, chuqur o’pishish bilan. Agar kishi tilida kesilgan yoki jarohatlangan sohalar bo’lsa, kishi o’pishganda gepatit B virusini yuqtirib olishi mumkin; Qon orqali. Bu infeksiyaning eng keng tarqalgan yo’llaridan biri hisoblanadi. Ko’p bemorlar gepatit B bilan nosteril shpritslar ishlatish va
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada “Gepatit “B” — kasalligi turlari, bosqichlari, alomatlari, tashxislash, davolash, parhez, oldini olish” haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan tavsiyalar berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada “Gepatit “B” — kasalligi turlari, bosqichlari, alomatlari, tashxislash, davolash, parhez, oldini olish” haqida aytib o'tilgan va muallif tomonidan tavsiyalar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- liver cirrhosis, viruses, aggressive temperature, vertical, antigen, antitelo, charchoq, Ko’ngil aynishi, yo’tal, kuchli bosh og’riqlari., umumiy zaiflik, jigfar sirrozi, burun-halqumdagi og’riq hissi, agressiv harorat, bosh aylanishi, viruslar, rinit, tana haroratining ko’tarilishi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025