К содержанию
РецензированоUZ2025

DORI MODDALARINI MUSHAK ORASIGA YUBORISH TEXNIKASI

Muqimova Hamidaxon

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

ushbu maqolada Dori moddalarini mushak orasiga yuborish texnikasi yoritilgan bo’lib, mazkur masala yuzadidan muallif tomonidan shaklllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tafsiyalar o’z ifodasini topgan. Kalit so’zlar: qon-tomir, absess, qoqshol, zardob, quymich nervi, dori moddasi, flakon, nevrit, falajlik, parez. TECHNIQUE OF INTRAMUSCULAR INJECTION OF DRUGS Annotation-This article discusses the technique of intramuscular injection of drugs and reflects the scientific proposals and practical recommendations formulated by the author on this issue. Keywords: blood vessel, abscess, tetanus, serum, ulnar nerve, drug, vial, neuritis, paralysis, paresis. Mushaklarda qon tomirlar va limfatik tomirlar tarmog’i birmuncha ko’p bo’lib, shuning uchun ularda dorilar tez va to’liq so’riladi. Dori vositalarini teri ostiga yuborganda og’riq paydo bo’lsa va yaxshi so’rilmasa, dori moddalari mushak orasiga yuboriladi. Mushak orasiga inyeksiya qilishda tananing ma’lum joylarida mushak to’qimasi qavati anchagina qalin sohalar masalan dumba, qorin va sonlarning mushaklari tanlanadi. Mushak orasiga inyeksiyalar qilish uchun Lyuer shprisi, ignalarining qalinligi 0,8-0,5 mm va uzunligi 8-10 sm bo’lgan «Rekord» shprisidan foydalaniladi. Ignaning kalta-uzunligi teri osti klechatkasining qalinligiga bog’liq, chunki igna kiritilganda teri osti yog’ qavatidan o’tishi va mushak orasiga borishi Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 424 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT kerak. Dumbalar sohasi mushak orasiga inyeksiyalar uchun eng qulay joy hisoblanadi, chunki bu yerdan quymich nervi va yirik qon tomirlar o’tadi, inyeksiyalar uchun uning yuqori-tashqi qismidangina foydalaniladi. Dumba taxminan 4 qismga bo’linadi, bu holda yuqori tashqi kvadrat inyeksiya uchun eng qulay joy hisoblanadi. Aksariyat mushak orasiga antibiotiklar, magniy sulfat, zardoblar yuboriladi. Antibiotiklar maxsus flakonlarda kristalli kukun ko’rinishida chiqariladi. Ilitishdan oldin uni natriy xloridning steril izotonik eritmasida, ikki marta distillangan suvda yoki 0,5% li novokain eritmasida eritiladi. Steril shprisga antibiotik miqdoriga ko’ra erituvchi olinadi. U ta’sir birliklarida (TB) o’lchanadi. 100000 TB ga 1 ml erituvchi, 500000 TB ga 5 ml erituvchi olish lozim. Flakondan qopqog’i olinadi, rezina qopqog’i spirt bilan artiladi va erituvchi tortilgan shpris ignasi bilan teshiladi. Erituvchi asta-sekin kiritiladi, erituvchi bilan antibiotik eriydi, so’ngra flakon to’nkariladi va suyuqlik shprisga so’rib olinadi. Antibiotik eritmasini isitish mumkin emas, chunki harorat ta’sirida u parchalanadi. Antibiotikni eritilgan holda 1 kundan ko’p saqlab bo’lmaydi. Yod ham antibiotiklarni parchalaydi, shuning uchun flakonlarning rezina qopqog’i va inyeksiya qilinadigan joydagi teri yod nastoykasi bilan artilmaydi.Tibbiyot hamshirasi shprisni yig’ishdan oldin qo’lini sovunlab oqar suvda yuvadi. Toza qo’llar bilan boshqa narsalarga tegish mumkin emas. Spirtga ho’llangan paxta bo’lakchasi bilan tirnoqlarini, so’ng boshqa paxta bo’lagi bilan bemor terisini artadi. Asoratlari 1) Mushaklar orasiga inyeksiya qilishda ham, ignaning xuddi teri osti inyeksiyalaridagi kabi sinib qolishi va igna sinig’ining to’qimalarda qolib ketishi, hamda ko’pincha o’tmas va nuqsonli ignani qo’pollik bilan kiritish vaqtida mushaklarning to’satdan qisqarishi sabab bo’ladi; Nerv stvollarining (quymich nervi va boshqa nervlarning tarmoqlari) shikastlanishi, bu - mexanik (inyeksiya uchun joy noto’g’ri tanlanganda inyeksion ignadan), kimyoviy ta’sirlar (deposi nerv yaqinida joylashgan dorining ta’siridan), tomirlarga aloqador (nervni oziqlantiruvchi tomirlarning tiqilib qolishi) bo’lishi mumkin. Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 425 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Nervning shikastlanishi - nevrit paydo bo’lishiga, qo’l-oyoqlarda sezuvchanlikning buzilishiga (falajlik, parezlar) olib keladi; 2) Mushaklar orasiga inyeksiya qilinganda dori emboliyalari teri osti inyeksiyalaridagidan ko’proq sodir bo’ladi, chunki muskullarda tomirlar turi ko’proq rivojlangan; 3) Yiringli infeksiya (abssess), gazli infeksiya, qoqshol, zardob gepatiti bular, dezinfeksiya qoidalariga rioya qilmaslik natijasida kelib chiqadi, hamshira ampulani ochish oldidan o’z qo’lini va bemorning terisini yaxshi tozalamasligi oqibatida kelib chiqadi. O’tmas igna bilan inyeksiya qilinganda to’qimalar qattiq shikastlanib natijada momataloq bo’lib qoladi. Bu sohalar yiring boylab, abssess paydo bo’lishiga imkon beradi. Выпуск журнала №-28 Часть–3_Июнь –2025 426 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Mushak оrаsigа inyеksiya qilish. Hаrаkаt аlgоritmi: 1. Qo’l yuvilаdi vа quritilаdi. 2. 5-10 ml li shprits, 40-50 mm li ignа, dоri mоddаsi, stiril pахtа shаrchаsi, 70% li spirt tаyyorlаnаdi. 3. Dоri mоddаsi dоzаsi tеkshirilаdi. 4. Vrаch ko’rsаtmаsi o’qilаdi. 5. Shprits tayyorlanadi. 6. Dоri mоddаsi shpritsgа tоrtilаdi. 7. Bеmоrgа muоlаjа mаqsаdi tushuntirilаdi. 8. Inyеksiya qilinаdigаn sоhа аniqlаnаdi. 9. Bеmоrgа qulаy shаrоit yarаtilаdi. 10. Qo’lqоp kiy

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada Dori moddalarini mushak orasiga yuborish texnikasi yoritilgan bo’lib, mazkur masala yuzadidan muallif tomonidan shaklllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tafsiyalar o’z ifodasini topgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada Dori moddalarini mushak orasiga yuborish texnikasi yoritilgan bo’lib, mazkur masala yuzadidan muallif tomonidan shaklllantirilgan ilmiy taklif va amaliy tafsiyalar o’z ifodasini topgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
blood vessel, abscess, tetanus, serum, ulnar nerve, drug, vial, zardob, flakon, qoqshol, absess, qon-tomir, quymich nervi, falajlik, nevrit, parez., dori moddasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти