К содержанию
РецензированоUZ2025

KINODISKURSNING LINGVOKOGNITIV ASOSLARI VA MULTIMODAL TAHLILI

MULTIMODAL TAHLILI · Saydaliyeva Matluba Shuxrat qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

This article analyzes the concept of film discourse and its linguocognitive properties. It sheds light on the scientific basis on how film discourse is formed through language, thought, and multimodal expression, as well as its relationship with cognitive frames, concepts, scenarios, and emotional reactions. During the analysis, it is explained how language units are processed in the human mind, and what semantic fields are formed through film characters and events, based on examples. Выпуск журнала №-28 Часть–4_Июнь –2025 359 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Kalit so‘zlar: kinodiskurs, lingvokognitiv, freym, konsept, multimodal diskurs, nutq akti, semantik maydon. Ключевые слова: кинодискурс, лингвокогнитив, фрейм, концепт, мультимодальный дискурс, речевой акт, семантическое поле. Keywords: film discourse, linguistic cognitive, frame, concept, multimodal discourse, speech act, semantic field. Tilshunoslikda yangicha yondashuvlarning shakllanishi va ilmiy paradigmaning rivojlanishi til hodisalarini, jumladan, “matn”, “diskurs” kabi tushunchalarni chuqur tahlil qilish zaruratini belgilab berdi. Agar XX asrning birinchi yarmida tadqiqotchilarning asosiy eʼtibori, birinchi navbatda, tilning strukturaviy xususiyatlariga qaratilgan boʻlsa, asrning ikkinchi yarmidan boshlab tilning real kommunikativ sharoitdagi faoliyatiga eʼtiborning siljishi kuzatildi. Zamonaviy lingvistika sohasida diskurs tahlili keng qamrovli metodologiyalardan biriga aylandi. Ayniqsa, kino san’atining jamiyat tafakkuriga chuqur ta’sir ko‘rsatishi, undagi til vositalarining ma’nodagi qatlamliligi, uni mustaqil tahlil obyektiga aylantirdi. Kinodiskurs oddiy matndan farqli ravishda, multimodal, interaktiv va konnotativ xususiyatlarga ega bo‘lib, unda til bilan birga vizual, audial va emotsional komponentlar o‘zaro uyg‘unlashadi. Shu bois, uni lingvokognitiv yondashuv asosida o‘rganish dolzarb ilmiy masalalardan hisoblanadi. Kinodiskurs tushunchasi va uning xususiyatlari Kinodiskurs – bu kino san’atiga xos bo‘lgan, tildan tashqari boshqa belgilar (obraz, mimika, musiqiy fon, montaj) bilan uzviy bog‘langan diskurs turi. U ssenarist, rejissyor, aktyor va tomoshabin o‘rtasidagi kommunikativ jarayonni tashkil qiladi. V.N. Toporov, T.A. van Deyk, N.D. Arutyunova, M.M. Bakhtin kabi olimlar diskursni faqat til bilan cheklanmagan, balki kontekstual va ijtimoiy-pragmatik tizim deb qaraydilar1. Bu diskursning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1 Арутюнова, Н.Д. (1990). Дискурс. В сб. Лингвистический энциклопедический словарь. Москва: Советская энциклопедия Выпуск журнала №-28 Часть–4_Июнь –2025 360 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Multimodal xarakter – kino orqali nafaqat til, balki mimika, jest, vizual obrazlar, fon musiqasi va boshqa semiotik vositalar orqali ma’no hosil qilinadi. Interaktivlik – tomoshabin filmni passiv emas, balki kognitiv jihatdan faol tarzda qabul qiladi: u kontekstni tushunadi, qahramonlarning niyatini taxmin qiladi, emotsional javob qaytaradi. Kognitiv ssenariylar – filmda ko‘p hollarda stereotip voqealar zanjiri (skriptlar) asosida voqelik aks ettiriladi, bu esa inson tafakkurida oldindan mavjud bilimlar va taxminlar bilan bog‘lanadi. Lingvistik xususiyatlar Kinodiskursdagi til unsurlari maxsus tanlab olinadi. Bu unsurlar quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi: Dialoglar – real hayotdagi nutqqa yaqin, ammo ko‘proq dramatik vazifani bajaradi. Har bir replikada personajning psixologik holati, ijtimoiy maqomi, shaxsiyati aks ettiriladi. Nutq aktlari – kinodiskursda ko‘p hollarda direktiv (buyruq, so‘rov), ekspressiv (emotsional) va informativ aktlar ustunlik qiladi. Pragmatik vositalar – kontekstga bog‘liq ma’nolar, kinoya, metafora va boshqa pragmatik ko‘rsatkichlar keng qo‘llaniladi. Kognitiv jihatlar Kognitiv tilshunoslik kino matnini inson ongida qanday idrok qilinishini tahlil qiladi. Bunda asosiy tushunchalar: Freym – real voqeani tushunish uchun ongda mavjud bo‘lgan sxema. Masalan, "urush freymi" yoki "oila freymi". Ssenariy (skript) – voqealar ketma-ketligining stereotipik modeli. Kinoda ssenariy nafaqat syujetni, balki kognitiv kutishlarni ham shakllantiradi. Shuningdek, emotsional kognitsiya – ya’ni filmni ko‘rish jarayonida yuzaga keladigan hissiy holatlar (qo‘rquv, quvonch, nafrat) kognitiv reallikni shakllantiradi. Kontseptlar – film personajlari orqali muayyan kontseptlar (masalan, "erkinlik", "adolat", "vatan") namoyon bo‘ladi va tomoshabin ongida faollashadi. Выпуск журнала №-28 Часть–4_Июнь –2025 361 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Emotsional kognitsiya – kinodiskurs orqali emotsiyalar nafaqat ifodalanadi, balki tomoshabinda ma’lum kognitiv reaksiyalarni yuzaga keltiradi. Misollar bilan tahlil Masalan, mashhur o‘zbek filmi “Mahallada duv-duv gap”da qahramonning tuyg‘ularidan biri: “Gap mahallaga chiqmasin, obro‘ degan narsa bor!” Tahlil: sotsiokognitiv elementlar: “gap chiqmoq” iborasi – metaforik ma’no: gap – bu jismoniy tarqalayotgan narsa sifatida kognitiv talqin qilinadi. Madaniy kod: Obro‘ – bu ment

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the concept of film discourse and its linguocognitive properties.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the concept of film discourse and its linguocognitive properties. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
film discourse, linguistic cognitive, frame, concept, multimodal, multimodal diskurs, semantik maydon., lingvokognitiv, nutq akti, konsept, kinodiskurs, freym
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники