Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO MUNOSABATLARNING TO‘LA HUQUQLI SUBYEKTI
TO‘LA HUQUQLI SUBYEKTI · Dauletbaeva Aynur Baxramovna · МЕЖДУНАРОДНЫХ ОТНОШЕНИЙ · Даулетбаева Айнур Бахрамовна
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Through this article, you will learn about the main goals and principles of the foreign policy of the Republic of Uzbekistan. Our country is a full- fledged member of international relations and implements its foreign policy, prioritizing the interests of our people and state.The article is dedicated to students of general education schools, higher educational institutions, and researchers. Keywords: international relations, foreign policy and its goals, Action Strategy. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach yangi hayotga qadam qoʻydi. Yangi hayotni qurish, davlatni tiklash va har bir sohani takomillashtirish nafaqat ichki balki tashqi siyosatga ham bogʻliq. Xorijiy davlatlar bilan hamkorliklar, shartnomalar buning namunasidir. Faqat bir yoki ikki emas, bir qancha davlatlar bilan hamkorlik mamlakatning xalqaro miqyosdagi oʻrnini belgilaydi va uni mustahkamlaydi. Shuning uchun ham tashqi siyosat eng muhim sohalardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyekti [1] ekanligi mamlakatimiz konstitutsiyasida ham belgilangan.O‘zbekiston boshqa davlatlardan mustaqil holda o‘z ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. Mamlakatimizda tashqi siyosiy faoliyat xalqimiz va davlatimiz manfaatlarini ko‘zlagan holda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi - davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, atrof-muhitda xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini shakllantirish, xalqaro miqyosda faol iqtisodiy tashqi siyosat olib borishdir [2]. Выпуск журнала №-28 Часть–5_Июнь –2025 309 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT O‘zbekiston xalqaro miqyosda yuzaga kelayotgan har qanday xavfga, tahdidga qaramasdan, o‘zining mustaqilligi, suvereniteti, xavfsizligi va barqaror ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi hamda barcha fuqarolarning farovonligini ishonchli tarzda ta’minlashga qaratilgan qatʼiy tashqi siyosat olib bormoqda. Mamlakatimiz uchun tashqi siyosatni amalga oshirish har tomonlama muhim. Shu bois bu sohani takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro ko‘lamda boshqa davlatlar bilan faol tashqi siyosiy munosabatlarni amalga oshirmoqda, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlari bilan cheklanib qolmay Evropa davlatlari bilan ham hamkorliklar yoʻlga qoʻyilgan.Davlatimiz Rahbari chet el prezidentlari, elchilari va konsullarini qabul qiladilar va oʻzi ham xizmat safari bilan chet davlatlarda boʻladilar. Shuningdek, o‘zining ochiq, pragmatik va puxta o‘ylangan tashqi siyosiy faoliyati bilan ham yuksak natijalarga erishmoqda. O‘zbekiston barcha davlatlar uchun ochiqlik siyosatini amalga oshiradi. Shuni taʼkidlab oʻtishimiz joiz, Oʻzbekistonning eng katta yutuqlaridan biri ochiqlik tamoyiliga asoslanishi. Aslida, bu tamoyil birinchi navbatda xalqimiz manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirishni nazarda tutadi. Ya’ni, yaqin do‘stlik munosabatlarini amalga oshirayotgan ayrim davlatlar fuqarolari Oʻzbekistonda belgilangan muddat davomida vizasiz yurish imkoniyatlariga ega bo‘lmoqda va davlatimiz fuqarolari ham bazibir xorijiy davlatlarda qonunda koʻrsatilgan davrda vizasiz harakatlanish huquqiga egadir. O‘zbekiston bir davlat bilan yaqinlashar ekan, evaziga boshqasidan uzoqlashmaydi. Bu ham xalqaro do‘stlik munosabatlarining davomiyligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish omińidir. Ikkinchidan, bu tashqi siyosatni amalga oshirishda davlatimiz manfaatlari turadi. Bunda, ko‘pincha, iqtisodiy sohaga katta e’tibor qaratiladi. Xalqaro munosabatlarni amalga oshirishda xorijiy davlatlar mamlakatimizning ayrim sohalariga investitsiya kiritadi. Shu bois, xalqimiz va davlatimiz manfaatlarini yuksak darajaga ko‘targan holda O‘zbekiston tashqi siyosat sohasini kengaytirishga katta e’tibor qaratadi. Tashqi siyosatimiz kengaygan sari davlatimiz rivojlanishi va barqarorligi ham ortadi. Выпуск журнала №-28 Часть–5_Июнь –2025 310 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Tashqi siyosatni rivojlantirishga qaratilgan Prezident Farmonlaridan biri 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan "Harakatlar strategiyasi" edi. Harakatlar strategiyasida tashqi siyosat sohasidagi eng muhim yo‘nalishlar belgilab berilgan: Mamlakatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, davlatimizning xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyekti sifatidagi o‘rni va rolini kuchaytirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekiston xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari muhitini yaratish; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini yuksaltirish, jahon hamjamiyatiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berish; O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; O‘zbekiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini tartibga solish [3]. Yuqorida keltirib oʻtilgan yoʻnalishlarning har biri oʻziga xos. Chunki, avval taʼkidlab oʻt
Доказательный фрагмент
«Through this article, you will learn about the main goals and principles of the foreign policy of the Republic of Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThrough this article, you will learn about the main goals and principles of the foreign policy of the Republic of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- international relations, foreign policy and its goals, Action, tashqi siyosat va uning maqsadlari, Harakatlar strategiyasi., xalqaro munosabatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025