К содержанию
РецензированоUZ2025

SOG‘LOM OVQATLANISH – ZAMONAVIY OSHPAZLIKNING ASOSIY YO‘NALISHI

ASOSIY YO‘NALISHI · Rahmatova Malohatxon Murotovna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada sog‘lom ovqatlanish tushunchasi, oshpazlikda uning ahamiyati, zamonaviy pishirish usullari va mahsulot tanlash mezonlari yoritilgan. Oshpazlikni tanlagan yoshlar uchun bu yo‘nalish nafaqat kasb, balki inson salomatligiga xizmat qiluvchi hayotiy vazifa sifatida ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: Sog‘lom ovqatlanish , Oshpazlik san’at , Kam kaloriyali taomlar, Parhezli ovqat ,Bug‘da pishirish,Vegan, vegeterian menyu ,Mahsulotlar kaloriyasi. Sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi bu — sog‘lom ovqatlanishdir. To‘g‘ri tanlangan oziq-ovqat mahsulotlari organizmni kerakli energiya, vitamin, mineral va oqsillar bilan ta’minlaydi. Noto‘g‘ri ovqatlanish esa yurak-qon tomir kasalliklari, diabet, semizlik, immunitet zaiflashuvi kabi kasalliklarga olib kelishi mumkin. Shu sababli, sog‘lom ovqatlanish har bir inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda inson salomatligi masalasi butun dunyoda muhim o‘rinda turibdi. Sog‘lom ovqatlanish nafaqat har kimning shaxsiy tanlovi, balki jamiyatdagi umumiy madaniyat darajasining ko‘rsatkichiga aylangan. Aynan shu jarayonda zamonaviy oshpazlik fani sog‘lom hayot tarzining ajralmas qismiga aylandi. Sog‘lom ovqatlanish — bu tana ehtiyojiga mos, muvozanatli, to‘yimli va tabiiy mahsulotlar asosida shakllangan ovqatlanish tartibidir. Bu ovqatlar: organizmga foydali bo‘lgan moddalarga (oqsil, uglevod, yog‘, vitamin, minerallar) boy bo‘ladi; zararli qo‘shimchalardan holi bo‘ladi (sun’iy rang beruvchi modda, konservant, trans yog‘lar); Выпуск журнала №-28 Часть–6_Июнь –2025 58 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ortiqcha tuz, shakar, yog‘ miqdorini cheklaydi. Oshpazning bu jarayondagi roli Zamonaviy oshpaz shunchaki ovqat pishiruvchi emas, balki sog‘lom ovqatlanish tamoyillarini biluvchi mutaxassis mahsulotlarning biologik qiymatini hisobga oluvchi texnolog; parhezli, allergik, vegetarian yoki bolalar ovqatlari bo‘yicha malakali ishlab chiqaruvchi; turli xil taomlarni kam kaloriyali va muvozanatli shaklda tayyorlay oluvchi ijodkor bo‘lishi kerak. Sog‘lom ovqatlanish asosida tayyorlanadigan mahsulotlar Mahsulot guruhi Tavsif Sabzavot va mevalar Vitamin va antioksidantlarga boy Oqsilli mahsulotlar Go‘sht, baliq, tuxum, dukkaklilar Sut mahsulotlari Kaltsiy manbai, suyaklar uchun foydali Murakkab uglevodlar Bug‘doy, grechka, suli, jigar rangli guruch Sog‘lom yog‘lar Zaytun, yong‘oq, avakado yog‘i Sog‘lom pishirish usullari Bug‘da pishirish – vitaminlar saqlanadi, yog‘siz usul. Qovurmasdan dimlash – mahsulot o‘z sharbatida pishadi. Pechda yoki grillda pishirish – yog‘ kam ishlatiladi. Souslar o‘rniga tabiiy ziravorlar – limon sharbati, o‘rik pastasi, tabiiy yogurt asosli souslar. Oshxona texnologiyasida kaloriyani nazorat qilish Zamonaviy oshpazlar kaloriya hisobini bilishi kerak: Taomning umumiy kaloriya miqdori 1 porsiyada aniq ko‘rsatiladi. Har bir mahsulotning energetik qiymati: (100g) → necha kkal. Sportchilar, bolalar yoki parhez tutayotganlar uchun individual menyu tayyorlash — hozirda trendga aylangan. Sog‘lom ovqat turizmi va oshpazlik Выпуск журнала №-28 Часть–6_Июнь –2025 59 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida vegan, glutensiz, organik ovqatlar asosidagi restoranlar ommalashmoqda. O‘zbekistonning milliy taomlari ham zamonaviylashtirilmoqda: kam yog‘li palov, bug‘da dimlangan somsa, asal va yong‘oqli shirinliklar. Bu yo‘nalish sayyohlar orasida talab yuqori bo‘lishiga olib kelmoqda. Sog‘lom ovqatlanish — bu organizmga zarur bo‘lgan barcha oziq moddalarni muvozanatli va yetarli miqdorda olishni ta’minlaydigan ovqatlanish tartibidir. U quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi: Muvozanat – oqsil, yog‘, uglevodorodlar, vitaminlar va mineral moddalarni o‘z ichiga olgan ratsion. Turfa xillilik – har xil mahsulotlardan foydalanish (go‘sht, sabzavot, sut mahsulotlari, dukkaklilar). Me’yor – haddan tashqari ovqatlanishdan yoki och yurishdan saqlanish. Rejim – ovqatlanish vaqtiga rioya qilish (3 asosiy ovqat va 1-2 yengil tamaddi). Sog‘lom ovqatlanishning foydasi Energiya manbai bo‘ladi Immunitetni mustahkamlaydi Ortiqcha vazndan saqlaydi Yurak, jigar, buyrak kabi a’zolarning to‘g‘ri ishlashiga yordam beradi Terining, sochning va tirnoqlarning sog‘lom bo‘lishini ta’minlaydi Ruhiy holatni yaxshilaydi Sog‘lom ovqatlanish uchun tavsiyalar Nonushta qilishni o‘tkazib yubormang. U kun davomida energiya manbai hisoblanadi. Yangi sabzavot va mevalarni ko‘p iste’mol qiling. Ular antioksidantlar va tolalar bilan boy. Shakar va tuzni me’yorida iste’mol qiling. Haddan oshsa yurak va qon bosimi muammolariga olib keladi. Выпуск журнала №-28 Часть–6_Июнь –2025 60 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Fast-food va gazli ichimliklardan cheklaning. Ular semizlik va yurak muammolarini keltirib chiqaradi. Ko‘p suv iching. Kattalar uchun kuniga kamida 1.5–2 litr suv tavsiya etiladi. Qovurilgan ovqatlar o‘rniga — bug‘da pishirilgan yoki qaynatilgan mahsulotlar tanlang. Asos (ko‘p iste’mol qilish kerak): Don mahsulotlari (non, yorma, suli) Sabzavot va mevalar O‘rtasi (o‘rtach

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada sog‘lom ovqatlanish tushunchasi, oshpazlikda uning ahamiyati, zamonaviy pishirish usullari va mahsulot tanlash mezonlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada sog‘lom ovqatlanish tushunchasi, oshpazlikda uning ahamiyati, zamonaviy pishirish usullari va mahsulot tanlash mezonlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sog‘lom ovqatlanish, vegeterian menyu, Kam kaloriyali taomlar, Bug‘da pishirish, Mahsulotlar kaloriyasi., Parhezli ovqat, Oshpazlik san’at, Vegan
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники