Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA PEDAGOGIK INNOVATSIYALARDAN FOYDALANISH
INNOVATSIYALARDAN FOYDALANISH · Mubdi’ma G‘ulomjonova – FarDU talabasi
Современное образование и развитие · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda pedagogik innovatsiyalar, xususan, ilg‘or pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda didaktik o‘yinlar, texnologik xaritalar, interfaol metodlar va motivatsion yondashuvlarning samarasi tahlil qilingan. Shuningdek, innovatsion faoliyatga tayyor pedagog-tarbiyachining kasbiy sifati, ijodkorligi va metodik yondashuvlari pedagogik jarayonning muhim omili sifatida ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: Pedagogik innovatsiya, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik texnologiyalar, didaktik o‘yinlar, o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi, texnologik xarita, interfaol metodlar Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda ularning dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni keng va oson o‘zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to‘g’ri tanlab, ulardan foydalanish muhim sanaladi. Darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning ko‘plab metodlaridan foydalaniladi. Bola hayotida bog‘chadan so‘ng maktabning dastlabki davrlari muhim o‘rin tutadi. Shu bois boshlang’ich ta’lim davri ta’lim jarayonidagi eng mas’uliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Bu davrda bolaning zehnini o‘stirishga qaratilgan har bir mashg’ulot bola aqlining tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bu davrda, avvalo, ta’lim jarayonini qiziqarli, ta’sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim. Chunki bu muddat bolaning o‘yin faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya’ni o‘quv faoliyatiga o‘tganligi bilan xarakterlanadi. Bolaning o‘quv faoliyatini rivojlantirishda turli o‘yinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar o‘yin orqali o‘z bilimlarini mukammallashtiradilar va Выпуск журнала №-28 Часть–6_Июнь –2025 132 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT uni chuqur o‘zlashtiradilar. Shu jihatdan qaraganda ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlarning roli beqiyosdir. Didaktik o‘yinlar boshlang’ich sinflarda ta’limning samarali borishiga o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarishga ham katta yordam beradi, ya’ni didaktik o‘yinlar vositasida nazariy bilimlar oson egallanadi, o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishlari ortadi. Didaktik o‘yinlar nafaqat boshlang’ich sinflarda, balki ta’limning keyingi bosqichlarida ham o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan ishtiyoqlari rivojiga katta turtki bo‘lishi mumkin. Ayniqsa qiyin o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini oshirishga bunday o‘yinlar samarali ta’sir ko‘rsatadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshlang’ich sinflar uchun yaratilayotgan o‘quv qo‘llanmalarida shu sohaga oid materiallar tanqisligi ko‘zga tashlanib turadi. Hozirgi davrda pedagogik texnologiyalar asosida ta’limni tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Pedagogik texnologiya o‘quvchilar qobiliyati, imkoniyati va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ta’lim shakllarini amalga oshirish uchun ko‘zlangan natijaga erishishda eng qulay yo‘l va usullami tanlash va ishlab chiqish mahorati ekan, va u haqiqatan ham ta’lim jarayoni unumdorligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Pedagogik texnologiyada ta’lim jarayonining maqsadini belgilash muhim bo‘lib, u rejalashtirilgan natijalarni kafolatlashi lozim. Shuning uchun ham o‘qituvchilar maqsadni aniq belgilashga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Har bir o‘qituvchi avvalo o‘zi o‘qitadigan o‘quv predmeti va har bir o‘tiladigan darsi maqsadini aniq belgilashi kerak. Boshlang’ich sinf o‘qituvchilarining har bir darsni tashkil etish uchun turli didaktik o‘yinlardan foydalanishlari yaxshi samara beradi. Chunki 6-7 yoshli bolalar hayotida maktab davri ancha murakkab davr bo‘lib, bolalar oldida jiddiy sinov turadi. Bola yangi hayot - maktab hayotiga kirib boradi. Endi u yangi jamoaning a’zosi ekanligini his etishga, intizomga bo‘ysunishga, yangi rejimga moslashishga majbur bo‘ladi. Ta`lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, Выпуск журнала №-28 Часть–6_Июнь –2025 133 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT ta`lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. O‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini o‘stirish, ularni erkin tinglovchidan erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhimdir. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi o‘quvchilar esa, ishtirokchiga aylanmog’i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p qirrali samara keltiradi. Boshlang’ich ta`lim umumta`lim maktablarining bosh bo‘g’ini bo‘lgani sababli ana shu jarayonda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko‘proq e`tibor berish lozim. Pedago
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda pedagogik innovatsiyalar, xususan, ilg‘or pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda pedagogik innovatsiyalar, xususan, ilg‘or pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- boshlang ich, didaktik yinlar, pedagogik texnologiyalarning, ich sinf, ich lim, ilg pedagogik, interfaol metodlar
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025