К содержанию
РецензированоUZ2025

TERMINAL DAVRDAGI BEMORLARNI PARVARISH QILISHNING TIBBIY-PSIXOLOGIK VA AXLOQIY ASOSLARI

Ravikova Matluba Qozoqjon qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada terminal bosqichdagi bemorlarni parvarish qilish masalalari chuqur tahlil qilinadi. Terminal holat – bu bemorning hayotini saqlab qolish deyarli imkonsiz bo‘lgan kasallik bosqichidir. Bu bosqichda bemorga og‘riqni yengillashtirish, psixologik-ruhiy yordam ko‘rsatish va axloqiy qo‘llab- quvvatlash asosiy maqsadga aylanadi. Maqolada palliativ yordamning mohiyati, tibbiy va ijtimoiy xizmatlarning o‘zaro aloqasi, shuningdek hamshiralik xizmatlarining o‘rni yoritiladi. Kalit so‘zlar: Terminal bosqich, palliativ yordam, bemor parvarishi, ruhiy qo‘llab-quvvatlash, axloqiy tamoyillar, og‘riqni kamaytirish, hamshiralik yordami, umr sifati. Tibbiyot fanining dolzarb yo‘nalishlaridan biri bu — terminal bosqichdagi bemorlarni to‘g‘ri parvarish qilish masalasidir. Bu bosqichda kasallik shu darajaga yetadiki, tibbiy aralashuvlar bemorni sog‘lomlashtirishga emas, balki uning hayot sifatini yaxshilashga, og‘riqlarini yengillashtirishga yo‘naltiriladi. Terminal bosqich ko‘pincha onkologik kasalliklar, yurak yetishmovchiligi, surunkali o‘pka yoki buyrak kasalliklari, asab tizimi buzilishlari kabi og‘ir holatlarda kuzatiladi. Bunday bemorlar uchun parvarish bu nafaqat tibbiy, balki psixologik, axloqiy va ijtimoiy yordamni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, “terminal’’ so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, hayot va o‘lim orasidagi holat degan ma’noni anglatadi. Bundan tashqari, terminal bosqich bu — bemorning holati tibbiyotda to‘liq tiklab bo‘lmaydigan, organizm faoliyatining Выпуск журнала №-28 Часть–6_Июнь –2025 231 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT sekin-asta izdan chiqish davridir. Bu davrda bemor jismoniy zaiflashadi, og‘riqlardan aziyat chekadi, ruhiy jihatdan tushkunlikka tushadi. Aynan shu bosqichda unga nisbatan samimiy va shafqatli yondashuv katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Palliativ yordam — bu bemorning hayot sifatini oshirishga qaratilgan kompleks yordam turi bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:  Og‘riq va noqulayliklarni kamaytirish;  Psixologik va ruhiy yordam ko‘rsatish;  Oila a’zolariga maslahat va emotsional tayyorgarlik. Terminal bosqichda bemorni e’tiborsiz qoldirish yoki u bilan sovuq munosabatda bo‘lish mutlaqo noto‘g‘ridir. Parvarishda quyidagi axloqiy tamoyillarga amal qilinishi kerak: Hurmat va e’tibor: Har qanday holatda bemorga insoniy munosabatda bo‘lish; Sir saqlash: Bemor va uning yaqinlari haqida ma’lumotlarni maxfiy saqlash. Bemorning oila a’zolari ko‘pincha psixologik jihatdan og‘ir holatda bo‘ladi. Shuning uchun ularga yordam berish, maslahat berish, sabr-toqat va ruhiy tayyorgarlik masalalarida ko‘maklashish zarur. Tibbiy xodimlar oila bilan hamkorlikda ishlaganida bemorning holati biroz engillashadi. So‘nggi yillarda aholining qarib borishi, surunkali kasalliklar – xususan, yurak-qon tomir tizimi, saraton, diabet va nevrologik buzilishlarning ko‘payishi natijasida terminal bosqichdagi bemorlar soni oshib bormoqda. Bu esa, palliativ yordam xizmatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirishni talab qilmoqda. Onkologik kasalliklar. Eng keng tarqalgan terminal holatlardan biri — saraton kasalligining 4-bosqichi. Bu bosqichda o‘smalar boshqa a’zolarga metastaz qilgan bo‘ladi va kasallikni jarrohlik, kimyoterapiya yoki radiatsion usullar bilan to‘liq davolash imkoni qolmaydi. Eng ko‘p uchraydigan misollar: O‘pka saratoni, jigar saratoni, miya o‘smalari, suyak metastazlari. Asosiy alomatlar esa quydagilardan iborat: Выпуск журнала №-28 Часть–6_Июнь –2025 232 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT  Surunkali og‘riq (odatda kuchli og‘riq qoldiruvchi vositalar — opioidlar bilan nazorat qilinadi)  Nafas yetishmovchiligi, ayniqsa o‘pka va plevral effuziyalarda  Hazm tizimi buzilishlari: ko‘ngil aynishi, ishtahaning yo‘qolishi, qusish  Umumiy holsizlik, charchoq va kaxeksiya (tana vaznining keskin kamayishi) Yurak yetishmovchiligining terminal bosqichi — yurak mushagining progressiv zaiflashuvi bilan xarakterlanadi. Belgilari haqida so‘z ketganda, quydagilarni aytishimiz mumkin:  O‘pkaning dimlanishi va nafas olish qiyinlashuvi  Oyoqlarda shish, asabiylashish, uyquning buzilishi  Tana harakatlarining kamayishi va doimiy charchoq Bundan tashqari, nevrologik kasalliklar. Parkinson, Altsgeymer va amiotrofik lateral skleroz (ALS) kabi kasalliklar o‘zining so‘nggi bosqichida bemor mustaqil hayot kechira olmaydigan, hatto oddiy ehtiyojlarini bajara olmaydigan holatga olib keladi. Hamshira tomonidan amalga oshiriladigan parvarish faqat jismoniy yordam bilan cheklanmay, balki bemorning hayot sifatini oshirish, simptomlarni kamaytirish, psixologik barqarorlikni saqlash va insoniy qadr-qimmatni hurmat qilishga ham qaratiladi. Og‘riq sindromini boshqarish. Terminal bosqichdagi bemorlarda eng ko‘p uchraydigan va hayot sifatini keskin pasaytiradigan simptomlardan biri bu og‘riq sindromidir. Og‘riqni samarali boshqarish bemorning nafaqat jismoniy, balki ruhiy holatini ham ijobiy yo‘nalishda o‘zgartiradi. Og‘riqni yengillashtirish uchun turli usullar kompleks tarzda qo‘llaniladi. Farmakologik yondashuvl

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada terminal bosqichdagi bemorlarni parvarish qilish masalalari chuqur tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada terminal bosqichdagi bemorlarni parvarish qilish masalalari chuqur tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Terminal bosqich, bemor parvarishi, umr sifati., og‘riqni kamaytirish, palliativ yordam, ruhiy qo‘llab-quvvatlash, hamshiralik yordami, axloqiy tamoyillar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники