Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURKISTON MUXTORIYATINING TASHKIL TOPISHI HAMDA OʻZBEK DAVLATCHILIGIDAGI AHAMIYATI
OʻZBEK DAVLATCHILIGIDAGI AHAMIYATI · Xamdamov Obidjon Maxammadjonovich
Современное образование и развитие · 1917
Аннотация
Ushbu maqolada 1917-yilda tashkil topgan Turkiston muxtoriyati tarixiy voqeligiga tayanilgan holda, uning tashkil topish sabablari, tarixiy zarurati va siyosiy-ijtimoiy asoslari tahlil qilinadi. Ayniqsa, muxtoriyat gʻoyasining shakllanishi, unga yetakchilik qilgan ziyolilar guruhi, qabul qilingan konstitutsiyaviy qarorlar va ularning davlatchilik tarixidagi oʻrni chuqur yoritiladi. Shuningdek, Turkiston muxtoriyati oʻzbek milliy davlatchiligining shakllanishida oʻynagan roli, mustaqillik gʻoyalarining ildizlari, milliy elita faolligi va mustamlakachilikka qarshi siyosiy harakatlar kontekstida tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Turkiston muxtoriyati, oʻzbek davlatchiligi, milliy uygʻonish, jadidchilik, avtonomiya, mustamlakachilik, Qoʻqon muxtoriyati, mustaqillik gʻoyasi, siyosiy elita. Turkiston muxtoriyatining tashkil topishi 1917-yilgi Rossiya imperiyasining qulashi, xususan, Fevral va Oktyabr inqiloblari natijasida yuzaga kelgan siyosiy bo‘shliq davrida yuz berdi. Inqilobdan keyin imperiyaning chekka hududlarida yashovchi xalqlar o‘z siyosiy taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘la boshladilar. Bu holat mustamlaka sharoitida yashab kelgan turkistonlik musulmon xalqlar, ayniqsa, oʻzbeklar uchun milliy tiklanish va siyosiy mustaqillik sari muhim imkoniyat bo‘ldi. Shu davrda Turkistonda faoliyat yuritgan jadid ziyolilari bu vaziyatdan foydalanib, oʻz milliy siyosiy tuzilmalarini barpo etishga harakat qildilar. Ular o‘tmishdagi xonliklar davrining feodal tuzumi o‘rniga zamonaviy konstitutsiyaviy boshqaruvga asoslangan mustaqil yoki muxtor davlat barpo etishni maqsad qildilar. Выпуск журнала №-28 Часть–6_Июнь –2025 296 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Turkiston muxtoriyati – 1917-yilgi Fevral inqilobi ortidan shakllangan siyosiy-ijtimoiy muhitda milliy uygʻonish va mustaqil davlatchilik gʻoyalari asosida yuzaga kelgan tarixiy hodisadir. Bu muxtoriyat oʻzbek xalqining milliy o‘zlikni anglash yoʻlidagi dastlabki siyosiy tajribasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Uning tashkil topishi – asrlar davomida mustamlakachilik bosimi ostida yashagan Turkiston xalqlari, xususan oʻzbek ziyolilari va xalqining erkinlik, tenglik va adolatga asoslangan davlat tuzish orzusining ifodasidir. 1917-yilgi Oktabr toʻntarishidan soʻng Rossiyada markaziy hokimiyat zaiflashdi. Bu esa imperiya tarkibidagi xalqlarga oʻz taqdirini oʻzi belgilash imkonini yaratdi. Shu sharoitda jadid ziyolilari – Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Fayzulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat kabi ilg‘or fikrli shaxslar Qoʻqon shahrida Turkiston muxtoriyatini e’lon qilishdi. 1917 yil 26–28 noyabr kunlari Qo‘qon shahrida katta qurultoy bo‘lib o‘tadi. «Umumturkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi» deb nomlangan yig‘ilishga Markaziy Osiyoning barcha hududlaridan vakillar chaqiriladi. Yig‘ilishda qatnashayotgan ko‘pchilik musulmon ziyolilarning xohish-istagi bilan Qurultoyga Turkiston o‘lkasida yashovchi Yevropa millatiga mansub vakillar ham qatnashdi. Qurultoyda asosiy muhokama Turkiston kelajagi haqida bo‘ladi. Vakillar Turkistonni mustaqil davlat deb e’lon qilish yoki Rossiya tarkibida muxtor respublika sifatida qoldirish masalasini ko‘rib chiqishadi. Oxir-oqibat ko‘pchilik vakillar Turkiston o‘lkasini Rossiya tarkibida muxtor respublika deb e’lon qilish kerak deb ovoz berishadi. 1917 yil 27 noyabr kuni bu haqda qaror qabul qilinadi. Qarorda shunday deyilgandi: «Turkistonda yashab kelayotgan turli millatga mansub aholi Rossiyada inqilob sodir etgan bolsheviklar tomonidan xalqlarning o‘z haq-huquqlarini o‘zlari belgilash haqidagi gaplaridan kelib chiqib, Turkistonni Rossiya sovet federativ sotsialistik respublikasi tarkibida muxtor hudud deb e’lon qiladi». 28 noyabr kuni davom etgan yig‘ilishda qurultoyga kelgan vakillar Turkistonda tashkil topayotgan yangi muxtor davlatning nomi «Turkiston Muxtoriyati» deb atalishi uchun ovoz beradi. Shuningdek, Turkiston o‘lkasida hokimiyat Turkiston Muxtoriyati muvaqqat kengashi va Turkiston Muxtoriyati xalq majlisiga o‘tishi haqida qaror qabul qilinadi. Выпуск журнала №-28 Часть–6_Июнь –2025 297 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT 1917-yil 27-noyabrda Turkiston muxtoriyati e’lon qilindi. U parlament (milliy majlis), hukumat va harbiy qo‘mondonlikdan iborat bo‘lgan. Muxtoriyat hukumati raisligiga Mustafo Choqay saylangan. Muxtoriyatda konstitutsion boshqaruv tamoyillari asosida faoliyat olib borish, barcha millat va din vakillarining teng huquqliligini ta’minlash ko‘zda tutilgan edi. Turkiston muxtoriyati mavjudligi qisqa – atigi ikki oy davom etdi. 1918-yil fevral oyida bolsheviklar tomonidan Qoʻqon shahri qattiq hujumga uchradi. Minglab begunoh odamlar o‘ldirildi, Qoʻqon shahri vayron qilindi. Bu voqea Turkiston xalqlarining milliy ozodlik harakatiga qaratilgan ochiq tajovuz edi. Turkiston muxoriyati tuzilgach, hukumat vakillari hududlarda muxtoriyat tuzilmalarini tashkil eta boshlashadi. Taniqli va tajribali huquqshunoslar jalb etilib, Muxtoriyat konstitutsiyasini tayyorlash ishlariga kirishila
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada 1917-yilda tashkil topgan Turkiston muxtoriyati tarixiy voqeligiga tayanilgan holda, uning tashkil topish sabablari, tarixiy zarurati va siyosiy-ijtimoiy asoslari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada 1917-yilda tashkil topgan Turkiston muxtoriyati tarixiy voqeligiga tayanilgan holda, uning tashkil topish sabablari, tarixiy zarurati va siyosiy-ijtimoiy asoslari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mustaqillik gʻoyasi, mustamlakachilik, siyosiy elita., avtonomiya, jadidchilik, milliy uygʻonish, oʻzbek davlatchiligi, Turkiston muxtoriyati, Qoʻqon muxtoriyati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025