К содержанию
РецензированоUZ2025

HOMILADORLIKDA ANEMIYA DARAJALARI VA PARVARISH

Jo‘raboyeva Nixola Sodiqjon qizi

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada homiladorlik davrida uchraydigan anemiya (qon kamligi) holatlari, uning darajalari, sabablari va salomatlikka ta’siri haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, anemiyani oldini olish va davolashda parvarishning o‘rni, dietoterapiya va temir preparatlari bilan davolash usullari yoritilgan. Maqola tibbiyot xodimlari va homilador ayollarga mo‘ljallangan amaliy ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: homiladorlik, anemiya, parvarish, temir tanqisligi, dietoterapiya, homila rivojlanishi. Homiladorlik davrida ayol organizmida bir qator fiziologik o‘zgarishlar yuz beradi. Ular orasida qon hajmining ortishi va temirga bo‘lgan ehtiyojning ko‘payishi anemiya (qon kamligi) rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha homilador ayollarning 40 foizidan ortig‘i anemiyaga chalingan. Anemiya o‘z vaqtida aniqlanmasa va davolanmasa, ona va homila salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi. Homiladorlikdagi anemiyaning asosiy sabablari quyidagilardan iborat: Temir tanqisligi – eng ko‘p uchraydigan turi bo‘lib, qon tarkibidagi gemoglobinning kamayishi bilan kechadi. Foliy kislotasi yetishmovchiligi – hujayra bo‘linishini sekinlashtiradi, homila nuqsonlariga sabab bo‘lishi mumkin. B12 vitamini tanqisligi – kamqonlik va asab tizimi buzilishlariga olib keladi. Выпуск журнала №-28 Часть–6_Июнь –2025 300 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Parazit infeksiyalar (masalan, ichak qurtlari) – oziqa moddalarning so‘rilishini buzadi. Oqsilga boy bo‘lmagan ratsion – gemopoezni (qon yaratilishini) sustlashtiradi. JSST tasnifiga ko‘ra, homilador ayollarda gemoglobin miqdori asosida anemiya darajalarga bo‘linadi. 1-jadval Gemoglobin miqdori miqdori asosida anemiya darajalari Darajasi Gemoglobin miqdori (g/l) Yengil anemiya 100-109 O‘rta darajadagi 70-99 Og‘ir darajadagi < 70 Anemiyaning belgilari esa quydagicha namoyon bo‘ladi:  Holsizlik, bosh aylanishi  Terining oqarib ketishi  Nafas qisishi  Yurak urishining tezlashishi  Diqqatni jamlash qiyinligi  Soch to‘kilishi, tirnoqlarning mo‘rtligi Homiladorlik davrida kamqonlik (anemiya) keng tarqalgan va ona hamda homila salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muhim sog‘liq muammolaridan biridir. Ayniqsa, bu holat homilaning normal rivojlanishi, onaning umumiy holati va tug‘ruq jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, kamqonlikni erta aniqlash, samarali davolash va, eng asosiysi, oldini olish bo‘yicha zarur chora- tadbirlarni ko‘rish lozim. Anemiyaning oldini olishda sog‘lom va balansli ovqatlanish muhim rol o‘ynaydi. Homilador ayollar ovqatlanishda temirga boy mahsulotlarga alohida e’tibor qaratishlari kerak. Bu mahsulotlarga quyidagilar kiradi:  Qizil go‘sht (mol, qo‘y go‘shti),  Baliq, Выпуск журнала №-28 Часть–6_Июнь –2025 301 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT  Tuxum sarig‘i,  Yong‘oqlar (bodom, yeryong‘oq, keshyu),  Yashil bargli sabzavotlar (ismaloq, ko‘katlar),  Quritilgan mevalar (mayiz, o‘rik, anjir),  Temir bilan boyitilgan don mahsulotlari. Shuningdek, C vitaminiga boy mahsulotlar (apelsin, limon, qulupnay, bulg‘or qalampiri) temir moddasi so‘rilishini yaxshilaydi. Shu bilan birga, choy va qahva iste’molini kamaytirish yoki butunlay cheklash tavsiya etiladi, chunki bu ichimliklar tarkibidagi moddalari (masalan, tanin) temirning organizmga so‘rilishini pasaytiradi. Homiladorlik davomida muntazam ravishda shifokor ko‘rigidan o‘tish nafaqat anemiyani aniqlash, balki uni oldini olish va holatni nazorat qilishda ham muhim ahamiyatga ega. Gemoglobin darajasini muntazam o‘lchab borish orqali kamqonlik xavfi aniqlanishi va erta bosqichda oldi olinishi mumkin. Agar homilador ayolda kamqonlikka xos belgilar kuzatilsa (holsizlik, bosh aylanishi, terining oqarib ketishi, yurak urishining tezlashuvi va h.k.), shifokor quyidagi diagnostik chora-tadbirlarni amalga oshiradi: Anamnez yig‘ish (tibbiy tarixni o‘rganish): Bemorning ilgari kasalliklari, irsiy moyilliklari, yomon odatlar mavjudligi, oxirgi vaqtlarda dorilar iste’moli yoki zaharli moddalarga ta’sir bo‘lganmi – bularning barchasi aniqlanadi. Jismoniy tekshiruv: Terining holati va rangi baholanadi, qon bosimi, yurak urish tezligi va umumiy jismoniy ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Laboratoriya tahlillari: Umumiy qon tahlili orqali gemoglobin, eritrotsitlar soni va gematokrit miqdori aniqlanadi. Qonning biokimyoviy tahlilida esa quyidagilar o‘lchanadi: Glyukoza, kreatinin, siydik kislotasi, xolesterin, elektrolitlar (kaliy, natriy va boshqalar). Bu tahlillar bemorning ichki organlarining holatini baholashda va boshqa kasalliklarni istisno qilishda yordam beradi. Siydik tahlili: Buyrak faoliyati va infektsion kasalliklarni aniqlash uchun amalga oshiriladi. Выпуск журнала №-28 Часть–6_Июнь –2025 302 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Maxsus tekshiruvlar: Agar kamqonlikning sababi noma’lum bo‘lsa yoki u og‘ir shaklga ega bo‘lsa, suyak iligi tekshiruvi (masalan, trepanobiopsiya) o‘tkazilishi mumkin. Bu usul gematopoez (qon hosil bo‘lish) jarayoni

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada homiladorlik davrida uchraydigan anemiya (qon kamligi) holatlari, uning darajalari, sabablari va salomatlikka ta’siri haqida so‘z yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada homiladorlik davrida uchraydigan anemiya (qon kamligi) holatlari, uning darajalari, sabablari va salomatlikka ta’siri haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dietoterapiya, anemiya, parvarish, homiladorlik, temir tanqisligi, homila rivojlanishi.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники