Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHIKASTLANISH SINDROMI VA ULARDA AHOLIGA SHOSHILINCH YORDAM KO‘RSATISH
SHOSHILINCH YORDAM KO‘RSATISH · Sharipova Yulduz Baxtiyor qizi
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada shikastlanish sindromi, uning turlari, patofiziologiyasi va asoratlari tahlil qilinadi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda aholiga shoshilinch yordam ko‘rsatishning zamonaviy usullari, tibbiy xodimlar va ko‘ngillilarning roli yoritilgan. Kalit so‘zlar: shikastlanish sindromi, travma, shoshilinch yordam, favqulodda holat, birlamchi yordam, reanimatsiya. Shikastlanish sindromi (traumatik sindrom) — bu og‘ir mexanik jarohatlar natijasida organizmda yuzaga keladigan umumiy fiziologik va patologik o‘zgarishlar majmuidir. Bu holat odatda kuchli urinishlar, avtohalokatlar, zilzila, portlashlar yoki boshqa falokatlar oqibatida yuzaga keladi. Vaqtida ko‘rsatilmagan tibbiy yordam inson hayoti uchun xavf tug‘diradi. Shikastlanish sindromining asosiy shakllari quydagilardan iborat: Kompression sindromi (crush-sindrom): Uzoq vaqt davomida tana a'zolarining bosilishi natijasida paydo bo‘lib, mushaklar nekrozi, buyrak yetishmovchiligi va toksik shok holatiga olib keladi. Travmatik shok: Kuchli og‘riq, qon yo‘qotilishi va shikastlanish natijasida qon aylanishi va nafas olish faoliyati keskin buziladi. Qon bosimi tushadi, hush yo‘qoladi. Shikastlanishdan keyingi ensefalopatiya: Bosh miya shikastlanishi oqibatida yuzaga kelib, asab tizimi faoliyatining buzilishi bilan kechadi. Выпуск журнала №-28 Часть–6_Июнь –2025 304 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Shoshilinch yordam ko‘rsatish bosqichlari esa quydagilar: 1. Birlamchi yordam (hodisa joyida): Jarohatlangan shaxs xavfsiz hududga ko‘chiriladi. Nafas yo‘llari ochiladi, qon ketish to‘xtatiladi. Naqadli yordam vositalaridan foydalaniladi (turniket, bog‘lov). Bosh va umurtqa shikastlangani gumon qilinsa, harakatni cheklash zarur. 2. Transportatsiya: Jarohat darajasiga qarab ehtiyotkorlik bilan maxsus transportda yuboriladi. Travma markaziga yoki yaqin tibbiy muassasaga yetkaziladi. 3. Shifoxonada ko‘rsatiladigan yordam: Gemodinamikani tiklash (infuzion davolash, qon quyish). Og‘riqni kamaytirish (analgetiklar, narkotik bo‘lmagan dorilar). Shikastlangan a’zoni operatsiya qilish zarurati bo‘lsa, jarrohlik amaliyot o‘tkaziladi. Birinchi tibbiy yordam inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan holatlarda ko‘rsatiladigan eng dastlabki yordam bo‘lib, u imkon qadar tez, aniqlik bilan va qisqa fursatda bajarilishi kerak. Bunday yordam o‘z vaqtida ko‘rsatilsa, u nafaqat jarohatning og‘irlashishini oldini oladi, balki bemorning hayotini saqlab qolishga ham yordam beradi. Ayniqsa, og‘ir holatlar – ko‘p miqdorda qon ketishi, elektr toki urishi, yurak urishi va nafas olish to‘xtashi, cho‘kish kabi vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish nihoyatda muhimdir. Favqulodda holatlarda, agar bir necha kishiga bir vaqtning o‘zida yordam kerak bo‘lsa, bu holda harakatlar muvofiqlashtirilishi, ya’ni qaysi bemorga qachon va qanday yordam ko‘rsatilishi aniqlashtirib olinishi zarur. Shu bilan birga, turli xil shikastlanishlarga duch kelgan bemorlarga yordam ko‘rsatishda ustuvorlik tartibiga amal qilinadi. Avvalo, bemorning hayotini saqlab qolish imkonini beradigan amallar bajariladi. Masalan, son suyagining ochiq singan holatida kuchli qon ketish yuz bergan bo‘lsa, birinchi navbatda qon ketishini to‘xtatish choralari ko‘riladi. Shundan keyin, yaraga steril bog‘lam qo‘yiladi va so‘ngra shikastlangan a’zo harakatsizlantiriladi, ya’ni immobilizatsiya qilinadi. Immobilizatsiya qilish uchun tibbiy shinadan foydalanish mumkin. Biroq, bunday vositalar mavjud bo‘lmaganda, har qanday mavjud narsalardan – taxtacha, Выпуск журнала №-28 Часть–6_Июнь –2025 305 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT karton, plastmassa buyumlar kabi – foydalanish mumkin. Muhimi, suyakning harakatlanishini oldini olish va uning yana shikastlanmasligiga erishishdir. Birinchi yordam ko‘rsatish jarayonida barcha harakatlar ehtiyotkorlik bilan, shoshilmasdan va ishonch bilan bajarilishi zarur. Noaniq yoki shoshma-shosharlik bilan bajarilgan harakatlar bemorning holatini yomonlashtirib yuborishi mumkin. Ayniqsa, og‘ir ahvoldagi bemorlarga qo‘pol muomala yoki noto‘g‘ri yordam ko‘rsatish ular uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi ehtimoldan xoli emas. Agar bir nechta kishi birgalikda birinchi yordam ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ular o‘zaro kelishib, har birining vazifasi oldindan aniq belgilanib olishi lozim. Ulardan biri yordam ko‘rsatishga boshchilik qiladi va harakatlarni boshqaradi. Bu esa ishni yanada tartibli va samarali bajarishga xizmat qiladi. Birinchi yordam ko‘rsatishda atrof-muhitda mavjud bo‘lgan vositalardan to‘g‘ri va unumli foydalanish zarur. Masalan, bog‘lovchi materiallar (bintlar, bog‘lovchi paketlar, steril salfetkalar), paxta, yod eritmasi, brilliant yashili, validol, valerianka tomchilari, novshadil spirti, natriy gidrokarbonat (ichimlik sodasi), vazelin kabi dori vositalari yordamga keladi. Shuningdek, qon ketishini to‘xtatishda turli xil shinalar – fanerli, shotisimon, to‘rsimon va boshqa mos vositalardan foydalanish mumkin. Bu vositalar imkoniyat darajasida toza, steril bo‘lishi va bemorga zarar yetkazmasligi kerak. Shuni ha
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada shikastlanish sindromi, uning turlari, patofiziologiyasi va asoratlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada shikastlanish sindromi, uning turlari, patofiziologiyasi va asoratlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- shoshilinch yordam, birlamchi yordam, shikastlanish sindromi, reanimatsiya., travma, favqulodda holat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025