Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘RTA OSIYODAGI MILLIY-HUDUDIY BO‘LINISH VA UNING OQIBATLARI
Abdullayev Shuhratjon Hamidullayevich
Современное образование и развитие · 1924
Аннотация
Ilmiy maqolada Sovet Ittifoqi tomonidan 1924–1936 yillarda O‘rta Osiyoda amalga oshirilgan milliy-hududiy chegaralash siyosatining tarixiy sabablari, amalga oshirish mexanizmlari hamda u olib kelgan siyosiy, ijtimoiy va madaniy oqibatlar tahlil qilinadi. Maqolada millatlararo munosabatlar, chegaraviy nizolar, sun’iy ravishda ajratilgan xalqlar taqdiri, ayniqsa, o‘zbek xalqi misolida milliy birlikka yetkazilgan zarba haqida so‘z yuritiladi. Bo‘linish siyosatining hozirgi kunda ham davom etayotgan murakkab merosi ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: O‘rta Osiyo, milliy-hududiy bo‘linish, Sovet Ittifoqi, chegara nizolari, millatlararo siyosat, mustamlakachilik, O‘zbekiston, sun’iy chegaralar, etnik bo‘linish. 1924–1936-yillarda Sovet Ittifoqi rahbariyati tomonidan O‘rta Osiyoda amalga oshirilgan milliy-hududiy bo‘linish (ruscha: национально- территориальное размежевание) siyosati mintaqaning tarixiy, ijtimoiy, etnik va siyosiy tuzilmasini tubdan o‘zgartirdi. Bu siyosatning asosiy sabablari bir nechta yo‘nalishda tushuntiriladi: ideologik, geosiyosiy, etnik, boshqaruv va strategik sabablar. XX asr boshlarida O‘rta Osiyo chor Rossiyasi mustamlakasidan Sovetlar qo‘liga o‘tdi. 1920–1930-yillarda Sovet Ittifoqi mintaqada yangi siyosiy-hududiy tuzum yaratishga kirishdi. Bu “milliy-hududiy chegaralash” deb atalgan jarayon orqali tarixan aralash yashab kelgan xalqlar sun’iy ravishda alohida respublikalarga ajratildi. Bu bo‘linish nafaqat siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan, balki milliy ongning shakllanishi va taraqqiy etishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan. 1924-yil 14-oktabrda SSSR rahbariyati tomonidan qabul qilingan qarorga binoan, Turkiston ASSR, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi hududlari Выпуск журнала №-28 Часть–7_Июнь –2025 63 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT milliy belgilar asosida bo‘linib, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston SSRlari tashkil etildi. Milliy hududiy bo’linishning asosiy sabablari va oqibatlari: 1. Sovetlar ideologiyasiga mos "millatlar siyosati"ni amalga oshirish a) “Millatlar do‘stligi” g‘oyasi Sovet Ittifoqi o‘zini "mustamlakalarni ozod qiluvchi", xalqlarga teng huquqlar beruvchi davlat sifatida ko‘rsatmoqchi edi. Shu sababli, har bir "millat"ga o‘z "davlatchiligi" berilishi, ya’ni respublika shaklida tan olinishi kerak edi. Ammo bu respublikalarga berilgan "mustaqillik" nomigina edi – ular real hokimiyatdan mahrum bo‘lgan, markazdan (Moskva) boshqarilardi. b) Millatlarni aniqlash siyosati Stalin boshchiligidagi kommunistlar millatlarni tasniflab, har biriga o‘z chegaralarini belgilab berishga harakat qildilar. Bu esa millatlarning sun’iy ravishda rasmiy chegaralar bilan ajratilishiga sabab bo‘ldi. 2. Mustamlakachilik siyosatini yangi shaklda davom ettirish Rossiya imperiyasi davrida mintaqa to‘liq markazdan boshqarilgan bo‘lsa, Sovet davrida bu siyosat “millatlar huquqlarini tan olish” orqali yashirin olib borildi. Milliy respublikalar shakllantirildi, ammo ularning iqtisodiy, siyosiy va madaniy mustaqilligi cheklangan edi. Bo‘linish orqali xalqlar birligini buzish asosiy maqsadlardan biri edi. Bu “bo‘lib tashla va hukmronlik qil” printsipining ifodasidir. 3. Panislomizm va Panturkizm g‘oyalariga qarshi kurash 1917–1920 yillardagi Turkiston muxtoriyati, Buxoro va Xorazm respublikalarida shakllangan milliy uyg‘onish harakati Sovet markazida xavotir uyg‘otgan edi. Ayniqsa, Usmon Nosir, Munavvarqori, Cho‘lpon, Fitrat, Sultonali Mashxadiy, Turon jamiyati kabi ma’rifatparvarlar yagona turkiy-millat birligi, islomiy qadriyatlarni tiklash tarafdori bo‘lishgan. Shu bois, Sovetlar Turkistonni bo‘lib tashlash orqali panislomistik va panturkistik harakatlar ildizini quritmoqchi bo‘ldi. 4. Mintaqani boshqarishni soddalashtirish va markazlashtirish Выпуск журнала №-28 Часть–7_Июнь –2025 64 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT Avvalgi Turkiston general-gubernatorligi va Buxoro hamda Xorazm xonliklarining hududlari juda keng edi va ular mustaqil harakat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin edi. Shu sababli, hududiy jihatdan kichik, bir-biriga qaram, iqtisodiy jihatdan markazga bog‘liq davlatlar yaratildi. Bu orqali SSSR markazi bu kichik respublikalarning harakatlarini nazorat ostida ushlab turdi. 5. Etnik aralash hududlarda sun’iy "millat"lar yaratish va chegaralar belgilash O‘rta Osiyo xalqlari, xususan o‘zbek, tojik, qirg‘iz, turkman, qozoqlar asrlar davomida bir-biriga aralash yashab kelgan, ko‘p hollarda o‘zaro yaqin madaniy va til xususiyatlariga ega edi. Sovetlar bu birlikni yo‘q qilish uchun ba’zan xalq irodasiga zid ravishda: Buxoro va Samarqand kabi tojiklar ko‘pchilik bo‘lgan hududlarni O‘zbekistonga; Xo‘jand (Leninobod) kabi o‘zbeklar yashaydigan hududlarni Tojikistonga qo‘shib yubordi; Farg‘ona vodiysi etnik jihatdan "aralash zona" sifatida bo‘linib ketdi (masalan, Andijon-Qirg‘iziston chegarasi). 6. Geosiyosiy maqsadlar va uzoq muddatli strategik hisob-kitoblar SSSR uchun O‘rta Osiyo – Hindiston, Eron, Afg‘oniston va Xitoyga yaqin bo‘lgan ch
Доказательный фрагмент
«Ilmiy maqolada Sovet Ittifoqi tomonidan 1924–1936 yillarda O‘rta Osiyoda amalga oshirilgan milliy-hududiy chegaralash siyosatining tarixiy sabablari, amalga oshirish mexanizmlari hamda u olib kelgan siyosiy, ijtimoiy…»
Образец извлечения
Демо-превьюIlmiy maqolada Sovet Ittifoqi tomonidan 1924–1936 yillarda O‘rta Osiyoda amalga oshirilgan milliy-hududiy chegaralash siyosatining tarixiy sabablari, amalga oshirish mexanizmlari hamda u olib kelgan siyosiy, ijtimoiy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- O‘rta Osiyo, mustamlakachilik, millatlararo siyosat, Sovet Ittifoqi, O‘zbekiston, chegara nizolari, etnik bo‘linish., milliy-hududiy bo‘linish, sun’iy chegaralar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025